Masala yechish namunalari
2.1. 2.4-rasmdagi elektr zanjiri uchun quyidagilar bajarilsin. 1) manba kuchlanishi U uchun tenglama tuzilsin; 2) I tok aniqlansin; 3) istemolchi qismalaridagi U kuchlanish aniqlansin; 4) manbaning P1 quvvati aniqlansin; 5) iste’molchining maksimal qiymatdagi P2 quvvati va qarshiligi aniqlansin; 6) Agar manbaning EYUK E=220 V, ichki qarshiligi R0=1Om va iste’molchi qarshiligi Ris=50 Om bo‘lsa, qurilmaning FIK aniqlansin. O‘tkazgichlarning qarshiligi hisobga olinmasin; 7) FIK va P1, P2 quvvatlarning zanjirdagi toka bog‘liqligi va manbaning tashqi xarakteristikalari qurilsin.
2.4-rasm
Yechish. 2.4-rasmdagi S ajratgichning qushilgan holati uchun EYUK, tok, kuchlanish va konturning aylanishlari shartli musbat yunalishlari Kirxgofning ikkinchi qonuniga asosan
(2.11)
kabi ifodalanadi. Bu yerda ifoda kattaligi, manba EYUK kattaligiga teng bo‘lgan elektr energiya manbasi qismalaridagi kuchlanish.
Zanjirdagi tok (2.11) ifodaga asosan
Iste’molchi qisqichlaridagi kuchlanish
Manba va iste’molchidagi quvvatlar
,
Qurilmaning FIK
Iste’molchi quvvati maksimal bo‘lgan holda, uning qarshiligini aniqlash uchun, istemolchi qarshiligi Ris ni quvvat P2 ga nisbatan olib, bu ifodani nolga tenglashtirsak
hosil bo‘ladi. holatda shart bajariladi. Bunda iste’molchinig maksimal quvvati
Energiya manbasi kuchlanishi uchun ifodaga asosan quyidagi tenglamaga ega bo‘lamiz
U=E-R0I (2.12)
(2.12) ifodaga asosan chizilgan U=f(I) grafik bog‘liqlik EYUK manbasi tashqi xarakteristikasi deyiladi. Bu ifodaga asosan chizilgan xarakteristika E va R0 ning doimiy qiymatlaridagi I tokga bog‘liqligi chiziqli hisoblanadi. Shuning uchun bu xarakteristikani chizish uchun manba ish rejimining istalgan ikki turida tok va kuchlanishni aniqlash kifoya qiladi. Masalan, salt ishlash rejimi (ajratgich S ajratilgan hol) va qisqa tutashuv rejimlari (iste’molchi qarshiligi Ris=0) .
Salt ishlash rejimi uchun: I=0, U0=E=220 V. Qisqa tutashuv rejimida U=0, Iq.t. =E/R0 =220/1=220A. va boshqalar. Aniqlanayotgan xarakteristikalar 2.5-rasmda keltirilgan.
2.2. Elektr sxema (2.6-rasm) uchun tarmoqlardagi toklar, zanjirning barcha elementlaridagi kuchlanish, 1-3 tugunlar orasidagi U13, E2 EYUK manbasi quvvati, R3 qarshilikli iste’molchi quvvati, E1 EYUK manbasi ish rejimlari aniqlansin. Bunda E1=12 V, E2=13,5 V, R01=0,05 Om, R02=0,1 Om, R3=2 Om, R4=R5=4 Om.
Do'stlaringiz bilan baham: |