1.Boshlang‘ich qiymat – bu aktivlarni sotib olish, qurish, ishlab chiqarish va
boshqa yo‘llar bilan kelib tushgan vaqtida shakllangan qiymati. Ushbu qiymat o‘z
ichiga aktivlarni sotib olishga, qurishga va ishlab chiqarishga ketgan harajatlarni oladi.
Bepul kelib tushgan aktivlarning boshlang‘ich qiymati komissiya tomonidan ekspert yo‘li
bilan topiladi.
2.Qoldiq qiymat – bu aktivlarning boshlang‘ich qiymatidan foydalanish davrida
jamlangan eskirish summasini chegirishdan keyin qolgan qiymati.
3.Sof sotish qiymati - bu aktivning sifati, holati, shuningdek bozordagi talab va
taklifdan kelib chiqgan holda shakllangan qiymati. Ushbu qiymat yuqorida keltirilgan
qiymat turlaridan kam ham, ko‘p ham bo‘lishi mumkin.
Korxona aktivlarining alohida turlarini baholash va kalkulyatsiya qilishda o‘ziga
xos xususiyatlar mavjud va bunda turli usullardan foydalaniladi. Ular to‘g‘risida keyingi
boblarda to‘xtalamiz.
2.5.Hujjatlashtirish
Buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlaridan yana bitta farqli xususiyati
shundaki, unda aks ettirilgan xo‘jalik operatsiyalari qat’iy hujjatlashtirilgan bo‘ladi, ya’ni
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
38
hisobda aks ettirilgan ma’lumotlar hujjatli asosga ega bo‘ladi. Bu o‘z navbatida
buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini muhimliligini, ishonarliligini, yuridik kuchga ega
ekanligini ta’minlaydi. Shuning uchun ham hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining
muhim usuli hisoblanadi.
Hujjatlashtirish – bu xo‘jalik operatsiyalarini ma’lum bir hujjatlar bilan
rasmiylashtirish usuli.
Hujjat – bu ho‘jalik operatsiyalarini haqiqatda yuz berganligiga guvoh beruvchi
yoki ularni kelgusida yuz berishiga asos bo‘luvchi yozma guvohnoma. Masalan, tovar-
moddiy boyliklarni haqiqatda sotilganligi yoki olinganligiga schet-fakturalar, pulni
kassaga olinganligiga kirim kassa orderi guvoh hisoblanadi. Boshqa bir hujjatlar xo‘jalik
operatsiyalarini kelgusida yuz berishiga asos bo‘ladi, masalan berilgan ishonchnoma shu
shaxs tomonidan boshqa korxonadan tovar-moddiy boyliklarni qabul qilib olishiga, chek
esa kassirga pulni bankdan naqd olishga huquq beradi.
Buxgalteriya hisobida juda ko‘p turdagi hujjatlar ishlatiladi. Ularni turli belgilariga
qarab tasniflash mumkin ( 6-chizmaga qarang ).
Maqsadiga ko‘ra buxgalteriya hujjatlari guvohlik beruvchi, farmoyish beruvchi,
farmoyish va guvohlik beruvchi, buxgalterlik hisob-kitoblarini aks ettiruvchi turlarga
bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |