O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan.
Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi. “Konstitutsiya” atamasi Qadimgi Rimdayoq ma’lum bo‘lgan (imperator Konstitutsiyasi deb atalgan qonun). Amir Temur “Tuzuklar”i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo‘lgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli ta’sir o‘tkazgan.
Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chog‘da sharafli solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo‘ldagi izlanishlari natijasi ekaniga komil ishonch hosil qilamiz.
Avvalambor, konstitutsiyaviy “bino”ni qurishda uch ming yillik milliy davlatchilik tajribasiga tayanilgan. Bugungi O‘zbekiston qadimgi Xorazm va So‘g‘diyona, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur va Temuriylar, o‘zbek xonliklari, ma’rifatparvar ajdodlarimiz, xalqimizning tarixiy an’analari va uning mustaqil davlat haqidagi ko‘p asrli orzusini mujassam etgan.
Shu o‘rinda Suveren O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini tayyorlash, muhokama etish, qabul qilish va uning amal qilishi yo‘lidagi 10 ta huquqiy qadamni bu boradagi eng muhim tarixiy voqealar sifatida sanab o‘tish lozim. Zotan, Konstitutsiyani yaratish tarixi – bu mustaqillik uchun kurashning uzviy tarkibiy qismidir.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishidir.
(2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra hamda uning asosida O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 89-modaasiga, 93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuza- tishlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 77-moddasining birinchi qismiga o‘zgartish kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 90-moddasining ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 32, 78. 93, 98, 103 va 117-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 6 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80, 81, 83, 93, 107, 110 va 111-moddalariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 31 mayda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80, 93, 108 va 109-moddalariga o‘zgartishlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 99 va 102-moddalariga o‘zgartishlar kiritilgan.)
Konstitutsiyamiz xalqimizning asriy an’analari va urf-odatlariga tayangan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, yurtdoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat, insonparvarlik, halollik, mardlik va sabr-bardosh, adolat hamda bilim, ma’rifatga intilish hissini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni bo‘lib, konstitutsiyaviy tuzum, davlat va jamiyat qurilishi asoslari, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda davlat ramzlarini belgilab beradi.
– Konstitutsiya xalq farovonligi va yurt tinchligining asosi hisoblanadi, – deydi yuridik fanlar doktori Xushvaqt Hayitov. – Konstitutsiya hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib, moddiy va ma’naviy borlig‘imizdir. Uni o‘rganish, ma’no-mazmunini yoshlarimizga yetkazish zimmamizdagi ustuvor vazifa sanaladi. Davlatimiz rahbari “Konstitutsiya hamda qonun talablariga og‘ishmay amal qilish ma’naviy saviyamiz, madaniyatimizning asosiy mezoniga aylanishi shart”, deb bejiz aytmaganlar.
Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiyani ishlab chiqish, muhokama etish va qabul qilish jarayoni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnoma” bo‘lganligi, u “xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini” aks ettirishi, uning “xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsuli” ekani haqidagi hikmatli xulosalari to‘g‘ri va asoslangan ekanini yaqqol tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |