Kirish
Ko’p asrlar davomida tabbiy fanlar rivojlanishi natijasida tibbiyot va kimyo o’rtasida juda chuqur bog’liqliklar vujudga kelgan. Bu fanlarni bir biriga singib ketishidan yangi ilmiy yo’nalishlar fanlar orasida o’z o’rnini topib kelmoqda. Ular fiziologik jarayonlarni, kasalliklar kelib chiqishi sabablarini, farmakologiya asoslarini molekulyar darajada o’rganishga qaratilgan. Xayot jarayonini molekulyar darajada o’rganilishi kerakligining sababini tushintirish oson, chunki “tirik xujayra - bu katta va kichik bir biri bilan tinimsiz ta'sirlashayotgan molekulalardir”. Umumiy kimyo shu molekulalarni atom-molekulyar ta'limot nuqtai nazaridan, o’zida shu moddalarni saqlagan eritmalarning tarkibi, xossalarini o’rgansa, analitik kimyo elementlar va ularning birikmalarini xossalarini o’rganadi. Odam organizmining biologik suyuqliklarini eritma, bufer eritma, kolloid eritma sifatida ko’rganimiz uchun, eritmalar kimyosini o’rganishsiz organizmning tarkibini o’rganish to’liq bo’lmas edi. Biologik suyuqliklar o’z tarkibida anorganik moddalarni ionlar holatida ham tutadi. Shundan kelib chiqqan holda elektroliz jarayoni, elektrolitlar kimyosi, elektrod va oksidlanish-qaytarilish potensiallarini o’rganish tibbiyot oliy o’quv yurtlarida o’qish uchun zarur sohalardan bo’lib kelgan. Sirt hodisalari, kolloid sistemalarning fizikasi va kimyosi asoslarini bilish, organizmda kechadigan sorbsiya, desorbsiya, elektrkinetik xodisalar mohiyatini tushinib yetishga asos bo’ladi. Bioorganik kimyo xujayra va to’qimalar tarkibini tashkil qiluvchi biologik faol moddalar va organizmni sog’lomligini ta'minlovchi dorivor moddalarning tuzilishi va xosslarini o’rganadi.
Kimyo fani xozirgi zamon tibbiyotini rivojlanishida muhim o’rinni egallab, vrach ma'lumotining ajratib bo’lmaydigan bir qismidir. Tibbiyot fanining va sog’liqni saqlash ishlarining rivoji mutaxassislarni fundamental fanlardagi bilimlarini kerakli darajada chuqur o’rganilishi kerakligini talab qiladi. Buning ustiga tibbiyot nafaqat kasalliklarni davolash bilangina chegaralanib qolmay, ekologiya, toksikologiya, biotexnologiyalar va b. bilan ham shug’ullanib, ijtimoiy ta'minot sohasining katta bir qismiga aylanib bormoqda.
Kimyoning umumiy, analitik, fizik va kolloid, organik kimyo bo’limlari tibbiyot oliy o’quv yurtlarining o’quv rejalarida alohida ko’rilmaganligi sababli bu bo’limlar “Kimyo, organik kimyo va molekulyar biologiya” fanining bir qismi sifatida o’rganiladi.
*Kimyo fani bizni o’rab turuvchi dunyo tarkibi, tuzilishi, xususiyatlari va moddalar reaksiyasini o’rgatadi. Kimyo bilan atrofingizda har kuni, har bir ishlatayyotgan buyum va bajarayotgan ishingizda to’qnashasiz. Kimyoviy jarayonni ovqat tayyorlaganingizda, kir yuvish vaqtida oqartiruvchi modda qo’shganingizda, avtomobilingizni o’t oldirganingizda kimyoviy jarayonni bajarasiz.. Kumush qorayganda yoki antiasidli birikmalar suvda eriganda kimyoviy reaksiya amalga oshadi. Karbonat angidrid va suv energiyasining uglevod energiyasiga aylanishi kimyoviy reaksiyadir va shuning uchun o’simlik o’sadi. Ozuqa moddalar hazm bo’lishida energiya va sog’liq uchun zarur bo’lgan moddalarga parchalanish kimyoviy reaksiyasi amalga oshadi.
Har qanday fanni o’rganish ilmiy usuldan boshlanishi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |