O’zingizni sinab ko’ring
9 × 78 ni xayolda kompensatsiya usulidan foydalanib (10 ga ko’paytirib, 78 ni ayirib) hisoblang.
Ko’paytirish jadvali 9 ga ko’paytirish: barmoqlar usuli.
9 ga ko’paytirishning boshqa usuli ham bor. Bu usilda barmoqlardan foydalaniladi, bolalar barmoqlar yordamida hisoblashni yaxshi ko’radilar.
Qo’llaringizni kaftini pastga qilib oldinga cho’zing. Barmoqlaringizni chap qo’lning jimjilog’idan boshlab xayolan 1 dan 10 gacha raqamlab chiqing.
Biror sonni 9 ga ko’paytirish uchun shu songa mos keluvchi barmog’ingizni buking. Masalan 7 soni, demak 7 ga mos barmog’ingizni buking.
Endi barmoqlaringizga qarang: bukilgan barmog’ingizdan chapdagi barmoqlaringiz javobning o’nligini beradi ayni holda 60. O’ng tomondagi barmoqlar birliklarni birliklarni beradi ayni holda 3. Javob: 63. Demak: 9 x 7 = 63. Sinab ko’ring: bu usul bir xonali sonlarni 9 ga ko’paytirish uchun o’rinli.
Davomi bor….
Samarqand viloyati Qo’shrabot tuman 2- umumta’lim maktabi fizika fani o’qituvchisi Duvlayev K. A.
Do'stlaringiz bilan baham: |