Konsultatsiyani tashkil etish


KIRISH.  Mavzuning dolzarbligi



Download 336,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana21.06.2022
Hajmi336,2 Kb.
#687586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
TALIM MUASSASALARIDA INDIVIDUAL KONSULTATSIYANI TASHKIL ETISH

KIRISH. 
Mavzuning dolzarbligi: 
Bugun biz tarixiy bir davr - xalqimiz o’z oldiga ezgu 
va ulug’ maqsadlar qo’yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o’z 
kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish 
yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. Biz o’z 
taqdirimizni o’z qo’limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, 
taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, mana shunday oliyjanob 
intilishlar bilan yashayotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan ozod, 
erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yo’lda erishayotgan 
yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani - bunday imkoniyatlarning barchasini 
aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz. Bugungi kunda 
yosh avlodni yuksak ma’naviyatli qilib shakllantirish, mustaqil mamlakatimizning 
ishonchli va intellektual salohiyatli fuqarolari qilib tarbiyalash uzluksiz ta’lim 
tizimining dolzarb vazifasi bo’lib hisoblanadi. 
Ma’lumki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim siyosatining muhim 
maqsadlaridan biri yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib 
tarbiyalashdir. Albatta barkamol inson deganda ma’naviy jihatdan yetuk, o’z 
vatanining tarixi, buguni va kelajagi uchun qayg’uradigan, shuningdek, jamiyatning 
iqtisodiy taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shgan, qo’shish ishtiyoqida yonib 
yashaydigan Shaxsni tushunish bugungi kun talabiga mos keladi. Ta’kidlash joizki, 
har qanday jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday ta’lim olishiga va qay tarzda 
tarbiyalanishiga bog’liq. Ana shunday avlodgina mamlakat oldida turgan 
umumdavlat ahamiyatiga molik vazifalarni bajarishga qodir bo’lib, o’z xalqining 
tarixiy taqdirini belgilab oladi. 
Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti quyidagi fikrlarini ta’kidlab 
o’tish joiz: “Biz ta’lim-tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugun zamon 
talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb 
bilamiz. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda Abdurauf Fitrat bobomizning 
mana shu fikriga har birimiz ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o’g’il- 



qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana ulug’ ajdodimiz nima deb 
yozganlar: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo’lishi, baxtli 
bo’lib, izzat-hurmat topishi, jahongir bo’lishi yoki zaif bo’lib xorlikka tushishi, 
baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib o’zgalarga tobe va qul asir bo’lishi uning 
o’z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog’liq”. 
Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi hozirda 
hayotimizda mavjud bo’lgan barcha fan yo’nalishlarining muhim o’rganish 
ob’ektiga aylanib bormoqda. O’zbekistonda ham fundamental, ham ijtimoiy 
fanlarning rivojlanishiga e’tibor beradigan bo’lsak, ularning hayotiyligi va 
umrboqiyligi xalq turmush farovonligini oshirishga nechog’li ulush qo’sha olish 
orqali baholanishini bilish qiyin emas. Bu esa o’z-o’zidan har bir fan va uning 
mutaxassislari oldiga bir qator dolzarb nazariy va amaliy masalalarni qo’yadi. 
Shunday ekan, bu jarayon psixologiya fanini ham chetlab o’tmaydi aksincha bu 
holat hozirgi zamon psixologiya fanlariga ham taalluqli bo’lib, u jamiyatning 
kundalik talablari va buyurtmasiga qarab o’z tadqiqot yo’nalishlarini belgilamoqda. 
Ma’lumki, har bir davlat va jamiyatning taraqqiyoti, kelajak istiqboli, uning 
dunyo hamjamiyatidagi o’rni, fan-texnika yoki ixtirolar muvaffaqqiyati bilan 
amalga oshayotganligi ehtimoldan holi emas. Zero, O’zbekistonning birinchi 
Prezidenti I.A.Karimov aytganlaridek, “Bugungi kun mustaqil davlatimiz taqdiri, 
uning ravnaqi, hozirgi davri va kelajagi, jamiyatimiz fanlarida erishilayotgan 
yutuqlar orqali amalga oshayotganligi shubhasizdir”
1


Download 336,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish