Ko‘p xizmatli Ethernetl tarmoqni loyihalash
Mundarija
Kirish............................................................................................................
1. Asosiy qism.......................................................................................
1.1.Ethernet tarmog‘i.....................................................................................
1.2.Kompyuter tarmog‘ining protokollari.........................................................
1.3.
Lokal
tarmog‘i............................................................................................
2. Loyihani bajarish tartibi..........................................................................
2.1.
Hisobot.........................................................................................................
Xulosa............................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati...........................................................
Kirish
Axborot texnologiyalarining maqsadi inson taxlil kilishi uchun axborotni ishlab
chiqarish va uning asosida biror bir xatti-harakatni bajarish bo‘yicha qaror qabul qilishdir.
Axborot texnologiyasi obekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi
yangi sifat axborotini olish uchun ma'lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatishning
vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir.
Bundan tashqari, axborot texnologiyasining asosiy maqsadi - axborotni saqlash va
uzatishni tashkil etish.
Axborot tizimi axborotni qayta ishlashning axborot-kompyuter tizimini o‘zida
ifodalaydi. Axborot tizimi – o‘z tarkibida kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, axborot
va dasturiy ta'minot hamda odamlarning birgalikdagi faoliyat yuritish jarayonini aks
ettirib, u iste'molchi uchun axborot ishlab chiqarishni o‘z zimmasiga oladi.
Axborot tizimlarining asosiy vazifasi hodisa va jarayonlar kechishini boshqarish
imkoniyatlarini yaratishdan iborat. Shuningdek, axborotlarga asoslangan, maqsadi
oldindan belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiqarilgan boshqariluvchi
jarayonga maqsadli ta'sir ko‘rsatadi.
Ta'lim – tarbiyada axborot tizimlarining asosiy vazifalari – bu o‘rganilayotgan
ob'ektga tegishli barcha axborot resurslarini eng maqbul boshqarish usullari yordamida
iste'molchiga kerakli bo‘lgan axborotlarni ishlab chiqish va ulardan ta'lim ob'ektni
boshqarishda foydalanish uchun axborotli va texnikaviy ta'minot muhitini yaratishdir.
Axborotlarni avloddan – avlodga uzatishning ahamiyati ta'lim – tarbiya ishining
ahamiyati bilan hamohangdir.
Axborot texnologiyalari (AT) – bu tizim masalalar yechimini topish maqsadida
axborotlarni yig‘ish, qayta yig‘ish, qayta tiklash, saqlash, ifodalash, tizimlash, uzatish va
uni iste'molchiga foydalanishga qulay holga keltirish jarayonini kompyuter va
telekommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladigan, tartibga solingan amaliy
dasturlar majmuasidir.
Axborot texnologiyalari – jarayonlarni boshqarishdagi asosiy manba bo‘lib
hisoblanadi. Tayyorlangan ma'lumotlarni tizimga ajratish va qayta ishlash hamda kerakli
maqsadlar bo‘yicha qayta ishlangan ma'lumotlarni uzatishni o‘z ichiga oladi.
Axborotlashtirish faqatgina fan va texnika yutug‘i bo‘lmasdan, balki ular ta'lim,
tarbiya, san'at, tibbiyot, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, sanoat va shu kabi sohalarning
rivojlanishida ham doimo muhim omil bo‘la oladi.
Zamonaviy hisoblash texnikasi va aloqa vositalari asosida axborotlarni to‘plash,
saqlash
va
kerakli
manbalarga
uzatishning
zamonaviy
usullari,
ya'ni
kompyuterlashtirilgan usullarigacha rivojlanib boraveradi.
Axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi, bu sohadagi ishlarni jonlantirib
yubordi, ya'ni endigi hayot nafaqat axborotlar, axborot texnologiyalari, balki axborot
tizimlarini yaratishni taqozo etib qoladi va ulardan bilim bazalari, vazifalar, mantiqiy
xulosalarni yechuvchi mashina kabi xizmat tizimlarini ham o‘zichiga olishini talab
qilmoqda. Bu talablarni hal qilish esa ijtimoiy islohotlarga bog‘liqdir.
Oliy ta’lim o‘quv jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning roli kun
sayin ortib bormoqda. Masofaviy texnologiyalardan foydalanish zamonaviy ta’limning
imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi kunda Yer kurrasining istalgan joyidan
turib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatidan
foydalangan holda ta’lim olish mumkin. Zero an’anaviy ta’lim o‘z mavqeini saqlab tursa
ham, keyingi paytlarda masofaviy o‘qitish texnologiyalari kundan-kun ommaviylashib
bormoqda.
Bugungi
kunda
mamlakatimizda
yangi
jahon
axborot-ta’lim
muhitiga
integrallashishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi barpo etilmoqda. Bu ta’lim jarayonini tashkil
etishda zamonaviy texnik imkoniyatlarga javob beradigan sezilarli o‘zgarishlar bilan
kuzatilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim sohasiga kirib kelishi ta’lim
usullari va o‘qitish jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil etish shakllarini sifatli
ravishda qulaylashtirib, o‘zgartirish imkonini bermoqda. Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish jarayonining eng muhim
qismidir. AKT — bu turli texnik va dasturiy qurilmalar bilan axborotga ishlov berish
usullaridir. U birinchi navbatda, zarur dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan kompyuterlar va
ma’lumotlar joylashtirilgan telekommunikatsiya vositalaridir.
1997-yil 29-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim
to‘g‘risidagi» Qonunining 1-moddasida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar
o‘rgatishning huquqiy asoslari belgilab berildi hamda har kimning bilim olishdek
konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilganligi ta’kidlandi. Hozirgi davr ta’lim
bosqichining yangi talablariga ehtiyoj yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Bunda masofaviy
ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash va uni boshqarish ham muhim o‘rin
tutadi. Bu borada, Respublikamizda qator dolzarb ishlar olib borilmoqda.
2012-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi barcha oliy ta’lim muassasalari
(OTM) o‘rtasida yagona videokonferensiya ta’lim texnologiyasi amalga oshirildi va
hozirgi kunda bu borada elektron ta’limga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunda OTM’larga
yangi imkoniyatlar va istiqbollar ochib berish borasida rejali ishlar amalga oshirilmoqda.
Masalan, hududlardagi kadrlar malakasini masofadan boshqarish bunga misol bo‘la oladi.
Elektron yoki masofaviy ta’limning yangi bosqichida nafaqat axborot texnologiyalarini
qo‘llash, balki elektron shakldagi ta’lim manbalarini bilan ta’minlashni ko‘zda tutiladi.
“O‘zbekenergo” AJda Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etishni sifat
jihatidan yangi darajaga ko‘tarish uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan,
Davlatimiz rahbarining 2018 yil 23 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, o‘tgan yil 30 noyabrda
Toshkent shahrida Janubiy Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi bilan elektr
energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan “O‘zbekenergo”
AJda Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etishni sifat jihatidan yangi
darajaga ko‘tarish uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Davlatimiz
rahbarining 2018 yil 23 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, o‘tgan yil 30 noyabrda Toshkent
shahrida Janubiy Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi bilan elektr energiyasini
hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimni, SCADA –
avtomatlashtirilgan dispetcherlik tizimi hamda axborot boshqaruv tizimlari (ERP)
boshqariladigan yagona respublika ma'lumotlarni qayta ishlash markazini tashkil etish
to‘g‘risida bitim imzolangan edi. Ushbu Markazda yetakchi ishlab chiqaruvchilarning
eng zamonaviy uskunalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan.
Hozirda elektr energiyasini
ishlab chiqarish, tashish va taqsimlash bo‘yicha energetika tizimining barcha
korxonalarini, jumladan, barcha elektr energiyasi iste'molchilarini qamrab oladigan elektr
energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini, shuningdek,
SCADA – avtomatlashtirilgan dispetcherlik tizimini joriy etish bo‘yicha ishlari
boshlandi. Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan
tizimi loyihasining 1 bosqichi (Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyati)da amalga oshirish
davomida Osiyo taraqqiyot bankining iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan tashkil
etiladi va 2019 yil 1 sentyabrgacha ishga tushirilishi mo‘ljallangan. Bundan tashqari,
SCADA
– avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi tizimini yaratishni
moliyalashtirish masalalarini hal qilish maqsadida joriy yilning 11 yanvar kuni
“Eximbank”ning Seuldagi bosh ofisida “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari
Jahongir Obidjonov va “Eximbank” direktori Von Suk Xa o‘rtasida uchrashuv bo‘lib
o‘tdi. Yig‘ilish yakunida tegishli tadqiqotlar o‘tkazish va yuqori malakali xorijiy
maslahatchilar yordamida loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash uchun grant
ajratish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Ushbu loyihaning texnik-iqtisodiy asosi
ma'qullanganidan so‘ng, “Eximbank” loyihaga 20 yil muddatga imtiyozli kredit ajratadi.
E'tiborli jihati, SCADA – avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi tizimining joriy
etilishi elektr qurilmalari ish rejimining optimallashtirilishi va inson omili tufayli yuz
beradigan avariyaviy o‘chishlar oldi olinishi orqali iste'molchilarning elektr energiyasi
bilan ta'minlash ishonchliligini oshirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |