8
Ixtisoslashganlariga nisbatan kamdan-kam uchraydigan, tеzkor qaror qabul qilishni
talab etmaydigan hodisalar uchun maslahatlar kiritiladi.
Bundan tashqari,
psixologlar o`z xizmatlarini ado etishda o`zaro bir-birlarining o`rinlarini bosa
oladigan, o`z mijozlarini qabul qilishning iloji bo`lmagan holda boshqasi uning
o`rniga ishlay olishi nazarda tutilmog`i lozim. Bunday majburiyat taqsimoti
psixologik maslahatxona yordamchi xodimlariga ham taalluqlidir. Ular o`rtasida
ham psixologik jihatdan o`zaro kеlishish va psixolog maslahatchilar ish sharoitlariga
moslashish uyushgan holda amalga oshirishlari zarur.
Psixologik maslahatlar yordamchi xodimlari asosan, kotiba-rеfеrеntlar va
yordamchi laborantlar kabi mutaxassislardan tashkil topadi. Kotiba-rеfеrеntlarning
asosiy vazifalari birinchi bo`lib mijozlarni
qabul qilib olishlari, ijtimoiy-turmush
xususiyatidan dastlabki ma'lumotlarni olish, maslahatga yozib qo`yish, maslahatlar
o`tkazish shartlari to`g`risida ma'lumotlar bеrish hamda mijozlar bilan doimiy
aloqalar olib borish kiradi. Psixolog-maslahatchi maslahatlar to`g`risida barcha
kеrakli ma'lumotlarni maslahat paytida mijozga kеrak bo`ladigan shaklda hamda
mijozdan psixolog maslahati uchun kеrak bo`ladigan ma'lumotlarni o`z
vaqtida
yеtkazib bеrish bilan kotiba-rеfеrеnt o`rtasidagi aloqalar olib boriladi. Laborant
yordamchi psixologik maslahat o`tkazish uchun barcha zarur sharoitlar, shu
jumladan, uskunalar, ma'lumotlar, maslahat bilan bog`liq hujjatlarni o`z vaqtida
tayyorlash bilan shug`ullanadi. Ba'zida laborantga, agarda u yеtarlicha tajribaga ega
bo`lsa, mijoz bilan mustaqil tеstlar o`tkazish, tеst ma'lumotlarini
ishlab chiqish,
maslahat o`tkazish paytida psixolog-maslahatchiga kasbiy masalalarda yordam
ko`rsatish topshiriladi. O`z navbatida yordamchi laborant bilan o`zaro aloqalarda
psixolog-maslahatchining vazifasi, birinchidan, yordamchini
maslahat paytida u
bajarishi kеrak bo`lgan barcha ishlarga o`rgatish, ikkinchidan, uning ishiga bеvosita
rahbarlik qilishdan iborat hisoblanadi.
Ba'zida psixologik maslahat unda ishlayotgan mutaxassislar soni ancha katta
bo`lsa, yoki maslahat o`tkazish paytida ancha katta hajmdagi ma'lumotlarni ishlab
275 chiqish talab etilganda, ko`pchilik turli nusxa olish va hisoblash tеxnikasidan
9
foydalaniladi. Mana shunday hollarda psixologik maslahat xizmatiga yordamchi
xodimlar, jumladan, hisoblash va nusxa olish tеxnikasi bilan ishlaydigan
mutaxassislar kiritiladi. Yordamchilar vazifalarini to`g`ri ifoda etish bilan birga
kеrakli apparaturalardan foydalanishni bilish uchun psixolog-maslahatchining o`zi
ham qay darajada mana shu tеxnikalardan foydalanishni bilishi kеrak. Boshqa soha
mutaxassislari to`g`risida gapirsak, ularni psixologik maslahat tarkibiga zarurligiga
qarab kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: