Bugungi kun qahramoni.
Kun shiori: “Ko`p Jahongir ko`rgan bu dunyo”.
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, bugungi xalq qahramonlariga
bo`lgan hurmatni singdirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Ma’navi yat qal bi m quyoshi , Ma’navi yat
yul duz lari , Pedagog i ka, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma
materiallar.
Doskada: “ Bugungi kun qahramoni tom ma’noda yurtboshimiz Islom Karimov”
O`qituvchi:
Mustaqil davlat asoschisi, ma’naviy jasorat egasi, birinchi vatanparvar, tom
ma’noda komil shaxs va davlat arbobi, davlat boshlig`i, yurt otasi, Mustaqil
O`zbekistonning birinchi Prezidenti, bugungi kun qahramoni Islom Karimovdir.
Jahonaro dengizimiz yo`q,
Islom ota jahonaro dengiz o`zingiz.
Abdulla Oripov
Prezidentimizning milliy davlatchiligimizni tiklash, xalqimiz hayotining barcha
sohalarini isloh etish borasidagi barcha xizmatlarini birma-bir sanab o`tishning
imkoni yo`q, albatta. Lekin asosiy gap shundan iboratki, zamonaviy o`zbek
davlatchiligini tiklash va taraqqiy ettirishda Prezident Islom Karimovning
xizmatlari g`oyatda ulkan. Shuning uchun Prezident Islom Karimovning nomi
mustaqil davlatchiligimiz timsoliga aylanib ketgan.
O`zbekiston Qahramonlari: yozuvchi Said Ahmad, adabiyotshunos Ozod
Sharafitdinov
Kim yurti uchun o`limga hozir,
Shoirlari ash’orlar yozur.
Lek vatanga chin muhabbatni,
Yurtboshimdan o`rgansa arzir.
Bir sehr bor matonatida,
Ham g`ayratu shijoatida.
Bir jonini mingga bo`lishi -Siri yurtga sadoqatida.
Omon bo`lsin odil sultonim,
Ona yurtim – O`zbekistonim.
Komil Sindarov
Chalkash,chorasizday paytlarda jamiyat hayotida kutilmaganda buyuk shaxslar
yuzaga chiqadi. Har qanday xalq hayotining taloto`mlarida, tarixning keskin
burilish bosqichlarida xalq o`z tarixini shaxsiy fazilatlari bo`rtib turgan, millatni
birlashtirishga qodir, unda taraqqiyot va tiklanish muvaffaqiyatlariga ishonch
uyg`ota oladigan yetakchiga topshirishi jamiyat hayotida ko`p bor isbotlangan.
Men Avliyo Pavelning ‘‘Har qanday hokimiyat xudodan’’degan mashhur gapini
shu asnoda qabul qilaman.Chindan ham bunda qandaydir oliy qonuniyat,
qandaydir oliy mazmun bor.
1994-yil avgustda Donald Karlayil va men BMTning O`rta Osiyo
respubli kalaridagi faoliyatiga bog`liq masalalar yuzasidan Prezident I.Karimov
qabulida bo`ldik . Suhbat so`ngida Karlayl ‘‘Janob Prezident ,men sizning tarjimai
holingizni yozmoqchiydim’’deb so`radi. Karimov javob berdi: ‘‘Kerak emas ,bu
hech kimga kerakmas, mengayam boshqalargayam’’. ‘‘Lekin men aniqlik
kiritsam,-dedi professor.-Karimov .-Na siyosiy tarjimai hol emas,siyosiy portret
yozish kerak emas, agar siz mamlakatimizda keyingi yillarda yuz bergan voqealar
haqida hikoya qilsangiz, bu menimcha qiziqish uyg`otadi, bu odamlarga kerak
bo`ladi .Bizda ham, sizning mamlakatingizda ham’’.
Bu aslida to`g`ri edi. Lekin butunlay tarjimai holsiz ham ish bitmaydi.
Tarjimai hol.
Islom Karimov 1938-yili Samarqandda anchayin kambag`al oilada tug`ildi.
Bolaligi urush vaqtiga, yoshligi urushdan keyingi og`ir vaqtlarga to`g`ri keldi.
Maktabni Samarqandda tugatdi. Oddiy maktab, uncha katta bo`lmagan ikki qavatli
bino. Diqqatga sazovor tomoni shundaki, maktabning qarshisida-yo`lning u
tomonida, o`rta as rning buyuk me’moriy yodgorligi, o`zbek milliy qadamjolaridan
biri-Bibixonim masjidi joylashgan. Maktab I. Karimovga bag`ishlab muzey tashkil
qilishmoqchi bo`lishda, lekin u taqiqlab qo`ydi. Xayriyatki,bu maktabda bo`lajak
akademik V. A. Koptyug ham o`qigan. Shu bahona maktab “ Shon-shuhrat
muzeyi” tashkil bo`ldi.
Muzeydagi Karimov haqidagi bor-yo`q eksponat uning uchta surati:
bittasida u ikkinchi sinfda o`qigan vaqti ,yupun kiyingan bola, xuddi o`zi qatori
yupun kiyingan bolalar orasida. Og`ir damlar edi. Keyingi surat to`qqizinchi
sinfdaligida olingan. Bo`lajak Prezident o`rtoqlari bilan aviamodel yasamoqda.Va
maktabni bitiruv kechasi surati-hamma qatori yigit .Mening Prezidentning yoshligi
haqida gapirib berishni so`ragan iltimosimga muzey uchun ma’sul o`qituvchi ayol
shunday dedi: ‘‘Prezident u to`g`risida qo`shib-chatib gapirmaslikni iltimos
qilgan, unga ham, maktabga ham, uyat bo`ladi, degan. “Bu so`zlarni Prezident
suratiga birinchi chizgilar” deb qabul qilamiz.
Axloqiy prinsiplarim to`g`risida. Bu haqiqatgo`ylik, halollik, o`z ishiga va so`ziga
sodiqlik’’
‘‘Eng muhimi o`zingga ishon. Shunda sen hech kimni sotmaysan’’. Bu
Shekspirona hikmatga hayotning olatasir so`qmoqlarida ayrim kishilargina amal
qilishning uddasidan chiqishadi. Menda Islom Karimov ana shunday insonlar
sirasiga kirishiga to`la asos bor.
“ Eng muhimi, o`zingga ishon”. Bu aqidaga u yoshligidan amal qiladi. Bu uning
hayot yo`lida Yo`lchi yulduzday hamisha hamroh.
(Leonid Levitin)
Butun sayyoramiz ekstremizm portlashlariga to`lib-toshgan ,dunyo
hamjamiyatining say-harakatiga qaramay ,odamlar bir-birini qoni va e’tiqodi
boshqa ekani uchun o`ldirayotgan bugungi kunda sobiq ,kommunistik mamlakat –
O`zbekiston tajribasi ,uning rahbari Islom Karimovning siyosiy portreti G`arb
mamlakatlarida qiziqish uyg`otishi bejiz emas. Binobarin, O`zbekiston dunyo
mamlakatlari orasida millatlararo va dinlararo qonli to`qnashuvlar olovini
o`chirishga erishgan,buzg`unchilik mantiqi o`rnini yaratuvchilikka intilish
egallagan juda kamyob yurtlardan biridir.
Hokimiyat mamlakatni vayron qiladimi yoki aksincha ,ko`klarga
kotaradimi? Bu savol sobiq SSSR o`rnida paydo bo`lgan har bir davlatning
millionlab fuqarolari oldida ko`ndalang turibdi.Unga javob topish oson ish
emas.Kelgusi iqtisodiy va umuman olganda ,ijtimoiy taraqqiyot uchun odamlar
zimmasiga tushadigan yuk juda o`g`irdir.
O`zbekiston sobiq kommunistik davlatlar orasida iqtisodiyotni siyosatdan
ustun qo`yayotgan ,oddiy inson sari yuz burgan juda kam sonli mamlakatlar
qatoriga kiradi.
O`zbekistonning tarixi juda qiziqarli va noyobdir.Turli madaniy va siyosiy
oqimlar chorrahasida joylashgan va qad rostlagan bu mamlakat goho bi r-biriga
mutlaqo zid ta’sirlarni boshidan kechirdi. O`zbek xalqi o`zining ko`hna, ham yangi
siyosiy qiyofasini dunyoga ko`rsatishi kerak.
(Islom Karimov- Yangi O`zbekiston Prezidenti Leonid Levitin Donal’d S.
Karlayl )
Yuragida jo`shar g`ayrat, shijoati,
Bobolardan meros jur’at, jasorati,
Еrk bayrog`in baland tutar matonati,
Yurtboshimiz omon bo`lsin baxtimizga.
Kundan-kunga yashnar ozod, obod Vatan,
Baxt, saodat, farog`atga robot Vatan,
Buncha shirin qandu asal, nabot Vatan,
O`zbekiston omon bo`lsin baxtimizga.
Komil Sindarov – huquqshunos olim, yuridik fanlari doktori.
Topshiriq: “Davra suhbati”. Prezidentimiz Islom Karimovning asarlari haqida.
Do'stlaringiz bilan baham: |