150. Cho‘ziluvchi elementlarni oddiy temir-betondan
tayyorlashda qanday ma’no bor?
Albatta ma’nosi yo‘q, bunday kesimlarda deyarli bitta ar-
matura ishlaydi. Shuning uchun ularni (silindrsimon rezervuar
devorlari, bosimli quvurlar, fermaning ostki tasmalari va ho-
kazo) doim oldindan zo‘riqtirilgan qilib tayyorlashga harakat
qilinadi. Chunki cho‘zuvchi kuch N ni qisuvchi kuch R bilan
chala yoki qisman so‘ndirish uchun armaturani tortish lozim.
Lekin shunday elementlar mavjudki, oldindan zo‘riqtirish har
doim ham o‘zini oqlamaydi (ularda texnologik xarajatlar sarfi
ortib ketadi): bunga fermaning hovonlari va ustunchalarini mi-
sol keltirish mumkin. Lekin ushbu elementlarda cho‘ziluvchi
armatura sarfi mustahkamlikka emas, balki darzlarning ochi-
lishiga hisoblash yordamida aniqlanadi (5-bobga qaralsin).
Do'stlaringiz bilan baham: |