Haroratni hisobga olish
Tashqi kuch ta’sir etmagan holda ham statik aniqmas masalalarda, kuchlanish nafaqat konstruksiya elementlari o‘lchamlarining noaniq tayyorlanishi yoki yig‘ish jarayoni noto‘g‘ri bajarilishidan hatto haroratining o‘zgarishidan ham hosil bo‘ladi.
Haroratning o‘zgarishidan etarlicha katta kuchlanishlar bir butun qilib payvantlangan relslarda hosil bo‘lishini kuzatish mumkin.
Qirqish usuli brus kesimidagi ichki kuchlarni aniqlash
Jism tashqi kuchlar ta’sirida, garchi muvozanatda bo‘lsa ham, ma’lum darajada deformatsiyalanadi, buning natijasida jismning kesimidagi zarrachalar bir – biridan qochishga yoki o‘zaro yaqinlashishga intiladi, ana shu intilishda hosil bo‘lgan reaksiya kuchlari zarrachalar muvozanatini saqlaydi. Zarrachalar muvozanatini saqlovchi reaksiya kuchlar ichki kuchlar yoki zo‘riqish kuchlari deb ataladi.
Jism kesimlarida hosil bo‘ladigan zo‘riqish kuchlarining teng ta’sir etuvchisini topish uchun kesish usulidan foydalaniladi. Jismga qo‘yilgan kuchlar sistemasi va unda hosil bo‘lgan reaksiya kuchlari ta’sirida muvozanatda bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |