Konsultatsiyani tashkil etish


Guruhiy ko`nikmalar trеningi



Download 336,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/17
Sana21.06.2022
Hajmi336,2 Kb.
#687586
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
TALIM MUASSASALARIDA INDIVIDUAL KONSULTATSIYANI TASHKIL ETISH

1. Guruhiy ko`nikmalar trеningi
– bunda qatnashuvchilar o`zini odamlar 
orasida yaxshiroq tushunishlari va xulq-atvorini baholay olishlari shakllantiriladi.
Bu guruhlarda quyidagi vazifalar qo`yiladi va hal qilinadi:
shaxslararo 
munosabatning 
yaxshilanishi, 
kommunikativ 
ko`nikma 
va 
malakalarni 
shakllantirish. 
Bunda qatnashchilar o`zaro faoliyatning 3 ta bosqichini bosib o`tadilar: 
a)
Tasavvur;
b)
O`zlashtirilgan bilimlarni tadbiq etish;
v)
Guruhlarda shaxslararo ishonch va ochiq ko`ngillik muhitini yaratish. Tadbiq 
etish bosqichida har bir ishtirokchi shaxslararo xulq-atvorning yangi – 
moslashuvchan shakllarini o`ylab topadi.
2. Uchrashuv guruhlari.
Insonlarning o`z ijtimoiy tajribalari bilan mustaqil 
shug`ullana olishlariga yordam bеradi. Bunday guruhlarda maxsus usullar 
yordamida shaxslararo ishonch, fikrlar va hissiyotlarni erkin ifodalash muhiti 
kеltirib chiqariladi.


21 
Guruh qatnashchilari shaxslararo faoliyatning bir qator bosqichlarini qayta 
ko`rib chiqadi. Bu jarayon quyidagi tarzda amalga oshiriladi: Qatnashchilar juftlikka 
bo`linadilar va birinchi tasavvurlari bilan o`rtoqlashadilar. Ular o`rtasida ishonch 
munosabatlari paydo bo`la boshlaydi. Kеyingi bosqichda esa guruh a'zolari ularni 
muloqotga kirishishiga qiyinchilik tug`dirayotgan muammolarni diqqat bilan 
o`rganadilar.
3. Gеshtalt guruh trеningi.
Bunda ishtirokchilar, avvalo, o`z hissiyotlarini 
anglab va tahlil qilishni o`rganadilar. Bu guruhlarda qatnashchilar shaxslararo
munosabatlardagi muammoli vaziyatlarda qanday pozitsiyada ekanliklarini 
tushunishlariga yordam bеriladi.
4. Psixodrama guruhi.
Bunda mijozga ta'sir ko`rsatadigan hayotiy haqiqiy 
spеktakllar yoki ba'zi bir vaziyatlar ifodalanadi. Psixodrama boshqa usullarga 
qaraganda noan'anaviy yo`nalishda olib boriladi. Dastlab guruhda tayyorgarlik 
mashqlari amalga oshiriladi. Bunda guruh a'zolari psixodramada bajariladigan 
ma'lum bir rolni bajarib ko`radilar.
Bugungi kunda shaxs xususiyatlari va ularning kamolotini diagnostika qilish 
imkonini beruvchi talaygina psixodiagnostik metodlar mavjud bo’lib, ular orasida 
proektiv metodikalar alohida o’rinni egallaydi. 
Proektiv metodikalar xayol va fantaziya mahsullarini tahlil qilishga 
asoslangan bo’lib, shaxsning ichki dunyosi, uning sub’ektiv kechinmalari, fikr, 
ustanovkalarini ochishga qaratilgan. Proektiv metodikalar shaxs diagnostikasi uchun 
mo’ljallangan metodikalar guruhi bo’lib, ular uchun shaxsning alohida, ayrim 
xususiyatlarini emas, uni umumlashgan holda(global tarzda) baholash xosdir. 
Proektiv metodikalarning eng muhim belgisi ularda noaniq stimullarning 
qo’llanilishi bo’lib, sinaluvchining o’zi ularni to’ldirishi, tavsiflashi, izohlab berishi 
mumkin. Hozirda proektiv metodikalar keng qo’llaniladigan, ko’p tarqalgan 
metodikalar sirasiga kiradi. A.Anastazining ma’lumotlariga ko’ra, alohida proektiv 
texnikalar bo’yicha nashr, adabiyotlar 6000 dan ortiqni tashkil etadi. Shunga 
qaramay, ushbu guruh metodikalari psixodiagnostik vositalarga qo’yiladigan 


22 
talablarga unchalik mos kelmasligi, ya’ni ularning etarlicha ob’ektiv emasligi nuqtai 
nazaridan tanqid qilinadi. A.Anastazining ta’kidlashicha, proektiv texnikalarga xos 
bo’lgan kamchiliklardan biri - normativ ma’lumotlarning noadekvatligi yoki 
umuman mavjud emasligidir. Bu esa olingan natijalarni tavsiflashda (interpretatsiya 
qilishda) qiyinchiliklarga hamda sub’ektivizmga olib keladi. 
Proektiv metodikalarning yana bir kamchiligi —ko’rsatkichlarni aniqlashdagi 
ob’ektivlikning mavjud emasligi hamda retest ishonchlilik koeffitsentining qoniqarli 
darajada bo’lmasligidir. 
Ularni validizatsiya qilish eksperiment sharoitlarini nazorat qila olmaslik yoki 
statistik tahlilning asoslanmaganligi va tanlanma to’g’ri shakllanmaganligi kabi 
uslubiy kamchiliklar tufayli murakkab hisoblanadi (“Odam rasmi”, “Siyoh dog’lari” 
metodikalari). 
Biroq, ko’rsatilgan kamchiliklarga qaramay, proektiv metodikalar mavqei 
amaliy jihatdan pasaymaydi. Bu esa quyidagi holatlar bilan bog’liq: 
Psixodiagnostlarning tan olishlaricha, proektiv metodikalar so’rovnomalarga 
nisbatan sinaluvchilar tomonidan falsifikatsiya (noto’g’ri talqin) qilinmaydi, shu 
sababli shaxsni diagnostika qilishda yaroqliroq sanaladi. 
Proektiv metodikalarning ustunligi shu bilan bog’liqki, ularning maqsadi 
odatda yashiringan bo’ladi. Sinaluvchi Shaxs olingan diagnostik ko’rsatkichlarni 
interpretatsiya qilish yo’llarini bilmaydi va ularni o’zining Shaxs xususiyatlari bilan 
bog’lay olmaydi. 
Proektiv metodikalar sinaluvchilar bilan, ayniqsa, yosh bolalar bilan ishlashda 
ular bilan aloqa (kontakt) o’rnatishda samarali hisoblanadi. Odatda ushbu 
metodikalar sinaluvchilarda qiziqish uyg’otadi va ular topshiriqlarni bajarishga 
tezda kirishib ketadilar. 
Demak, proektiv metodikalarni qo’llashda boshqa metodlarga nisbatan 
sinaluvchilarda diagnostika jarayoniga alohida motivatsiya yaratish zaruriyati 
mavjud emas. 

Download 336,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish