7.Quyidagi schetlarning qaysi biri oxirgi qoldiqga ega bo‘lmadi?
a) Kassa scheti b) Ishlab chiqarish scheti
v) To‘lanadigan schetlar scheti g) Sotish tannarxi scheti
1.3.
Schyotlarga ikki yoqlama yozuv
Buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlaridan farq qiladigan jihatlaridan biri
shundaki, yuz bergan operatsiyaning summasi unda ikki marta, ya’ni bir schetning
debetiga, boshqa bir schetning kreditiga yoziladi. Bunday yozuvga ikki yoqlama yozuv
usuli deb ataladi.
Schyotlarga ikki yoqlama yozuvni, boshqachasiga, buxgalteriya yozuvi,
buxgalteriya o‘tqazmasi deb ham ataydilar.
Buxgalteriya o‘tqazmalari oddiy va murakkab turlarga bo‘linadi.
Oddiy buxgalteriya o‘tqazmasi deganda ikkita schet qatnashgan, shundan biri
debetlangan va boshqasi kreditlangan o‘tqazmaga aytiladi.
Murakkab o‘tqazmalar – bu uch va undan ko‘p schetlar qatnashib tuzilgan
o‘tqazmalarga aytiladi. Bunday o‘tqazmalarda bitta schet debetlanib, ikki va undan ko‘p
boshqa schetlar kreditlanadi yoki shuning teskarisi bo‘ladi.
Buxgalteriya o‘tqazmalarini turli usullarda berish mumkin : gorizontal, vertikal,
schetlar sxemasi ko‘rinishida.
Gorizontal usul asosan oddiy buxgalteriya o‘tqazmalarini berishda qo‘llaniladi va
taxminan quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Debet Kredit Summa
1010 6010 1000000
Vertikal usul oddiy va murakkab buxgalteriya yozuvlarida qo‘llaniladi va quyidagi
ko‘rinishda beriladi:
•
Oddiy o‘tqazmada
Debet 1010 1000000
Kredit 6010 1000000
•
Murakkab o‘tqazmada
Debet 1010 1800000 Debet 2010 600000
Kredit 6010 1000000 Debet 2310 200000
Kredit 2810 500000 Debet 2510 300000
Kredit 4610 300000 Kredit 1010 1100000
Amaliyotdagi schetlarning hisob registrlarida asosan murakkab buxgalteriya
o‘tqazmalari qo‘llaniladi.
Schetlar sxemasi usulida yuqoridagi buxgalteriya o‘tqazmalari quyidagicha aks
ettiriladi:
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
36
1010 6010 4610 2810
1800000 1000000 300000 500000
Buxgalteriya o‘tqazmalarini berishda quyidagi ketma-ketlikga amal qilinishi lozim.
1.Yuz bergan operatsiyaning mazmuniga ko‘ra unda qatnashgan schetlar
aniqlanadi.
2.Operatsiyada qatnashayotgan schetlarning aktiv yoki passiv schetlar ekanligi
aniqlanadi.
3.Aktiv va passiv schetlarda ko‘payish va kamayishlarni ularning qaysi tarafida
aks ettirilishi tartibiga ko‘ra ularning biri debetlanadi, ikkinchisi esa kreditlanadi.
Yuqoridagi keltirilgan buxgalteriya o‘tqazmalariga sharh:
1.Ta’minotchidan 1000000 sumlik materiallar kelib tushgan, operatsiyada 1010
«Materiallar» va 6010 «Ta’minotchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schetlar»
schetlari qatnashadi. 1010- schet aktiv, unda ko‘payish yuz berayapti. Demak, ushbu
schet debetlanadi. 6010 –schet passiv schet hisoblanadi, unda ham ko‘payish yuz
berayapti. Demak ushbu schet kreditlanadi.
2.Ta’sischilardan ularning hissasi sifatida 300000 sumlik materiallar kelib tushdi.
Operatsiyada1010 «Materiallar» va 4610 «Ta’sischilarning ustav kapitaliga badallari
bo‘yicha qarzlari» schetlari qatnashadi. 1010- schet aktiv, unda ko‘payish yuz berayapti.
Demak, ushbu schet debetlanadi. 4610 –schet ham aktiv schet hisoblanadi, unda
kamayish yuz berayapti. Demak ushbu schet kreditlanadi.
3.500000 sumlik tayyor mahsulot materiallar schetiga o‘tqazildi. Operatsiyada
1010 «Materiallar» va 2810 « Tayyor mahsulotlar» schetlari qatnashadi. 1010- schet
aktiv, unda ko‘payish yuz berayapti. Demak, ushbu schet debetlanadi. 2810 –schet ham
schet hisoblanadi, unda kamayish yuz berayapti. Demak ushbu schet kreditlanadi.
Buxgalteriya hisobi schetlariga ikki yoqlama yozuv katta nazorat ahamiyatiga ega.
Unda, bir tomondan balansdan tashqari barcha schetlarning o‘zaro aloqalari, schetlarning
oborot va qoldiq summalarini tengligi, pirovardida schetlarning buxgalteriya balansi
bilan uzviy bog‘liqligi yorqin namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |