Mavzu : Qadimgi O’rta Osiyo tarixi manbalari



Download 41,05 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi41,05 Kb.
#751761
Bog'liq
Mavzu Qadimgi O’rta Osiyo tarixi manbalari (1)


MAVZU : Qadimgi O’rta Osiyo tarixi manbalari .
Kirish
I bob . O’rta Osiyo tarixi yoritilgan qadimgi davr moddiy manbalari .

    1. Arxoelogik manbalarda O’rta Osiyo to’g’risida .

    2. Qadimgi Eron , Xitoy va Hind manbalarida O’rta Osiyo haqida .

II bob . O’rta Osiyoning qadimgi davri yozma manbalari .
2.1 Yunon – Rim , manbalarida O’rta Osiyo tarixi .
2.2 Avesto tarixiy manba sifatida .
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
O’rta Osiyo hududi ham Eron , Hindiston , Mesopatamiya , Yunoniston , Rim , Misr va Xitoy singari mamlakatlar kabi ilk madaniyat o’choqlaridan hisoblanadi . Lekin , uning qadimiy madaniyat haqida ma’lumotlar juda kam saqlanib qolgan . Biz yurtimizning faqat miloddan avvalgi VI asrlardan keyingi ijtimoiy – siyosiy hayoti haqida ma’lumotlarga egamiz .


Eron , Hindiston va ayniqsa , qadimgi Yunoniston va Rim manbalarida saqlangan ma’lumotlarga qaraganda qadim zamonlarda O’rta Osiyo hududida yashagan qabilalar urug’chilik tuzumini boshdan kechirganlar , chorvachilik , qisman dehqonchilik hamda hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar .
Qadimgi O’rta Osiyo tarixi haqida manbalar juda kam . Ular asosan arxelogik manbalar asosida tadqiq etiladi . Keyingi asralarda yozma manblarni uchratishimiz mumkin .
Yunon va Rim mualliflarining to’g’rilik darajasi turlichadir . Bu ma’lumotlarning asosiy qismi tasvirlangan voqealardan ancha muddat o’tgandan keyin yozilagan manbalardan olingan . Shu sababdan antik davr mulliflari axborotlarida turli noaniqliklar bo’lgan .
Qadimgi O’rta Osiyo xalqlari tarixi ko’p asrlik o’rmishga borib taqaladi . Ular qadimgi xalqlar turmush – tarzi , urf – odatlari haqida hikoya qilinadi . Bundan tashqari , saklar , massagetlar kabi qabila ittiffolari o’rgainladi . Avesto , Behustun bitiklari kabi manbalar orqali taqiq qilinadi . Xitoy , yunon – rim , hind mualliflari yozib qoldirilgan asarlarda O’rta Osiyo to’g’risidagi ma’lumotlar uchraydi .
I bob . O’rta Osiyo tarixi yoritilgan qadimgi davr manbalari .

    1. Arxoelogik manbalarda O’rta Osiyo to’g’risida .

Qadimiy yodgorliklar xalqlarning madaniyati , ma’naviyati ,, qadryatlari tarixidan darak beruvchi ashyoviy dalillar hisoblanadi . Shu o’rinda tarixni arxeologik yodgorliklar misolida targ’ib etish va uning tarbiyaviy ahamiyatini ko’rsatish juda muhim . Shu bilan birga , mamlakatimiz hududida joylashgan arxeologik yodgorliklar va ulardagi topilmalar yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda , ularning qalbida ko’hna tarix va madaniyatga hurmat – ehtirom uyg’otishda katta ahamiyatga egadir . Arxeologik yodgorliklar O’rta Osiyo O’zbekistonmadaniy hayotni o’zida aks etiruvchi juda muhim moddiy manba hisoblanadi .
1Qadimgi O’rta Osiyo to’g’risidagi arxeolgik manablar , Selungur makonida uchraydi . Farg’ona vodiysi hududida ashel davriga oid eng noyob makon . Selung’ur g’ori Farg’ona shahridan janubiy – g’arbda Haydarkonning g’arbiy chekkasida joylashgan . Selung’ur g’ori dastlab 1958 – yilda akademik A.P.Okladnikov tomonidan o’rganilgan va u yerdan bir necha tosh uchrindilar topilib , ularning yoshi so’nggi palelitga oid deb belgilandi . 1980 – 1988 yillarda arxeologik O’.Ismoilov boshchiligidagi O’zR FAga qarashli Arxeologiya insitutining paleolit otryadi Selung’ur makoni qayta tekshirdi . Tadqiqotlar davomida 7 metr chuqurlikda o’rtacha qalnligi 20 – 40 smdan iborat 5 ta madaniy qatlam aniqlandi . Madaniy qatlamlardan toshdan yasalgan mehnat qurollari : qo’l choqmori , to’mtoq boltalar , pichoqsimon qurollar , ko’plab tishli qurollar , qush tumshug’iga o’xshash qurollar qazib olingan . Beshinchi qatlamdan ashel davriga mansub qo’l cho’qmori topildi . U O’rta Osiyo hududidagi ilk qurollardir . U nayzasimon shaklga ega bo’lib , qizil yashma toshdan tayyorlangan .
Makonnig eng muhim topilmalaridan bo’lgan odam suyaklari 3 va 2 qatlamlardan topilgan . U yerdan odamning yelka suyagining bir bo’lagi , bosh suyagi engak qismining bir bo’lagi , 14 ta tish topilgan . Antropologlar ularni tadqiq qilib , ashel davrida yashagan arxantroplar deb topdilar . Selug’ur odamining yashash davri va uning tuzilishi to’g’risida munozaralar hali tugagan emas . Bu yerda topilgan tishlar 4ta shaxsga mansubligi aniqlangan .Shulardan biri pastki tish bo’lib , 40 yoshlardagi ayolniki degan fikrga kelgan . Selung’ur odami o’ziga xos tuzilishga ega . U arxantroplar va poleantroplar o’rtasida oraliq masofani egallaydi .
Issiq mozor qo’rg’oni Olma – Ota shahridan 50 km sharqdagi Issiqdaryoning chap sohilidan topilgan . Uni 1972 – yil A.K.Akishev o’rgangan . Bu qo’rgondan saklarning kiyim – kechakalari , oyoq kiyimlari va qurollari nihoyatda yaxshi saqlangan . Bu topilmalar orqali olimlar saklarning bayramlarida kiyadigan kiyim tasvirini to’liq tiklaganlar .Ularning qalpog’I , ko’ylagi va oyoq kiyimlari oltin qadama bezaklar bilan bezatilgan . Bu yerdan 4 mingdan ortiq oltin buyumlar topilgan .
1877 – yil Vaxsh daryosining Amudaryoga quyiladigan joyida Qo’bodiyon bekligi (Janubiy Tojikiston) hududida mahalliy aholi tomonidan qadimgi davrlarga oid oltin va kumush buyumlar ko’plab topilgan . Bu noyob buyumlar olimlar qo’liga tushgachgina , uni saqlab qolishga harakat qilindi . Ulardan faqat 180 taga yaqin zargarlik buyumlari va tangalar saqlanib qolindi . U “Amudaryo xazinasi”nomini olgan bo’lib , ko’pchilikning qiziqishini o’ziga tortgan . Ular orasidan maxorat bilan ishlangan oltindan yasalgan ot – arava bo’lib , uni kumushdan yasalgan ikkita odam boshqarmoqda , odam tasvirlangan otin plastinkalar , oltin bug’u haykali , feruza ko’zli buqaning bosh qismi , oltin bilakuzuklar va boshqalar . Bular qadimgi Baqtriyada zargarlik sohasini nihoyatda rivojlanganligini ko’rsatadi .
1.2 Qadimgi Eron , Xitoy va Hind manbalarida O’rta Osiyo haqida .
Ko’hna tarixni o’rganishda forsiy , turkiy yozma manbalar bilan bir qatorda xitoy manbalarining tutgan o’rni ham alohida diqqatga sazovordir .Garchand , Xitoy manbalari milloddan ilgari yozila boshlagan bo’lsa – da 5000 yillik tarixni o’zida mujassamlashtirgan . Bu manbalar yillarning aniq ko’rsatilishi , voqealarning tadrijiy holda yozilishi bilan boshqa manbalardan ustunlikka ega . Shuningdek , mazkur manbalarda Xitoy bilan qo’shni mamlakatlar va xalqlar bilan aloqalar natijasida Turkiston va uning xalqlari tarixiga oid boy ma’lumotlar yozilgan .
Xitoy manblarida mil.avv II asrda Farg’ona Day Yuan ( Davan ) deb nomlanib , Davan davlati ya’ni Farg’ona mamlakati yohu Farg’ona mamlakati yohud davalti deb tilga olinadi .
Farg’ona – Xitoy munsabatlariga oid ma’lumotlar “Tarixiy xotiralar”dagi “XanUdi taskirasi” , “Farg’ona taskirasi”, “Xunnlar tazkirasi” va “Xannoma”da , “Xan Udining tarjimai holi” , “Xan Vendi tazkirasi” , “Jang Chyan , Li Guanli tarjimai holi “ , “ G’arbiy yurt tazkirasi”, “Xunlar haqida qissa” , “Nag’ma nova tazkirasi” , “Besh unsur tazkirasi “ kabi kitoblarda o’z aksini topgan .
Markaziy Osiyoga kelgan birinchi xitoylik sayyoh Chjan Szyan edi . U Xitoy hukumatining topshirig’iga muvofiq , Qang’ davlati hukumdorini xunnlarga qarshi urushga dav’at etish maqsadida mil.av.II asrda bu yerga tashrif buyurgan edi . Chjan Syan o’z hukumatiga yozgan xabarnomalarida Kaspiy dengizgacha cho’zilgan hududlarda istiqomat qilgan xalqlar to’g’risida dastlabki ma’lumotlarni yetkazadi , jumladan , mil.avv.127 –yilda yuborgan xabarnomasida u Farg’ona vodiysidagi Davan davlati , uning aholisi , xo’jalik hayoti haqida qiziqarli ma’lumotlar bergan . Elchining yozishicha , bu yerdagi katta va kichik shaharlarning soni 70 tani tashkil etadi . 2Davanliklar o’troq hayot kechirib , sholi va bug’doy ekkanlar , chorvachilik , jumladan yilqichilik bilan shug’ullanganlar . Xuddi shu davrda istiqomat qilgan tarixchi Szyan Xanshu uning bu ma’lumotlarini to’ldirib , Farg’onada 60 ming xonadon borligini qayd etadi . Sima Syan o’zining “Shi szi” – “Tarixiy esdalikalar” nomli asarida Farg’onadan Parfiyagacha bo’lgan hududda istiqomat qilgan aholi turli shevalarda gapirsa – da , lekin bir – birini bemalol tushunadi , deb yozadi . Demak , mil.avv.II asrda O’rta Osiyoda til jihatidan bir – biriga yaqin bo’lgan forsiyzabon qabila va elatlar istiqomat qilganlar . Lekin huddi shu davrda , ayniqsa , yuechijilar istilosidan keyin aholi tarkibida turkiy qatlam ko’paya boshladi .3
Markaziy Osiyo xalqalari haqidagi ma’lumotlar Xitoyda hukumronlik qilgan sulolalar tarixga bag’ishlangan asralarda ko’plab uchraydi . 4Ularning mualliflari O’rta Osiyo tarixini maxsus tadqiq etmagan bo’lsalarda , lekin o’lkamiz xususida qiziqarli ma’lumotlar yozib qoldirganlar . Yuqorida nomi tilga Sima Syan ( uni “Xitoy tarixchilarining otasi”deb atashadi ) o’zining “Tarixiy esdaliklar” nomli asarining 130 – bobida Davan davlati va uning xalqi haqida e’tiborga loyiq ma’lumotlar keltiriladi .
Xitoy manbalarida O’rta Osiyo ilk feodalizm davri tarixi haqida diqqatga sazovor ma’lumotlar beradi . V asrda hayot kechirgan tarixchi Fan Xua o’zining “Keyingi Xan sulolasi”nomli asarida O’rta Osiyo , Sharqiy Turkiston va Jung’oriyaning 25 – 221 yillar orasidagi tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar keltiriladi .
Li Yan’shou (VII asr)”Shimoliy sulolalar tarixi” asar muallifidir . Mazkur asarda O’rta Osiyoda , jumladan Xorazm va Sharqiy Turkiston haqida ma’lumotlar uchraydi . Li Yan’shou bilan zamondosh bo’lgan Vey Chjen o’zining kasbdoshlari Yan Shigu va Kxun Indalar bilan hamkorlikda “Suy xonadonining tarixi”nomli asar yozgan . Asarning 83 – bobida Sharqiy Turkiston va O’rta Osiyo haqidagi talay ma’lumotlar bor .
“Shi Szi” (“ Tarixiy esdaliklar”) xitoy tarixshunoslarining otasi hisoblanadigan Sima Syanning 130 dan ortiq asaridir .5Sima Tsyan – ( taxminan mil.avv.145 yoki 135 – 86 yillar) Lunmin ( hozirgi Shen’si viloyati) shaharida saroy tarixchisi Sima Txan oilasida tug’ilgan , mamlakat bo’ylab ko’p sayohat qilgan , otasi vafot etgan (mil.avv.108yili) keyin uning o’rniga saroy tarixchisi sifatida qabul qilingan . Mil.avv.98 yili imperatorga qarshi chiqib , sarkarda Li Linni himoya qilgani uchun qattiq jazoga tortilib ( bichilgan )saroydan quvib yuborilgan . Lekin u ruhiy tushkunlikka tushib qolmadi va bo’lajak tarixiy kitob ustidagi ishni davom ettirdi . Ko’p vaqt o’tmay Sima Tsyan yana saroyga taklif etildi va imperator Bosh mahkamasi boshlig’I etib tayinlandi , kitobini yozib tamomlashga sharoit yaratib berildi . Uning “Shi szi” nomli asarida Xitoyning qadimiy zamonlardan to mil.avv.I asr boshlariga qadar o’tgan tarix bayon etilgan . Asarda , uning 123 bobida O’rta Osiyo , aholisi , madaniyati haqida qimmatli ma’lumotlar uchraydi .6
“Bey Shu” (“ Shimoliy sulolalar “) 100 bobli asar bo’lib , Tan sulolasi (618- 907y)davrda istiqomat qilgan yirik tarixchi Li Yuan Shou (taxm.386 – 535 y),Tsi(550 – 577y),Chjou(557 – 581y) sulolasi hukumronligi , ya’ni 386 – 581 yillar tarixi bayon qilingan . Asarda O’rta Osiyo , jumladan Xorazm va Sharqiy Turkiston haqida qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz .
Tosh va sopolga o’yib yozilagan yozuvlarda , bunday yozuvlarda Ahomoniylarnig qadimgi poytaxti Persopol , shuningdek Suza va Ekbatana (hozirgi Hamadon) shaaharlari va uning atroflarida topilgan .
Masalan , pishiq sopol taxtachaga o’yib yozilgan bir yozuvda Doro I (mil.avv.522-486 yy) hukumronligining dastalabki yillarida (mil.avv.494-490yy) Suzada bunyod etilgan saroyning qurilish tafsiloti , aniqrog’I qurilishga ketgan materiallarning qaysi mamlakatdan keltirilganligi yozilgan . Taxtachadagi ma’lumotlarga ko’ra oltin Lidiya bilan Baqtriyadan , qimmatbaho toshlar , lazurit va serdolik (qizil va qizg’ish rangli tosh ))toshttSSSo’g’diyonadan
So’g’diyonadan , feruza Xorazmdan olib kelingan .
Persopoldan (Sherozning shimoliy tarafida , unda taxminan 50 km masofada joylashgan 520 – 450 yillar orasida qurilgan shahar ) topilgan yozuvlar va tasviriy suratlar – relyeflar katta ilmiy qiymatga ega . Ularning ayrim namunlari XVII – XVIII asrlarda (1621 – y) italiyalik sayyoh Pedro Della Valle va daniyalik olim K.Niburning nomi bog’liq .1931 – 1934 , 1935 – 1939 va undan keyingi yillarda nemis olimi E.Xertsfild , amerikalik E.Shmidt , fransuz A.Godar hamda eronlik M.T.Mustafoviy va A.Somiy tarafidan o’tkazilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida Persopolda juda ko’p noyob yodgorliklar ochildi . Ular orasida Apadana zinalar ustiga ishlangan tasviriy suratlar alohida ahamiyat kasb etadi . Suratlarda ( balandligi 3 juft – ingliz o’lchovi 30 , 479 santimetrga teng ) ahamoniylarga tobe bo’lgan 23 satraplikdan (qaram mamlakatdan) o’lpon olib kelgan kishilar qiyofasi tasvirlangan . Ular orasida Baqtiryaliklar turli idishlar , teri , mo’yna va tuya bilan , so’g’dliklar turli mato , teri va qo’ylar bilan saklar ot va qurol – aslaha bilan tasvirlangan .
Yodgorliklar orasida muhimlaridan yana biri mashhur Behustun yozuvlaridir . Bu yozuvlar uzunligi 22m , umumiy balandligi 7,8m bo’lib , ular Shimoliy Eronda , Kirmonshohdan 30km masofada , daryo bo’ylab o’tgan qadimgi karvon yo’li yoqasida , uning chap tarafida , Zagros nomli tik qoyaga , taxminan 105 metr balandlikda Doro I ning amri bilan yozilgan g’alaba yodgorligidir . Yozuv elam , bobil va qadimgi eron tillarida bitilgan va mil.avv.523 – 522 yillari Ahamoniylar saltanatini larzaga keltirgan Gaumata 522 - yil 29 – sentabrda halok bo’lgan , Frada – marg’iyonalik , 522 – yil 10 – dekabr asir olingan , Skunxa – hozirgi Qozog’iston va O’zbekiston hududida istiqomat qilgan sak qabilalarining yatakchisi kabi boshliqlar rahbarligidagi xalq harakatlari xalq harakatlari haqida rivoyat qiladi .
Saklar , massagetlar , toxarlar va qadimgi Qanha xalqi , ularning ijtimoiy – iqtisodiy hayoti haqidagi qimmatli ma’lumotlarni hindlarning epik dostoni “Mahobharata”da ham uchratamiz .
“Mahobharata”(“Bharata avlodalari jangnomasi”) sanskrit tilida yozilgan bo’lib , 100 ming baytni o’z ichiga olgan 18 kitobdan iborat . Afsonaviy shoh Bharataning ikki toifa avlodalari kavravlar va pandavlarning o’zaro adovatlari va urushlari bayon etilgan . U mil.avv. X – VIII asrlarda yaratilgan .
Asarda , masalan , uzoq Hinsitonga , fikrimizcha savdo – sotiq ishlari bilan borgan saklar , toxarlar va qanhalar haqida mana bu muhim ma’lumot keltirilgan : 7“Uning (podshoh Yudhishtirning ) eshigi oldida boshqa xalqlar bilan birga saklar , toxarlar va qanhaliklar ham navbat kutib turardilar . Pahmoq soqol , peshonalari shohlar bilan bezatilgan , qo’llarida turli – tuman sovg’alar , jun , rang , ipak va patta (oq qayiqning bir turi ) daraxt tolasidan , shuningdek kamyob matolardan , paxtadan to’qilgan gazlamalar , mayin , nafis terilar , uzun va o’tkir qilichlar , shamshirlar , temir nayzalar , har xil boltalar , ichimliklar , hushbo’y narsalar , turli – tuman qimmatbaho toshlar”.
2.1 Yunon – Rim , manbalarida O’rta Osiyo tarixi .
Yunon va Rim mualliflari ma’lumotlarining to’g’rilik darajasi turlichadir . Bu ma’lumotlarning asosiy qismi tasvirlangan voqealardan ancha muddat o’tgandan keyin yozilgan manbalardan olingan . Shu sababdan antik davr mualliflari asarlarida nomlari tilga olingan ayrim jug’rofiy atamalar – daryolar , tog’lar , shahar va qishloqlarning qayerda sharxlashganligini aniqlash (lokalizatsiyalash qilish) ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi . Ularning ayrimlari turli tortishuvlarga sabab bo’lib , hozirgacha aniqlanmagan . Antik mualliflar asarlarida real voqeliklar ba’zan afsonaviy yoki yarim afsonaviy to’qimalar bilan qorishib ketadi . Yunon va Rim tarixchilarining O’rta Osiyo haqidagi ma’lumotlari uzuq – yuluq bo’lib , ko’p hollarda bu ma’lumotlar o’zaro bog’lanmagan . Shu sababdan ular asosida qadimgi zamonlarda O’rta Osiyo istiqomat qilgan xalqlar tarixining to’la va yaxlit manzarasini tasavvur qilish amri maholdir . Shunday bo’lsada , antik mualliflar bergan ma’lumotlarni tanqidiy tahlil etish hamda arxeologik va epigrafik manbalarni jalb etish asosida qadimgi tariximizni mumkin qadar teranroq o’rganishimiz kerak .8
Qadimgi Yunon va Rim tarixchilarining sharqqa qiziqishi asosan 2 ta voqea bilan bog’liq , aniqrog’i , yunon – fors urushlari va Iskandar Makedoskiyning Ahamoniylar davlatiga qarshi hujumi bilan bog’liqdir .9
O’rta Osiyo qadimgi davrdagi tarixini o’rganishda qadimgi Yunon va Rim tarixchilari hamda geograf olimlarning asaralari muhim manba bo’lib xizmat qiladi .
Gerodot garchi o’zi bayon etayotgan voqealar ustida mulohaza yuritmasa ham , ularni to’g’ri bayon etishi , o’zga xalqlar va mamlakatlar tarixiga hurmat nuqtai nazaridan qarashi bilan ba’zi tarixchilardan ajralib turadi . Gerodotning asarida O’rta Osiyoning qadimiy xalqlari bo’lmish agrippiylar , issedondar , massagetlar , daylar va saklar haqida , ularning turmushi , urf – odatlari hamda qo’shni mamlakatlar bilan aloqalari haqida qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz . 10
Gerodot o’z asarini yozishda xilma – xil manbalardan foydalanadi , jumladan , Eron , Skifiya , Misr va boshqa mamlakatlarga qilgan sayohati cho’g’ida yiqqan ma’lumotlarni keltiradi . U O’rta Osiyoda bo’lmagan edi , lekin Kaspiy Ortidagi mamlakatlar tarixi bilan qiziqar edi . Tadqiqotchilarning fikricha , Gerodot Eronda bo’lgan chog’ida ahamoniylar davlati zodogonlari bilan suhbatlar qurib , O’rta Osiyo xalqlari hayoti haqidagi ma’lumotlari to’liq bo’lmay qolgan va ayrim hollarda o’zining noaniqligi bilan ajralib turadi . Gerodot Eron shohi Kir II ning massagetlar diyoriga hujumi , massagetlar malikasi To’maris tomonidan tor – mor etilishi va halok bo’lishi to’g’risidagi ma’lumotlarni , shuningdek , baqtriyaliklar , xorazmiylar , issedonlar , saklar haqida , ularning turmushi , urf – odatalari , harbiy kiyimlari va qurollari haqida qiziqarli ma’lumotlar keltiradi .11
Gerodot bu xalqlarning ijtimoiy hayotida ayollarning teng huquqligi va baland maqomi haqida yozadi . Bu ma’lumotlardan kelib chiqib , o’sha davr O’rta Osiyo xalqlari hayotida matriarxt sarqitlari saqlanib qolganligini taxmin etish mumkin . Gerodot bu xalqlarda kannibalizm hollari uchrashi haqida ma’lumot beradi , urug’dagi sog’lom va nuroniy qari odamni so’yib , uning go’shtini hayvonlar go’shti bilan qo’shib pishirishlari va tannovul qayd etadi . Gerodot qadimgi ajdodlarimiz chorvachilik , baliq ovi va dehqonchilik bilan shug’ullanishlarini ta’kidlaydi . Doro I davrida O’rta Osiyo xalqlari Eronga tobe bo’lganliklari va forslarga o’lpon to’lab turganliklarini aytib , Gerodot Behustun yozuvidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi .
Gerodot tarixning shunchaki xabarchisi emas , balki tarixni jonlantirib ko’rsatuvchi yetuk ijodkordir .Uning skiflar haqidagi nihoyatda bebaho qadrli . Ayniqsa skiflarning hayoti haqidagi hikoyalari , ularning urf – odatlari va udumlari haqidagi badiiy lavhalar shunday jonli va hayotiy tarzda ifodalanganki , ularni o’qigan o’quvchi bevosita hayajonga tushadi .
Qadimgi O’rta Osiyo haqida ma’lumotlar yozib qoldirgan tarixchilardan biri Ktesiy (mil.avv.V – IV asrlar ) hizoblanadi . Ktesiy Eron shahanshohi Artakserks II ning shaxsiy tabibi bo’lgan . Afsuski , Ktesiy asaralarning asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan . Uning asarlaridan olingan ayrim parchalar keyingi avlod tarixchilarining kitoblarida saqlanib qolgan . Gerodot farqli o’laroq , Ktesiy faqat o’zi ko’rgan yoki eshitgan axborotlarnigina emas , balki , ba’zi uydirma ma’lumotlarni ham o’z asariga kiritgan . Shu sababdan , uning asarlaridan foydalanishda o’ta ehtiyotkorlik zarurdir . Ktesiyning Ossuriya podshosi Ninning O’rta Osiyoga qilgan harbiy hujumlari haqidagi ma’lumotlari ishonchli emas . Ktesiy o’z asarida birinchi marta Zoroastr ( Zardusht) nomini tilga oladi . U sehrgar va Baqtriya podshosi bo’lganligi ta’kidlanadi . Zardusht podsho bo’lgan emas , allbatta . Lekin uning nomi tilga olinganligi va bu nom Baqtriya bilan bog’langanligi zardushtiylik dini bu mamlakatda , ya’ni Baqtryada vujudga kelganligi to’g’risidagi taxminlarni quvvotlovchi dalillardan biridir . Ktesiy Baqtryliklarning Eron shohi qo’shini tarkibida Ossuriya tor – mor etishda qatnashganligini ma’lum qiladi . 12
Ktesiy ham sak ayollari jasur va harbiy ishlarga moyil ekanliklarini ta’kidlaydi . Shu bilan bog’liq holda u saklar malikasi Zarineya haqidagi hikoyani keltiradi . Zarineya o’zining birinchi eri va akasi Kidrey halok bo’lganidan so’ng Parfiya viloyatining hokimi Mermerga turmushga chiqadi . Forslar bilan jangda Zarineya yaralanadi va jang maydonini tashlab ketadi . Striangey nomli fors uni ta’qib etadi va qo’lga tushiradi , lekin Zarineyaning iltimosiga ko’ra uni ozod etadi . Keyingi jangda esa Zarineyaning eri Mermer Striangeyni asirga oladi va Zarineyani yalinishiga qaramay uni o’ldirmoqchi bo’ladi . Shunda Zarineya asirlarni ozod etib , ular bilan birga erini o’ldiradi va Parfiya viloyatini Eron shohiga berib , u bilan do’stona munosabat o’rnatadi . Ktesiy keltirgan bu ma’lumot naqadar to’g’ri ekanligini bilish qiyin , lekin bu hikoya Gerodotning – sakalar jamiyatida ayollar roli : yuqori ekanligini haqidagi axborotni tasdiqlaydi . Ktesiy Eron shohi Kirning halok bo’lishi to’g’risida Gerodotdan ancha farq qiladigan ma’lumotlar keltiradi . Uning yozishicha , Kir derbikalar bilan bo’lgan jangda yarador bo’lib , otdan yiqlib tushadi , shundan so’ng Kir vafot etadi . Ktesiyning bu ma’lumoti to’g’ri emas , deb aytish mumkin , chunki boshqa manbalarda bunday axborot uchramaydi .
Gerodot va Ktesiydan boshqa Yunon tarixchilari ham o’z asarlarida O’rta Osiyo xalqlari to’g’risida ma’lumotlar beradilar . Ulardan Kesnofont (mil.avv.445 – 355) o’zining tarixiy – siyosiy roman janrida yozilgan “Kiropediya”nomli asarida Baqtryalikalar , saklar va girkaniyaliklarning fors shohi Kir tomonidan bo’ysundirilishi va uning qo’shini tarkibida Ossuriyani zabt etishda qatnashganliklarini ko’rsatib o’tadi .
Yuqorida takidalab o’tilganidek , antik mualliflarning O’rta Osiyoga qiziqishlarining ortishiga sabab bo’lgan yana bir muhim tarixiy voqea – Iskandar Zulqarnaynning sharqqa hujumlaridir . Ko’p mualliflar Iskandar tarixini yoritish jarayonida u bosib olgan mamlakatlar haqida , shu jumladan , O’rta Osiyo to’g’risida ma’lumotlar yozib qoldirganlar . 13Iskandar hayoti va faoliyati haqidagi tarixiy asarlarining eng muhimi – bu Arrinanning “Iskandar hujumlari” nomli asaridir . Bu asar milodiy II asrda , Iskandar davridan 5 asr o’tgandan keyin yozligan . “Iskandar hujumlari”buyuk sarkarda shaxsiga maddohlik ruhida taklif etilgan asardir .14
Arrian Flaviy (95-175) yirik yunon yozuvchisi , tarixchisi va geograf olimi , Kichik Osiyoning Nikomadiya shahridan . U “Iskandar haqida”, “Parfiyaliklar haqida”, “Hindiston” va 7 jildlik “Iskandarning hujumlari”nomli kitoblar muallifidir .
O’rta Osiyoning qadimiy tarixini o’rganishda Arrianning “Iskandarning hujumlari”nomli asari muhim ahamiyat kasb etadi . Unda fotihning istilochilik yurishlari batafsil yoritiladi .
Arrian o’z asarini yoritishda juda ko’p tarixiy manbalardan foydalangan . Jumladan, Iskandarning saroy kundaliklaridan , Sikandar hujumlarining guvohi va ishtirokchisi bo’lgan sarkardalar Ptolomey Lag va Aristobulning esdaliklaridan keng foydalangan . Asar panegrizm – maddohlik ruhida yozilgan – muallif Iskandar Zulqarnayn va uning faoliyatini ko’klarga ko’tarib ulug’laydi . U ko’pgina qo’lyozma manbalar va rasmiy hujjatlar asosida yozilgan bo’lib , mavzu bo’yicha muhim va asosiy manbalardan hisoblanadi .
Arrian mo’tabar manbalardan foydalanganligiga , ularga tanqidiy yondashganligi asarning ilmiy ahamiyatini yanada oshiradi . Arrian foydalangan birinchi darajadagi manablar keyinchalik yo’qolib ketganligi hisobga olsak , uning asari g’oyat nodir yodgorlik ekanligiga ishonch hosil qilamiz .
Arrian Flaviyning “Iskandar hujumlari” asari nemis ( Myuller, Leypsig,1886y) hamda rus ( Korenkov , Toshkent ,1912 y va M.E.Sergenko,M - L , 1962 y ) tillarda nashr etilgan . 15
Kvint Kursiy Ruf (mil.avv.I asrning oxiri – milodiy I asrning birinchi yarmi ) – mashhur Rim tarixchisi , Iskandar Zulqarnaynning Eron , Turon va boshqa mamlakatlarga qilgan harbiy hujumlari haiqda 10 kitobdan iborat “Buyuk Iskandar tarixi” nomli asar yozib qoldirgan .16
Muallif Ptolomey Lag va Iskandar Zulqarnaynning safdoshalari Onesikrit va Kallisfenning xotira va asarlaridan keng foydalangan . Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf asari lotin tilida yozilgan bo’lib , 10 kitobdan iborat , lekin uning dastlabki ikki kitobi bizgacha yetib kelmagan . Mutaxassislar Kvint Kursiy Rufning manablarga tanqidiy yondashlmasligini , Iskandar hayoti bilan bog’liq voqealarni badiiylashtirilganligi ta’kidlaydilar . Kursiy ayrim hollarda fantastik syujetlarni to’qib chiqaradi , o’z qahramoni Iskandarning ruhiy holatlarini ochib berishga intiladi . Muallif tasvirlanayotgan voqealarni aniq sanasini keltirmaydi . Shu bilan birga u Iskandarning real siymosini yaratishga harakat qiladi . Kvint Kursiy Rufning taliqnida Iskandar taqdir erkatoyi , o’ziga bino qo’ygan , bosqinchilik qonida bo’lgan , shafqatsiz , qasoskor , mard , tanti va bag’rikeng shaxs sifatida gavdalanadi . Yuqorida ko’rsatib o’tilgan kamchiliklardan qat’iy nazar , Kurtsiyning asari O’rta Osiyo xalqlarning Iskandar Maqduniy davridagi tarixga oid boy ma’lumotlar beradi . Asardagi Baqtriya va So’g’diyonaning tabiati va iqlim sharoitlari , Spitamen qo’zg’olonining tafsiloti va boshqa ma’lumotlar diqqatga sazovordir .
Kvint Kursiy Rufning asarida O’rta Osiyo hududining Iskandar Zulqarnayn qo’shinlari tomonidan istilo qilinishi , xalqlarning chet el bosqinchilariga qarshi kurashi , xususan , Spitamen boshliq qo’zg’olon keng yoritib berilgan . “Buyuk Iskandar tarixi”1841 – yil Myuttsel , 1867 – yili T.Nyol’deke va 1885 – yil Fogel tomonidan nashr etilgan . Ruscha yangi tarjimasi V.S.Sokolov tahriri ostida chop etilgan (Moskva,1963y).17
O’rta Osiyoning mil.avv.IV – milodiy IV asrlardagi tarixi , tarixiy jug’rofiyasi va etnografiyasiga doir ma’lumotlar Diodorning Sitsiliskiyning “Tarixiy Kutubxona”(mil.avv.Iasr) , Rim tarixchisi Pompey Trogning “Flipp tarixi”va “Ibtido”nomli asarlarida (mil.avv.I – milodiy I asr ) , yunon tarixchisi Polibiyning “Umumiy tarix”(mi.avv.II asr) , rim tarixchisi Pilniyning “Tabiiy tarix”, rim tarixchisi Tatsitning “Tarix”va “Yilnomalar” (“Annallar” 1 – 2 asrlar) ,yunon olimi Klavdiy Ptolomeyning “Jug’rofiyaga oid qo’llanma” ( II asr) , rim tarixchisi Ammian Marsellinning “Ahmol”(IV asr) va boshqa mualliflarning asarlarida uchraydi .
“Oddiy tarix”Gay Pliniy Sekundning shoh asari hisoblanadi va unda antik dunyo tarixi , iqtisodiy ahvoli hamda madaniyatini bayon etilgan . Unda muallifning o’z manbalariga jiddiy va tanqidiy munosabatda bo’lmaganligi , ayrim dalil va vaqealarni buzib ko’rsatilganligi sezilib turadi . Bu kitob antik dunyo tarixi bo’yicha keng ma’lumot beruvchi qomusiy asar sifatida etiborlidir .
“Oddiy tarix”da O’rta Osiyoning ham qadimiy tarixi , unda istiqomat qilgan xalqlar , masalan , skiflar , Oks – Amudaryo , Yaksart – Sirdaryo va Skifcha shahar nomlari , tabiiy boyliklari , Antioxiya shaharlarining barpo etilishi haqida qimmatli ma’lumotlar bor .18
Polibiy ( mil.avv.201 – 120) – yirik yunon tarixchisi , 40 kitobdan iborat “Umumiy tarix”asari bilan mashhur . Unda Ellada , Makedoniya , Karfagen , Misr , Suriya va Rimning 220 – 146 yillari orasidagi ijtimoiy – siyosiy tarixini o’z ichiga oladi . Umumiy tarix yozilgan bu asarning katta qismi saqlanmagan , bizgacha faqat 1 – 5 kitoblarigina yetib kelgan , xolos .
Polibiyning “Umumiy tarixi” daliliy ma’lumotlarga boyligi , voqelarning nisbatan xolisona yoritilishi bilan alohida ahamiyatga egadir .
Unda Oks – Amudaryo va Yaksart – Sirdaryo haqida , Antiox I ning Baqtriya podshohi Yevtidemga qarshi harbiy hujumi haqida muhim ma’lumotlar bor .
2.2 Avesto tarixiy manba sifatida .
Zoroastrizm – otashparatlik (mil.avv.VI – milodning VI asri ) dinining muqaddas kitobi bo’lib , miloddin avvalgi VI – milodning VI asrlarida yozilgan , Eron hamda O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati , e’tiqodi , tili , adabiyoti va qisman tarixini o’rganishda asosiy manba hisoblanadi .
Asarning yozilgan joyi haqida turlicha fikrlar mavjud . Bir guruh olimlar – fransuz J.Darmsteter , Ozarbayjon olimi I.Aliyev , “Avesto”Midiya – hozirgi Eronning shimoliy – g’arbiy qismi va Ozarbayjonda yozilgan desa ,ko’pchilik – V.V.Struve , S.P.Tolstov,F.Altxaym va boshqalar Amudaryo bo’yida joylashgan viloyatlarda , Balx va Xorazm oralig’ida yaratilgan , deb hisoblaydilar . Oxirgi fikr so’nggi vaqtlarda Eron olimlari , masalan Ibrohim Pur Dovud tomonidan ham e’tirof etilgan .
“Avesto”matni to’liq saqlanmagan . Bizgacha , uning juda oz qismi yetib kelgan , xolos . Ma’lumki , “Avesto” Kayoniy hukumdorlardan Gishtosp – Vishtosp zamonida kitob holiga keltirilgan . Rivoyatlarga qaraganda uning gatlar deb ataluvchi asosiy qismi xudo – Zaratushtra tomonidan yozilgan va Ma’sudiy , Tabariy va Beruniylarning so’zlariga qaraganda 12000 ho’kiz terisdan tayyorlangan maxsus pergamentga oltin harflar bilan yozilgan . O’sha vaqtlarda uning uch nusxasi mavjud bo’lgan , lekin bir nusxasi Iskandar Zulqarnaynning farmoni bilan yoqib yuborilgan . Ikkinchi nusxasi Yunonistonga olib ketilgan , uchinchi nusxasi esa otashparastlar diniga kuchli e’tiqodli bo’lgan kishilar qo’lida saqlanib qolgan . Lekin bu nusxa to’liq emas .
Asarning saqlanib qolgan qismlarini to’plash va kitob holiga keltirish ishlari Parfiya podshosi Valgash III (148 – 192 ) hamda Sosoniylar (milodning III asri )davrida ham davom ettirildi . “Avesto”sosoniy Shopur II (309 – 379) davrida tartibga solindi , izohlar va qo’shimchalar(zand) bilan boyitildi va to’la kitob holiga keltirilib , asosiy qismlari pahlaviy tiliga tarjima qilindi . Bu kitob “ZandAvesto” nomi bilan mashhur .
Afsuski , “Zand Avesto” ham bizning zamonamizgacha to’la holda yetib kelmagan . Uning bir qismi Iskandar Zulqarnayn yurishlari vaqtida , boshqa bir qismi esa arablar istelosi (674 – 715y) vaqtida yo’q qilingan . Asarning bizgacha yetib kelgan qismi , professor E.E.Bertelsning ma’lumotiga qaraganda 19,83 000 so’zdan iboratdir . U, asosan to’rt qismdan – yasna , yashtov , vispered , vendidaddan iborat . Yana tarkibiga kirgan gat deb ataladigan qo’shiqlar “Avesto”ning eng ko’hna va qimmatli qismlardir .
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish keraki , Qadimgi O’rta Osiyo tarxi to’g’risida hikoya qiluvchi manabalarni shartli ravishda :
1 Arxeologik manbalar ;

  1. Xalq og’zaki ijodi ;

  2. Etnografik manbalar ;

  3. Antropologik materiallar ;

  4. Yozma manbalar ; kabi yo’nalishlarga bo’lib tadqiq etishni lozim deb bilaman . O’rta Osiyo to’g’risidagi yozma manbalarda biri bo’lgan “Avesto”ning o’rni katta . Unda , xatto Gipokrat qasamidan avval , o’rta osiyolik tabiblardan qasam ichish borligini , ularning qo’lida ilon va jom borligini qayd etadi .

“Avesto”da oila munosabatlari ham yoritiladi . Unda o’z vaqtida turmushga chiqmagan qizlar va o’z vaqtida uylanmagan yigitlar 40 darra bilan jazolllanganligi ko’rsatiladi . Bundan tashqari , tozalikka qat’iy rioya etiladi , toza oqar suvga ahlat tashlash qatiy taqiqlangan .
O’rta Osiyo to’g’risida yunon – rim mualliflari asarlarida ba’zi , bir uzuq –yuluq ma’lumotlar uchraydi . Behustun bitiklarida o’rta osiyo xalqlari madaniyati , urf – odatlari , ananalari haqida ma’lumotlar uchraydi .
Foydalanilgan adabiotlar :

  1. Madraimova A.G.Manbashunolik – T . 2008 .

  2. Арриан Флавий . Поход Александра

  3. /Пер.М.Е.Сергенко – М .1993 .

3Cтрабон .География в семнадцати книгах /Пер.Г.А.Стратановского. – М 1994 .

  1. Арриан Флавий . Поход Александра / М.Е.Сергенко – М .1993 .

  2. Asqarov A. O’zbekiston tarixi . – T : O’qituvchi, 1995

  3. Ahmedov B.O’zbekiston tarixi manbalari .- T: O’qituvchi 2001 .

  4. Бертелсъ Е.Е.История персидско – таджикской литературь . – М. 1960 .

  5. Квинт Курсий Руф . История Александра Македонского/Пер.М.Е.Сергенко.М.1993

  6. Геродот история .http://www.vehi.net/istoriYa/grecia/02.html

  7. Крюков М.В.Сыма Цянъ и его” Исторические записки.

  8. Рифтин Б.Литература Древно Китая http://history .rin .ru/text/tree/108.html.

  9. Egamberdiyeva N.A. Arxeologiya .

  10. Киглер В. Сказочние мотивиъ Геродота . – Киев .1903 й.

  11. Manbashunoslik . Fargona . 2003 .

  12. Страбон . География в Семнадцати книгах .Пер .Г.А.Стратановского – М . 1994 .

1 Egamberdiyeva N.A. Areologiya bet 53-54 .

2 Asqarov A.O’zkekiston tarixi – T :O’qituvchi ,1995 . – B 173 – 174 .

3Asqarov A.O’zkekiston tarixi – T :O’qituvchi ,1995 . – B 174 – 175 .

4 Рифтин Б.Литература Древно Китая http://history .rin .ru/text/tree/108.html.

5 Крюков М.В.Сыма Цянъ и его” Исторические записки”

6 Axmedov B.O’zbekiston tarixi manbalari . –T :O’qituvchi ,2001 . – B 50 .

7 Ahmedov B.A.O’zbekiston tarixi manbalari . – Toshkent :O’qituvchi , 2001 33 – 34 betlar .

8 Sadqulov T.S.O’rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavhalar – T : O’qituvchi ,1993 , - B 4 -5 .

9 Manbashunoslik – Farg’ona , 2003 – B 39 .

10 Геродот история .http://www.vehi.net/istoriYa/grecia/02.html

11 Boynazarov F.Qadimgi dunyo tarixi . – T : Iqtisod – moliya , 2006 – b .36 .

12 Manbashunoslik – Farg’ona , 2003 – B . 40

13 O’zbekiston xalqalari tarixi .1 jild . – T:Fan , 1992 . – B 29 .

14 Qarang:Арриан Флавий.Поход Александра ./Пер.М.Е.Сергенко – М 1993 .Arrian History of Alexander the Grate and Indica .With an English translation by E.I.Robson .Vol.I – II Cambridge , 1961 .

15 Madraimov A.G.Fuzailova . Manbashunoslik – T . 2008 . – B 127

16 Qarang:Квинт Курсий Руф . История Александра Македонского/Пер.М.Е.Сергенко.М.1993 .

17 Axmedov B.O’zbekiston tarixi manbalari .- T : O’qituvchi , 2001 – B 37 .

18 Madraimov A.G.Fuzailova.Manbashunoslik – T .2008 . – B 127 – 128 .

19 Бертелсъ Е.Е.История персидско – таджикской литературь . – М. 1960 С.52.


Download 41,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish