Xaridorlarni o‘rganish: tovarning asosiy xaridorlari va uni ishlatish usullari: tovarning qaysi belgilari uni sotib olishga majbur qilmoqda; xaridorlarning xatti-harakatlarini shakllantiruvchi omillar, ehtiyojlari yaqin keladigan xaridorlar (segmentlar)ni ajratib olish imkoniyati va ulariing soni va tarkibini baholash; qondirilmagan talablar; xaridorlar talabiga fan-texnika yutuqlari ta’siri.
Raqiblarni o‘rganish: bozorda katta ulushga erishgan (3-4 firmalar) raqiblar; raqiblariing savdo belgilari va tovarlarining muhim sifatlari; tovarlarning o‘ramasi va sotish usullari; baho siyosati va talabni rag‘batlantirish tadbirlari; NIOKR; asosiy yo‘nalishlari, xarajatlari va qaysi olimlar maslahatchi; foyda va zararlari to‘g‘risidagi rasmiy ko‘rsatkichlar; yangi tovarlari va faoliyati haqida e’lon qilingan maqolalar. Undan tashqari, mamlakat (region) bozoridagi huquqiy chegaralar va qiyinchilik tug‘ilib qolganda yordam beruvchi muassasalar ham o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |