1 Konstitutsiyaga 2011-yil 18-aprelda kiritilgan o‘zgartirishga asosan Bosh prokuror
o‘rinbosarlarini tayinlash haqidagi farmonni ham Senat tomonidan tasdiqlash tartibi
518
Respublikasi prokurori O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori
bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy
vakillik organi tomonidan tayinlanadi.
Viloyatlarning prokurorlari, Toshkent shahar prokurori, tuman va
shahar prokurorlari, ularga tenglashtirilgan prokurorlar O‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi va lavozimdan
ozod etiladi. Barcha prokurorlarning vakolat muddati besh yil.
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura tizimiga kiruvchi bar
-
cha prokurorlar faqat tayinlash yo‘li bilan lavozimni egallaydi.
Bu prokuratura organlarining boshqa davlat organlaridan farqini
ko‘rsatuvchi xususiyat hamdir.
Respublika Bosh prokurorini tayinlashda va lavozimidan ozod
etishda Prezident va Oliy Majlisning Senati ishtirok etadi: unda
Prezidentning Bosh prokurorni tayinlash hamda lavozimdan ozod
etish haqidagi farmonini Senatda tasdiqlash bilan masala rasmiy-
lashtiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston tarkibidagi musta
-
qil respublika bo‘lgani uchun, respublika prokurori Qoraqalpog‘is-
ton Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tayinlanadi, bunda
nomzod Respublika Bosh prokurori bilan kelishiladi. Prokuratura
organlaridagi lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarga ham ma’lum
talablar qonun asosida qo‘yiladi.
Prokuratura organlarida prokurorlar, tergovchilar va ish
o‘rganuvchilar lavozimiga oliy yuridik malumotga ega, zarur kas
-
biy fazilatlari bo‘lgan, zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifa-
larini bajarishga sog‘lig‘i imkon beradigan O‘zbekiston Respub
-
likasining fuqarolari tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, sha
-
harlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar lavozi-
miga yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslar tayinlanadi.
Prokuratura organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokurori belgilaydigan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim.
Prokuratura organlari xodimlari haq to‘lanadigan boshqa
biron-bir faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin emas. Ular il
-
miy, o‘qituvchilik va ijodiy faoliyat bilan faqat asosiy ishdan bo‘sh
vaqtda shug‘ullanishi mumkin.
519
Prokuratura organlari ma’lum prinsiplar asosida tashkil qili
-
nadi va faoliyat yuritadi. Bu prinsiplar birlik (yagonalik), markaz-
lashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: