Biogen elementlar
Yer yuzasida kimyoviy elementlar turli miqdorlarda uchraydi. Yer po’stlog’ining 98 % asosan 8 ta elementdan tashkil topgan bo’lib 47% (massa boyicha) eng ko’p tarqalgan kislorodli birikmalar, ikkinchi o’rinda kremniy (29,5 %), undan keyin alyuminiy, temir, kumush, natriy, kaliy, magniy, xlor va h.k. Yer po’stlog’i asosan kislorodli birikmalardan tashkil topgan bolib, ularning ichida asosan silikatlar, karbonatlar, sulfidlar, sulfatlar va boshqalardir.
5.2. Makro- va mikroelementlar va ularning organizmidagi miqdori
*114 dan ortiq ma'lum bo’lgan elementlardan 80 dan ko’prog’i tirik organizmning hayot faoliyatida qatnashadi. Masalan qonda - 30 dan ortiq elementlar borligi aniqlangan. Suyaklarda ham 30 ga yaqin, sut va sut mahsulotlarida esa 20 dan ortiq elementlar aniqlangan.
Organizmda ma'lum bo’lgan elementlardan 19 tasisiz xayot mavjud bo’la olmaydi. Biosistemalarda mavjud bo’lgan 6ta element (vodorod, uglerod, azot, kislorod, fosfor va oltingugurtlar) juda katta ahamiyatga ega bolib, ular organogen elementlar deb ataladi.
Organogen elementlar oqsillar, nuklein kislotalar, aminokislotalar tarkibiga kirib, yerdagi hayot jarayonning asosini tashkil etadi. Qolgan 12ta element (natriy, magniy, kaltsiy, marganets, temir, kobalt, mis, rux, xlor va yodlar) organizmning hayotiy jarayonida faol ishtirok etadi. Bu 12ta elementni 10tasi metallar bolib, ularni «hayotiy metallar» yoki biometallar deb nomlashadi. Bu metallarning tirik organizmidagi faoliyatini o’rganish bioanorganik kimyo fanining asosiy vazifasidir. Bu 10ta metalldan 6 tasi organizmda ko’p miqdorda uchraydi. Kalsiy (1700 g.), kaliy (250 g.), natriy (70 g.), magniy (42 g.), temir (5 g.), rux (3 g.) miqdorda uchraydi. Qolgan to’rttasi kamroq miqdorda uchraydi.
Organizmda ma'lum bo’lgan elementlardan 19 tasisiz xayot mavjud bo’la olmaydi. Biosistemalarda mavjud bo’lgan 6ta element (vodorod, uglerod, azot, kislorod, fosfor va oltingugurtlar) juda katta ahamiyatga ega bolib, ular organogen elementlar deb ataladi.
Asosiy elementlar Makroelementlar Mikroelementlar.
60 kg vaznli katta yoshdagi odamda asosiy elementlar miqdori.
Birinchi guruh makroelementlar deb ataladi. Bu guruhga H, O, C, N, P, Ca elementlari kiradi. Bu elementlar xujayralar tarkibining 96,3 foizini tashkil etib, nuklein kislotalar, karbon suvlar, yog’, oqsil molekulalarning xosil bo’lishida aktiv ishtirok etadi.
Ikkinchi guruxga odam a'zolaridagi miqdori 0,01 foizdan to 1,0 foizgacha bo’lgan yana 6ta element (K, Na, Cl, S, Mg, Fe) kiritilib, ular oligobiogen elementlar deb ataladi.
Uchinchi guruh mikrobiogen elementlar deb atalib, bu guruhga odam tanasidagi miqdori 0,01 foizdan kam bo’lgan biogen elementlar kiritilgan. Bunday mikrobiogen elementlardan 15 tasi (temir, yod, mis, rux, kobalt, xrom, molibden, nikel, vanadiy, selen, marganets, margimush, ftor, kremniy, litiy) organizm uchun hayotiy zarur bolgan elementlardir. Bu elementlar essensial elementlar deb ataladi. Bu elementlarsiz organizm na o’sa oladi, na rivojlana oladi, na oz hayot faoliyatini to’xtata oladi. O’zgaruvchan valentlikka ega bo’lgan elementlardan 5 tasi (ruxdan tashqari) kompleks birikmalar hosil qilish hususiyatiga ega bo’lgan (Mn, Co, Cu, Mo) elementlardir. Bu elementlar oqsil moddalar bilan birgalikda metallofermentlar, metalloproteinlar tarkibiga kiradi.*
Hozirgacha ma'lum bo’lgan 760 ga yaqin fermentlardan choragi metallofermentlardir.
Biogen elementlar tabiatda u yoki bu xududda tarqalganligi boyicha biogeokimyoviy muhitlarni tashkil qiladi. Bu muxit bilan bog’liq bo’lgan kasalliklar endemik kasalliklar turiga kiradi. Masalan, yod yetishmovchiligi bilan bo’qoq kasalligi, ftor ortiqchaligi bilan flyuaroz, stronsiy ortiqchaligi bilan stronsiyli raxit kasalliklari bog’liq. Atrofi muhitda elementlar tarqalgan konsentratsiyasi bilan bog’liq bo’lgan kasalliklarning yana bir turi kasb kasalliklari deyiladi. Bu kasalliklarga atrof muxitni muhofazalash masalalari yechilmaganligi olib keladi. Masalan ko’mir qazuvchilarda - antrakoz, alyuminiy ishlab chiqarish sanoatida - alyuminoz, shisha, g’isht ishlab chiqarish (silikat ) sanoatida silikoz kasalligi rivojlanishi kuzatiladi.
Organizmda mineral moddalarning disbalansi bilan bog’liq holatlar mikroelementozalar deb nomlanadi. Bu nom bilan rivojlanishi asosida makro- va mikroelementlar yetishmovchiligi, ularning disbalansi va ularning miqdoriy nisbatlari buzilishi yotadi.
Biogen elementlarning davriy jadvalda joylashgan o’rniga ko’ra s,p,d-turlarga bo’lib ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |