Tranzit schyotlar (T) - bu moliyalanadigan natijalar to’g’risidagi hisobotda aks ettiriladigan daromadlar va xarajatlarni hisobga oladigan vaqtinchalik schyotlar bo’lib, ular hisobot davri davomida ishlatiladi, lekin hisobot davri oxirida yopiladi va qoldiq qolmaydi.
Balansdan tashqari schyotlar (ВТ) - bu korxonaga tegishli bo’lmagan, lekin uning qaramog’ida bo’lgan aktivlar, shartli huquqlar va majburiyatlarning mavjudligi harnda harakati to’g’risida axborotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan schyotlar. Bu schyotlar boshqa schyotlar bilan o’zaro bog’lanmaydi va xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyalanadigan hisobotida aks ettirilmaydi.
Buxgalteriya hisobi amaliyotida «qoldiq» so‘zining o‘rniga ko‘pincha «saldo» so‘zi ishlatiladi. «Saldo» italyancha so‘z boTib, aynan tarjimasi «hisob-kitob» degan ma’noni bildiradi.
Schet bo‘yicha hisobot davrining boshiga bodgan qoldiq boshlang‘ich saldo deb ataladi. Schet bo‘yicha hisobot davrining oxiriga.bodgan qoldiq oxirgi saldo deb ataladi.
Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama Yozuvning mohiyati Shundaki, har bir xo‘jalik muomalasi, u qanday turdagi balans o‘zgarishiga olib kelishidan qat’iy nazar, bir vaqtda va o‘zaro aloqador holda, bir xil summada bir schetning debet tomonida va ikkinchi schetning kredit tomonida aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida bir schetning debetida ikkinchi schetning kreditida aks ettirilishiga oddly Yozuv deyiladi. Ayrirn xo‘jalik muomalalari xususiyatiga ko‘ra bir schetning debetida va bir necha schetning kreditida yoki aksincha aks ettiriladi. Bunday buxgalteriya Yozuvini buxgalteriya hisobida murakkab Yozuv deyiladi.
Schetda yangi qoldiq chiqarish uchun avvalo uning debeti va kreditidagi summalarni jam lash zarur. Debet bo‘yicha jami summa (boshlang‘ich qoldig‘isiz) schetning debet oboroti, kreditning jami summasi (boshlang‘ich qoldigdsiz) kredit oboroti deyiladi.
Har qanday aktiv yoki passiv schet bo'yicha oxirgi qoldiqning matematik modeli ikki variantda bodishi mumkin. Birinchi variant. Boshlangdch qoldiq (saldo) debet bodib, kredit oboroti boshlang‘ich qoldiq va debet summasidan kichik bodganda. Unda matematik model qo‘yidagicha bodadi:
S'dt+DO,0-KOt0=S"dt,
Agar kredit oboroti boshlangdch debet qoldiq va debet oboroti summasidan katta bodsa, u holda qoldiq kreditda qoladi;
Ikkinchi variant. Boshlangdch qoldiq (saldo) kreditda bodib, debet oboroti esa boshlangdch kredit qoldiq va kredit oboroti summasidan kichik bodganda, uning matematik modeli qo‘yidagicha bodadi:
^ S’kt+KOto-DO,0=S"kt
Analitik2 schetlar deb xo‘jalik mablagdari va mablagdar manbalari va xo‘jalik muomalalari to‘g‘risida toda tavsif beradigan va ularni pul, natura va mehnat odchovida hisobga oladigan schetlarga aytiladi.
Shunga ko‘ra buxgalteriya hisobida ikki xil, ya’ni sintetik va analitik schetlar qodlaniladi.
Analitik schetlar va ularga tegishli sintetik schetlar orasida doimo o‘zaro uzviy bogdiqlik mavjuddir. Chunki sintetik schetlarga Yozilgan barcha qoldiq va xo‘jalik muomalalari shu sintetik schetlarga tegishli analitik schetlarga ham Yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |