Konstitutsiyaviy


-§. Saylov senzlari. Saylovda ishtirok etmaslik asos-



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

4-§. Saylov senzlari. Saylovda ishtirok etmaslik asos-

lari. Saylovlarda erkinlik

Saylov  huquqi  fuqarolarning  siyosiy  huquqlari  hisoblanadi. 

Undan  foydalanish  siyosiy  hayotda  ishtirokni  ta’minlab,  mam

-

lakat taqdirini hal qilishda ishtirok etish imkoniyatini yaratadi.



O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  va  qonunlarida 

fuqarolarga saylov huquqini berish, ta’minlash bilan birga kimlar 

saylovda ishtirok etmasligi, kimlarning saylov huquqi vaqtincha 

to‘xtatilishi, uning asoslari ham ko‘rsatib qo‘yilgan. Bu Konsti

-

tutsiyamizning 117-moddasida shunday belgilangan: “Sud tomo



-

nidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek 

sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayot

-

gan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmay



-

dilar. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlari- 

ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi”.

Konstitutsiyamizning bu qoidasi saylovda qatnashishni istis

-

no etuvchi ikki asosni belgilaydi.




289

Birinchi

 – fuqaroning muomalaga layoqati cheklanganligi, aqli 

zaifligi natijasida. Bunday shaxslar o‘zlarining harakatlarini baholay 

olmaydi  yoki  ongli  harakat  qilolmaydi.  O‘zining  harakati  qanday 

oqibatlar  keltirib  chiqarishini  anglamaydi. 

Ikkinchi 

–  ozodlikdan 

mahrum  etish  joylarida  saqlanayotgan,  ya’ni  jazo  o‘tayotganlar. 

Bularning saylov huquqi jazo o‘tash davrida to‘xtatiladi.

Har  ikki  holatda  ham  saylovda  ishtirok  etmaslikning  asosi 

sud  hujjatidir.  Sud  shaxsni  muomalaga  layoqatsizligi  to‘g‘risida 

qaror  qabul  qiladi,  shaxsni  ozodlikdan  mahrum  qilish  ham  sud-

ning hukmiga asosan amalga oshiriladi.

Konstitutsiya boshqa hech qanday holatda fuqarolarning say

-

lov huquqini cheklashga yo‘l qo‘ymaydi.



Saylovlarda turli senzlar o‘rnatilishi (senz cheklash ma’nosini 

beradi) mumkin. Hozirgi kunda butun dunyoda saylov huquqida 

mavjud bo‘lgan senz – bu yosh senzidir. Yosh senzi fuqaroning 

voyaga yetgan bo‘lishi, uning natijasida esa, o‘z harakatiga javob 

bera olishni nazarda tutadi.

Aktiv va passiv saylovda yosh senzi har xil o‘rnatilgan, masa

-

lan,  O‘zbekistonda  aktiv  saylov  huquqiga  (saylash  huquqiga)  



18  yoshdan  ega  bo‘linadi.  Hamma  organlarga  saylash  huquqi  

18 yoshdan vujudga keladi. Passiv saylov huquqi (saylanish huqu

-

qi) turli organlarga turlicha o‘rnatilgan. Xalq deputatlari mahal



-

liy Kengashlarida deputatlik uchun 21 yosh, Qonunchilik palatasi 

deputatlari, Senat a’zolari uchun 25 yosh, O‘zbekiston Respub

-

likasi Prezidenti etib saylanish uchun 35 yosh belgilangan. Shu 



yoshga yetmaganlar tegishli organlarga saylana olmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqa – milliy, jin

-

siy, irqiy, mulkiy cheklashlar nazarda tutilmagan.



Shu bilan birga aytish mumkinki, turli organlarga passiv say

-

lov  huquqida  –  saylanishda  saylanuvchilar  (nomzodlar)  oldiga 



ma’lum talablar qo‘yiladi. Bu talablar qonuniy asosda, chunki ular 

tegishli qonunlarda belgilab qo‘yilgan.

Bunday shartlar, talablar Prezidentlikka saylanuvchilar va va

-

killik organiga saylanuvchilar uchun alohida-alohida bo‘ladi.



Konstitutsiyaning 90-moddasiga binoan, Prezident etib say

-

lanish uchun fuqaro o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmasligi, davlat 




290

tilini  yaxshi  bilishi,  saylovgacha  O‘zbekiston  hududida  kamida  

10 yil muqim (doimiy) yashagan bo‘lishi kerak. Shu shartlar mav-

jud  bo‘lsa  fuqaroning  nomzodi  tegishli  tartibda  Prezidentlikka 

nomzod sifatida qo‘yiladi va saylovda ishtirok etadi. “O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunda O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olinmaydigan 

shaxslar doirasi belgilangan. Ular quyidagilar:

-  qasddan  sodir  etilgan  jinoyatlari  uchun  ilgari  sudlangan 

fuqarolar;

-  o‘zlariga  nisbatan  jinoiy  ish  qo‘zg‘atilganligi  munosabati 

bilan qonun tomonidan ta’qib etilayotgan fuqarolar;

- diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmat-

chilari (Qonunning 25-moddasi).

Konstitutsiya  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  deputati 

va  Senati  a’zosi  bo‘lib  saylanadiganlar  oldiga  ayrim  talablarni 

qo‘ygan, fuqaro deputat va senator bo‘lib saylanish uchun yigir

-

ma besh yoshga to‘lgan va kamida besh yil O‘zbekistonda muqim 



yashagan bo‘lish kerak.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi 

Qonunda ham deputat bo‘lib saylanuvchilarga ba’zi talablar qo‘yil-

gan (25-modda).

- sodir etgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun sudlangan

-

lik holati tugallanmagan yohud sudlanganligi olib tashlanmagan 



fuqarolar;

- saylov kuniga qadar so‘nggi besh yil mobaynida O‘zbekiston 

hududida muqim yashamagan fuqarolar;

-  O‘zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlarining  harbiy  xiz

-

matchilari,  Milliy  xavfsizlik  xizmati,  boshqa  harbiylashtirilgan 



bo‘linmalarning xodimlari;

- diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchi-

lari deputatlikka nomzod qilib ro‘yxatga olinmaydi.

Senat  a’zoligiga  saylanish  uchun  qonunning  53-moddasida 

talablar qo‘yilgan bo‘lib, senatorlikka yigirma besh yoshga to‘lgan, 

kamida besh yil O‘zbekistonda muqim yashagan, Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy Kengashlar deputatlari 

saylanadi.




291

“Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlariga 

saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasida shu Kengash depu

-

tatligiga nomzodlar oldiga ma’lum talablar qo‘yilgan.



Quyidagilar:

- sodir etgan og‘ir jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugal

-

lanmagan yohud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;



- saylov kuniga qadar so‘nggi besh yil mobaynida O‘zbekiston 

Respublikasi hududida muqim yashamagan shaxslar;

-  O‘zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlarining  harbiy  xiz

-

matchilari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Milliy  xavfsizlik  xizma-



tining,  Ichki  ishlar  vazirligining,  Davlat  bojxona  qo‘mitasining, 

boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalarning xodimlari;

- diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchi-

lari deputatlikka nomzod etib ro‘yxatga olinmaydi.

Sudyalar, prokurotura organlari va hokimiyat ijroiya organ

-

larining  mansabdor  shaxslari  (hokimlar  bundan  mustasno)  de-



putat  etib  saylangudek  bo‘lsalar,  egallab  turgan  lavozimlaridan 

bo‘shash  to‘g‘risida  ariza  berganlari  taqdirdagina  deputatlikka 

nomzod etib ro‘xatga olinadi.

Saylov to‘g‘risidagi qonunlarda boshqa har qanday hollarda 

fuqarolarning saylash, saylanish huquqlarini cheklash taqiqlanishi 

qayd  qilingan.  Jumladan,  “O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasida “ijtimoiy kelib chi

-

qishi, ijtimoiy va mulkiy ahvoli, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, 



ma’lumoti,  tili,  dinga  munosabati,  mashg‘ulotining  turi  va  xu

-

susiyatiga  qarab  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolarining  saylov 



huquqini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqla

-

nadi.



Shunday cheklashlar bo‘lgan paytda aybdorlar qonunlar bilan 

tegishli tartibda javobgarlikka tortiladi.

Saylov  cheklashlari  saylov  erkinligi  bilan  bog‘liq  masala. 

Cheklashlar qanchalik kam bo‘lsa, saylovlar erkin o‘tadi.

Saylov huquqi fuqarolarning siyosiy huquqi bo‘lib, ularning 

jamiyat va davlat ishlarida ishtirokini ta’minlovchi muhim vosi

-

tadir. Shunday ekan, saylov huquqidan foydalanish erkinlik, ixti



-

yoriylik prinsipiga asoslanadi.




292

Konstitutsiyaning 117-moddasida: “Ovoz berish huquqi, o‘z 

xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolat

-

lanadi”, – deyilgan. Ko‘rinib turibdiki, ovoz berish erkinligi, umu



-

man, saylovda qatnashish erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.

“O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to‘g‘risida”gi 

Qonunning 3-moddasida fuqarolarning saylovoldi kampaniyasida 

va ovoz berishda ixtiyoriy ravishda qatnashishi, fuqarolarning xo

-

hish-iroda  bildirishlari  ustidan  nazorat  etishga  yo‘l  qo‘yilmasligi 



mustahkamlab qo‘yilgan.


Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish