2 Nomerlash metodikasi bo’yicha o’qituvchi va o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar
Har bir o’qituvchi:
Konsentrlar bo’yicha "nomerlash" mavzusini mazmuni va vazifalarini bilishi; 2.O’quvchilarni o’zlashtirishni takomillashtiradigan mashqlar tizimini ishlash jarayoni:
fanlar aro aloqadorlik va sonlarni xonalar bo’yicha o’zaro uzviyligiga bog’liq metodlar:
natural sonlar qatorining hosil qilish prinsiplari:
v) Sonning o’nli tarkibi to’g’risida:
g) konsetrlar bo’yicha sonlarning o’qilishi va joylashuvi:
yangi sanoq birligining hosil qilinishi:
konsentrlar bo’yicha sonlarning joylashuv tarkibi:
j) xona birliklari bo’yicha munosabat:
z) sonlar tarkibining o’qilishi va yozilishini bilishi kerak.
Mavzuni o’rganish jarayonida ko’rgazmalilikdan foydalanish.
Bilish kerak:
mavzu bo’yicha dastur talablari asosida sonlarni xona qushiluvchilari yig’indisi shaklida tasvirlash;
darslik bo’yicha ko’rgazmalar asoisda suhbatlar olib borish:
o’quv materialini o’zlashtirishini mustahkamlashga va kuchaytirishga oid didaktik o’yinlar tanlash:
bilim, malaka va ko’nikmalarni hosil bo’lishi bo’yicha turli metodlar va mashqlar, mustaqil ishlar tuza olish:
Turli xil ko’rinishdagi ko’rgazmali vositalar asosida yangi materialni va o’tilgan materiallarni mustahkamlash va bayon qila olish. Nomerlash metodikasi bosqichda o’qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 1-10, 100 ichida, 1000 ichida va ko’p xonali sonlarni sanay olishini, o`qishi, yozishi, taqqoslash usullarini bilbishi, sinflarga ajrata olishi, didaktik prinsiplar asosida natural qatorning tuzilishini ochib berish va bu asosda sonni natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta’riflashdan iborat.
Buning uchun o’quvchilarning quyidagilarga erishishlarini ta’minlash zarur:
o’quvchilarning miqdor va raqamlar tartibi haqidagi tushunchalari aniqlashadi:
Predmetlarni sanashni shakllantirish:
1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini yaxshi o’zlashtirib olishlari kerak;
Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko’rsatilganda har bir narsaning berilgan guruhdagi tartib nomerini aytib bera olishlari kerak;
Sonlarning 1 dan 1000 000 gacha qatoridagi har bir son qanday hosil bo’lishini ongli o’zlashtirishlari kerak;
Raqamlarni o’qiy olishlari va har bir raqamni narsalarning mos soni bilan mos qo’ya olishlari kerak;
Sonlarni taqqoslashni bilishlari kerak;
2,3,4,5,6,7,8,9,10 sonlarning ikkita qo’shiluvchilardan iborat sonlar tarkibini barcha hollarini mustahkamlab, o’zlashtirib olishlari kerak;
2+1, 4-1, 1+3, va hokazo ko’rinishdagi matematik yozuvlarni o’qiy olishlari va bunday yozuvlarni aniq rasmlar bilan mos qo’yishlarini bilishlari kerak.
miqdorlar yordamida predmetlarni o’zaro taqqoslash, "Ko’p", "Kam", "Ortiq", "Baland", "Past" kabi tushunchalarni taqqoslay olishi:
Doira, kvadrat, uchburchakni bir-biridan farq qila bilishlari va nomini ayta olishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |