XXVIII bob. Moliya va kredit
1-§. O‘zbekistonning moliya va pul-kredit tizimi
Konstitutsiya nafaqat siyosiy tizim, hokimiyat tizimi va ular
bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni tartibga soladi, u iqtisodiy
tizim va u bilan bog‘liq munosabatlarni, davlat iqtisodining asosiy
manbalari: moliya tizimini, pul-kredit tizimini, soliq tizimining
asoslarini ham tartibga soladi.
Moliya tizimini, pul-kredit tizimini, soliq tizimini, budjet masala
-
si, bank tizimini tartibga solish zamonaviy Konstitutsiyalarga xos
xususiyatdir.
Hech qanday davlatning yetarli mablag‘i bo‘lmasa, mablag‘
keladigan manbalari bo‘lmasa, demokratiya o‘rnatish, aholining
farovon turmush tarzini ta’minlash u yoqda tursin, tez orada dav-
lat barbod bo‘ladi.
Jahonda bo‘lib o‘tgan iqtisodiy inqirozlar moliya tizimini,
soliq tizimini, bank tizimini juda ehtiyot bo‘lib, iqtisodiyot qonun
-
lariga amal qilib tashkil etish zarurligini ko‘rsatdi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishib, o‘z taraq
-
qiyot
yo‘lini belgilar ekan, samarali va ishonchli moliya, pul-
kredit, soliq, bank tizimini shakllantirishni maqsad qilib qo‘ydi va
ularning asoslarini Konstitutsiyada mustahkamladi. Har qanday
davlatning mustaqillik belgilaridan biri ham o‘z moliya va pul-
kredit tizimiga ega bo‘lishidir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXV bobi mo-
liya va kredit tizimiga bag‘ishlanib, 122-moddada: “O‘zbekiston
Respublikasi o‘z moliya va pul-kredit tizimiga ega”, – deb belgi
-
lab qo‘yilgan. O‘zining moddiy mazmuniga ko‘ra davlat moliyasi
pul mablag‘lari jamg‘armasini aks ettiradi.
Moliya bir nechta bog‘liq bo‘lgan bo‘g‘inlar (institutlar) va
organlarni o‘z ichiga oluvchi tizimdir. Ularning har biri davlat
pul jamg‘armalarini tashkil etish, taqsimlash, ulardan foydalanish
bo‘yicha yuzaga keladigan muayyan ijtimoiy munosabatlar doi
-
rasini aks ettiradi va shu boisdan ular bir-biridan farq qiladi. Turli
moliyaviy bo‘g‘inlar (institutlar) majmui O‘zbekiston Respublika
-
si moliya tizimini tashkil etadi.
522
O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimi quyidagilardan tashkil
topgan:
- davlat budjeti, uning tuzilmasiga kiruvchi respublika bud
-
jeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar;
- davlat maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari jam-
g‘armalar;
- xo‘jalik yurituvchi subyektlar va iqtisodiyot sohalari moliyasi;
- kredit (davlat krediti va bank krediti);
- mulkiy va shaxsiy sug‘urta.
O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimining har bir bo‘g‘ini u
yoki bu ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun mo‘ljallangan turli
pul jamg‘armalarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foyda
-
lanishga qaratilgan o‘ziga xos vazifalarni bajaradi.
O‘zbekistonning davlat budjeti moliya tizimining markaziy
bo‘g‘ini bo‘lib, uning yordamida davlatning markazlashtirilgan
pul jamg‘armasi tashkil etiladi. Davlat budjeti moliya tizimining
boshqa bo‘g‘inlari bilan o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, muvofiqlash
-
tiruvchi markaz vazifasini bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining tarkibiy qis
-
mi Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar
hisoblanadi. Mahalliy budjetlar bozor islohotlarining barcha bos
-
qichlarida davlat tomonidan olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyo
-
satning vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Mamlakatning Davlat budjetida davlat maqsadli jamg‘armalari
ham to‘plangan bo‘lib, ular yordamida O‘zbekiston fuqarolarining
pensiya ta’minoti, xususiylashtirish jarayonlarini rivojlantirish,
aholini ish bilan band etish va boshqa masalalar hal etiladi.
Kredit yuridik va jismoniy shaxslarning bo‘sh turgan mab-
lag‘larini kredit resusrlariga jalb etish, ularni qaytarish va foizlar
to‘lash sharti bilan foydalanuvchilarga berish bilan bog‘liq bo‘lgan
o‘ziga xos moliyaviy munosabatlar majmuidir.
Davlat krediti vaqtincha davlat tasarrufiga tushadigan va
iqtisodiyotni rivojlantirish, budjet taqchilligi va boshqa ehtiyoj-
larning ustuvor yo‘nalishlarini moliyalashtirish uchun foydalani-
ladigan qo‘shimcha pul mablag‘larining to‘planishini ta’minlaydi.
Davlat kreditida davlat – qarz oluvchi, yuridik va jismoniy shaxs-
523
lar esa, qarz beruvchi (kreditor)lar sifatida namoyon bo‘ladi.
Davlat krediti vositasida yuridik va jismoniy shaxslarning mab-
lag‘larini jalb etish turli shakllarda, avvalo davlat zayomlari, pul
majburiyatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ular-
ni joylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bozor munosabat
-
lari rivojlanishi va qimmatli qog‘ozlar bozorining yuzaga kelishi
sharoitlarida davlat kreditining muhim shakli yuridik shaxslar
orasida joylashtiriladigan davlat qisqa muddatli zayomlari hisob-
lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |