Davlat budjeti
– bu davlat hokimiyati vakillik organi to
-
monidan tasdiqlanadigan markazlashgan pul fondlarining tashkil
topishi, taqsimlanishi va foydalanishning asosiy moliyaviy rejasi
bo‘lib, davlatning barcha vazifalari va funksiyalarini ta’minlashga
xizmat qiladi. O‘zbekistonning Davlat budjeti ikki qismdan: daro
-
madlar va xarajatlardan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya
organlari Davlat budjeti ijrosini nazorat qilishni amalga oshirish
chog‘ida:
- turli darajadagi budjetlar ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqadi;
- turli darajadagi budjetlarga mablag‘lar tushumi to‘g‘risida
soliq va bojxona organlaridan, davlat maqsadli jamg‘armalarini
taqsimlovchi organlardan axborotlar oladi.
Budjet mablag‘lari oluvchidan budjetdan ajratiladigan mablag‘-
larning tushumi va sarfi to‘g‘risida ma’lumotlarni talab qilib oladi:
- qonun hujjatlariga muvofiq banklardan budjet mablag‘lari
xarajati to‘g‘risida ma’lumotlar oladi;
- Budjet mablag‘lari oluvchilarning moliya-xo‘jalik faoliyatini
o‘z vakolatlari doirasida taftish qiladi va tekshiruvdan o‘tkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yilning har
choragida Davlat budjeti ijrosining O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi taqdim etadigan yakunlarini ko‘rib chiqadi.
Respublika budjetidan moliyalashtirilgan budjet mablag‘lari
oluvchilar budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan hisobot davrida
foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi shu vazirlik tomonidan belgilangan muddatlarda
taqdim etadi.
525
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan hamda mahalliy
budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchi
-
lar budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan hisobot davrida foy
-
dalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli moliya organlariga
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda
taqdim etadi.
Tumanlarning, shuningdek respublika (Qoraqalpog‘iston),
viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarning moliya organlari shahar,
tuman budjetining hisobot davridagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot
-
larni tegishli hokimliklarga hamda yuqori moliya organlariga
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda
taqdim etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar
va Toshkent shahar moliya organi tegishli budjetlarning hiso
-
bot davridagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli ravishda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va tegishli
hokimlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirli
-
giga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |