Konstitutsiyaviy


-§.  Saylov  jarayoni  va  unda  ishtirok  etuvchi  sub-



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

5-§.  Saylov  jarayoni  va  unda  ishtirok  etuvchi  sub-

yektlar

Saylov,  ya’ni  hokimiyatining  vakillik  organlarini  shakllanti

-

rish  tartibi  siyosiy-huquqiy  mexanizm  shaklida  namoyon  bo‘lib, 



bunday mexanizmni bir vaqtda saylov huquqi va saylov jarayoni 

tashkil etadi. Bunda saylov huquqi, bir tomondan, saylangan va

-

killarning hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lishlariga tegishli bo‘lib, 



jamiyat va davlat faoliyatining ayrim jihatlarini batafsil ifoda etsa, 

ikkinchi tomondan, saylov jarayoni unda subyektiv siyosiy huquq

-

ni  amalga  oshirishning  shakli  sifatida  saylovchilarning  hokimi



-

yatni amalga oshirishdagi ishtiroki texnologiyasini aks ettiradi.

Demokratik  saylov  jarayoni  –  bu  mamlakatda  o‘rnatilgan 

siyosiy  jarayon  va  rejimning  bir  qismi  bo‘lib,  u  fuqarolar  say

-

lov huquqlari amalga oshirilishining ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-



madaniy  infratuzilmasini  tashkil  etuvchi  demokratik  institutlar 

rivojlanishining umumiy shartlari bilan bevosita bog‘liqdir. Bun

-

dan tashqari, saylov kampaniyasini boshlashdan oldin bir qancha 



muhim  harakat  va  protseduralar  amalga  oshirilishi  talab  etila

-

di.  Ularga  ko‘ra,  saylov  jarayoni  nafaqat  ovoz  berishni  tashkil



-

lashtirishning  yuridik  texnikasi  bo‘lib,  balki  u  hokimiyatning 

siyosiy  barqarorligi  va  uzluksizligi,  xalqchilligi  va  qonuniyligini 

ta’minlovchi muhim huquqiy institut sifatida namoyon bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasida saylov jarayoni har qanday mam

-

lakatlardagi kabi bir-birini to‘ldirib va almashtirib boruvchi bir qan



-

cha bosqichlardan iborat. Bunda saylov jarayonining bosqichlari 




293

deganda, saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun belgilangan 

davrlar  tushuniladi.  Ular  doirasida  qonunlarda  ko‘zda  tutilgan 

saylov harakatlari, shuningdek saylovchilar va saylovning boshqa 

ishtirokchilari huquqlari amalga oshirilishini ta’minlovchi saylov 

tartib-taomillari amalga oshirilib boriladi.

Odatda,  har  qanday  saylov  jarayoni  quyidagi  asosiy  bos

-

qichlardan  tashkil  topadi:  birinchi,  saylov  kampaniyasi  bosh



-

langanligini e’lon qilish yoki saylovlarni tayinlash, ikkinchi, say

-

lov  okruglari  va  saylov  uchastkalarini  tuzish;  uchinchi,  saylov 



komissiyalarini tuzish; to‘rtinchisi, nomzodlar ko‘rsatish va ularni 

ro‘yxatga  olish;  beshinchi,  saylovoldi  tashviqoti;  oltinchi,  say

-

lovchilar ro‘yxatini tuzish; yettinchi, ovoz berishni tashkil etish 



va  saylov  natijalarini  aniqlash;  sakkizinchi,  saylov  yakunlarini 

e’lon  qilish  va  deputatlarni,  senatorlarni,  Prezidentni  ro‘yxatga 

olish. Zarurat tug‘ilsa, takroriy ovoz berish hamda takroriy say

-

lov  o‘tkaziladi.  Bular  qo‘shimcha  bosqichlardir.  Bo‘shab  qolgan 



o‘rinlarga deputatlar saylovlarini, navbatdan tashqari yangi say

-

lovlarni  o‘tkazish  kabi  jarayonlar  har  qanday  mamlakatlarning 



saylov tizimida mavjud bo‘ladi.

Saylov jarayoniga oid bosqichlarning funksional vazifasi xilma-

xil saylov harakatlari va tadbirlarni amalga oshirishda vaqt jihatdan 

ketma-ketlik  va  mantiqan  bosqichma-bosqichlikni  ta’minlashdan 

iborat. Ular saylovlarni va tegishli saylanuvchi shaxslarning say

-

lanishida legitimlik jihatlarini belgilashga ko‘maklashadi.



Saylov  jarayonida  jarayon  ishtirokchilari  –  subyektlarni 

aniqlash zarur.

Saylov jarayoni subyektlari bu saylovni turli bosqich va tad

-

birlarida ishtirok etadigan va o‘zlarining alohida vazifasi va o‘rni 



mavjud ishtirokchilardir.

Saylov jarayoni subyektlari quyidagilardan iborat:




Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish