Ko’p qutbli, multisivilizasiyaviy dunyo. Reja Etnik siyosat, global siyosat esa sivilizasiyalar siyosati



Download 299,23 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana14.06.2022
Hajmi299,23 Kb.
#667187
  1   2
Bog'liq
Снимок экрана 2022—04—08 в 05.35.18



Ko’p qutbli, multisivilizasiyaviy
dunyo.
Reja
1. Etnik siyosat, global siyosat esa sivilizasiyalar siyosati.
2. Madaniy omillar tufayli shakllangan sivilizasiyalar.
Etnik siyosat, global siyosat esa sivilizasiyalar siyosati.
So’nggi
Sovuq urushda, tarixda ilk marotaba global siyosat ko’p qutbli va
multisivilizasiyaviy bo’ldi. Insoniyat mavjudligida ko’pincha munosabatlar
vaqtinchalik yoki umuman bo’lmagan edi. Keyinchalik, zamonaviy eraning
boshlarida (taxminan milodiy 1500 yil) global siyosat ikki tomonga
bo’lingandek qaraldi. To’rt yuz yillar mobaynida G’arbning milliy
mamlakatlari – Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Avstriya, Prussiya, Germaniya,
Qo’shma Shtatlar va boshqalar – g’arbiy sivilizasiya bilan ko’p qutbli xalqaro
tuzumni tashkillashtirishdi, shuningdek, o’zaro munosabat o’rnatishdi,
musobaqalashishdi, hattoki bir-biri bilan urushlarda kurashishdi. Shu bilan bir
vaqtda g’arbiy millatlar kengayishdi, zabt etib, koloniyalashtirishdi yoki
boshqa sivilizasiyalarga ayyorona ta’sir o’tkazishdi. Sovuq urush mobaynida
global siyosat ikki qutbli edi, jahon esa uch qismga bo’linib olgandi. AQSh
tomonidan boshqariladigan demokratik va juda boy mamlakatlar Sovet Ittifoqi
tomonidan boshqariladigan va qo’llab- quvvatlanadigan, ma’lum ma’noda
kambag’alroq kommunist jamiyatlar bilan keng yoyilgan mafkuraviy, siyosiy,
iqtisodiy, va shuningdek, harbiy musobaqaga kirishib ish yuritishar edi. Bu
nizolarning ko’p qismi shu ikki lagerning tashqarisidagi Uchinchi dunyoda
sodir bo’lib, kambag’al, siyosiy turg’unligi kuchsiz, endigina mustaqil
bo’lgan, shuningdek, teng bo’lmagan deya e’tirof etilgan davlatlarni qamrab
oldi.
1980 yillar oxirida kommunist dunyosi quladi, Sovuq urush esa tarixda
xalqaro tizim sifatida muhrlandi. Sovuq urushning so’nggi yillarida
xalqlarning eng asosiy farqlari mafkuraviy, siyosiy yoki iqtisodiy emas edi.
Eng asosiy farq madaniylikda edi. Insonlar va millatlar insoniyat uchraydigan
eng asosiy savolga javob berishga harakat qilishyapti: Biz kimmiz? Bunga
insonlar insoniyat javob berib kelgan odatdagi usulda, ya’ni din, til, tarix,
qadriyatlar, odatlar va rasm-rusumlarga ishora qilgancha javob berishmoqda.
Ular o’zlarini qabilalar, urug’lar, etnik guruhlar, diniy jamoalar, millatlar
va keng ma’noda – sivilizasiyalar bilan tanitishadi. Insonlar siyosatdan
faqatgina qiziqishlarini oshirib borish uchun emas, balki o’zliklarini izohlashda
ham foydalanishadi. Biz qachonki kim emasligimizni bilsak hamda kimga
qarshi ekanligimizni anglab yetsakkina kim ekanligimizni bilishimiz mumkin.
Milliy davlatlar jahon hamjamiyatida asosiy aktyorlar hisoblanishadi.
Ularning fe’l-atvori o’tgan zamonlardagi boylik va qudrat ta’qibiga ko’ra,
shuningdek, madaniy afzalliklar, umumiyliklar va farqliklarga ko’ra
shakllangan. Davlatlarning eng muhim guruhlashtirishlari endi Sovuq
urushning uchta blokiga emas, balki jahonning kattagina yetti yoki sakkizta
sivilizasiyasiga bog’liq bo’lib qoldi. G’arbiy bo’lmagan mamlakatlar, asosan,
Sharqiy Osiyo, o’zlarining iqtisodiy boyliklarini oshirib borib, siyosiy ta’sir va
mahoratli harbiy qudrat uchun asos yaratmoqdalar. O’z kuch-qudrati va o’ziga
ishonchi oshib borar ekan, g’arbiy bo’lmagan mamlakatlar madaniy
qadriyatlarini muttasil tasdiqlab, g’arb tomonidan singdirilayotgan
“majburlash”larni rad etib kelmoqdalar. “XXI asrning xalqaro tizimi”, – deya
so’z ochadi Genri Kissinjer, — “o’z ichiga oltita kuchli davlatlarni: Qo’shma
Shtatlar, Yevropa, Xitoy, Yaponiya, Rossiya va ehtimollik bilan Hindiston,
shuningdek, o’rtacha va kichik davlatlar ko’pligini qamrab oladi. Kissinjerning
buyuk oltiligi beshta turli xil sivilizasiyaga tegishli bo’lsa-da, bunda strategik
joylashuvi, aholi ko’pligi hamda yoqilg’i boyliklariga ega islomiy
mamlakatlarning ham jahon hamjamiyatiga ta’siri bor. Hozirgi kunda jahonda
mahalliy siyosat – bu etnik siyosat, global siyosat esa sivilizasiyalar siyosati
hisoblanadi. Superkuchlar raqobatining o’rni esa sivilizasiyalar to’qnashuvi


bilan almashdi. Hozirgi kunda keng tarqalgan, muhim va xavfli nizolar ijtimoiy
tabaqalar, boylar va kambag’allar yoki boshqa iqtisodiy izohlanuvchi guruhlar
o’rtasida emas, balki turli xil madaniy birlashmalarga tegishli insonlar o’rtasida
kelib chiqmoqda. Qabilaviy va etnik nizolar sivilizasiyalarning ichida ro’y
beradi. Turli sivilizasiyalarga tegishli davlatlar va guruhlar o’rtasidagi nizolar
boshqa sivilizasiyaga tegishli davlatlar va guruhlarning qardosh o’lkalarga
ko’magini oshirib borgani kabi o’zlarining rivojlanish ehtimoliga sabab bo’ladi.
Somalidagi urug’ qabilalarining qonli to’qnashuvi katta nizo keltirib
chiqarmaydi. Ruandadagi qabilalarning qonli to’qnashuvi Uganda, Zair va
Burundi uchun ahamiyat kasb etsa-da, bu uzoq davom etmaydi. Ammo
Bosniya, Kavkaz, Markaziy Osiyo yoki Kashmirdagi sivilizasiyalar to’qnashuvi
kattagina urushga aylanib ketishi mumkin. Yugoslaviya nizosida Rossiya
Serbiyaga diplomatik yordam ko’rsatgan bo’lsa, Saudiya Arabistoni, Turkiya,
Eron va Liviyaning mablag’ va qurollar tomonidan Bosniyaga yordam
ko’rsatishi g’oyaviy yoki kuch siyosati yoxud iqtisodiy qiziqishlar sababidan
emas, balki madaniy qarindoshlik tufayli ekanligidan dalolatdir. “Madaniy
nizolar”, - deya kuzatadi Vaklav Xevl, - “tarixga nisbatan olib qarasak, hozirgi
kunda yanada oshib, xavfli tusga kirib bormoqda”. Bu fikrga Jekus Delors
qo’shilar ekan: “kelajakdagi nizolar iqtisodiy yoki g’oyaviy omillarga nisbatan,
madaniy omillar orqali ko’proq uchqun oladi”, - deydi. Eng xavfli madaniy
nizolar esa sivilizasiyalarning o’rtasidagi bo’linish chizig’ida yotadi.
Ittifoqi, haddan ortiq madaniyatlashayotganlarga nisbatan ancha
muvaffaqiyatga erishmoqda. Qirq besh yil mobaynida Temir parda chizig’i
Yevropaning markaziy ajratuvchi chizig’i bo’ldi. Bu chiziq sharqqa qarab bir
necha yuzlab milyagacha cho’zilgandi. Hozirgi kunda esa bu chegara G’arb
xristianligini muslim va boshqa e’tiqodli insonlardan ajratib turuvchi chiziqqa
aylandi.
Qadriyatlar, ijtimoiy munosabatlar, odatlar va hayotga nisbatan qarashlar
asosida yotuvchi falsafiy farazlar sivilizasiyalar orasida katta farqqa ega. Dinning
dunyoning ko’pgina qismida jonlantirilishi madaniy farqlarni mustahkamlab
boryapti. Madaniyatlar o’zgarishi mumkin, xuddi shunday, ularning siyosat va
iqtisodiyotga nisbatan ta’sir tabiati ham bir davrdan boshqa davrga nisbatan farq
qiladi. Biroq sivilizasiyalar ichra iqtisodiy va siyosiy rivojlanishlardagi katta
o’zgarishlar ularning turli xil madaniyatlariga borib taqaladi. Sharqiy Osiyoning
iqtisodiy muvaffaqiyati asosi Sharqiy Osiyo madaniyatida yotadi, chunki Sharqiy
Osiyo jamiyatlari ko’rgan qiyinchiliklari orqali demokratik siyosiy tizim
muvozanatiga erishdi. Islom madaniyati esa muslim dunyosida demokratiyaning
ro’y berish ehtimolligini yo’qqa chiqarishda eng katta sababdir. Sharqiy Yevropa
va sobiq Sovet Ittifoqining postkommunist jamiyatlarining taraqqiyoti ularning
sivilizasiyaviy ayniyatlariga asosan shakllandi. G’arbiy xristian madaniy merosiga
ega bo’lganlar iqtisodiy taraqqiyot va demokratik siyosatga nisbatan jadal
rivojlanishda bo’lsa, pravoslav mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti
mavhum, muslim mamlakatlarining istiqboli esa mudhish ahvolda qolmoqda.
G’arb hozirda va kelayotgan bir necha yillarda eng kuchli sivilizasiya
bo’lib qoladi. Ammo uning boshqa sivilizasiyalarga nisbatan qudrati zaiflashib
bormoqda. G’arb mamlakatlari o’z qadriyatlarini tasdiqlash va manfaatlarini
himoya qilishga urinishsa, g’arbiy bo’lmagan mamlakatlar tanlovga qarshi
bo’lishadi. Ayrimlari G’arb bilan musobaqalashishadi, hamkorlik qilishadi yoki
jaydari qilib aytganda, “aravasiga osilib oladi”. Konfusiy va islomiy jamiyatlar esa
G’arbga nisbatan “muvozanatlashish” va qarshi turish uchun o’zlarining iqtisodiy
va harbiy kuchlarini kengaytirishga urinishmoqda.
Sovuq urushdan keyingi yillar siyosatining markaziy o’qi G’arb qudrati
va madaniyati g’arbiy bo’lmagan mamlakatlar sivilizasiyasining madaniyati va
qudrati bilan o’zaro aloqaga kirishuvidadir.
Xulosa qilsak, Sovuq urushdan keyingi yillardagi dunyo yetti yoki
sakkizta sivilizasiya dunyosidir. Madaniy umumiyliklar va farqlar manfaatlar,
antagonizmlar va davlatlar hamkorligini shakllantiradi. Jahonda juda ahamiyatli
mamlakatlar katta ehtimol bilan turli xil sivilizasiyalardan kelib chiqadi. Mahalliy
nizolarning katta urushlardek alanga olib ketishi, asosan, turli sivilizasiyalarga
tegishli guruhlar va mamlakatlar o’rtasida yuz beradi. Siyosiy va iqtisodiy
rivojlanishlarning ustunlik namunalari sivilizasiyadan sivilizasiyaga o’zgarib


boradi. Xalqaro kun tartibidagi asosiy muammolar sivilizasiyalar orasidagi
farqlarni qamrab oladi. Qudrat uzoq vaqtlik g’arbdan g’arbiy bo’lmagan
mamlakatlarga 
ko’chib 
o’tmoqda. 
Global 
siyosat 
ko’p 
qutbli 
va
multisivilizasiyaviy siyosatga aylandi.

Download 299,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish