Konstitutsiya hamda qonun talablariga og’ishmay amal qilish ma’naviy saviyamiz, madaniyatimizning asosiy me’zoniga aylanishi shart



Download 18,9 Kb.
Sana20.07.2022
Hajmi18,9 Kb.
#831119
Bog'liq
Inomjonov Zahiriddin maqola


KONSTITUTSIYA-INSON HUQUQ VA ERKINLARINING KAFOLATIDIR.
Inomjonov Zahiriddin Zafarjon O’g’li
Andijon davlat universiteti
Magistratura fakulteti huquq
ta’limi yo’nalishi 1-kurs talabasi
Konstitutsiya hamda qonun talablariga og’ishmay
amal qilish ma’naviy saviyamiz, madaniyatimizning
asosiy me’zoniga aylanishi shart.
Sh. Mirziyoyev
Jahon keng, dunyoda mamlakatlar ko’p, lekin bu dunyoda betakror ona yurtimiz O’zbekistonimiz yakka-yu yagonadir. O’zbekiston deb atalmish yurtning yagonaligi uning betakror xavosi, boy tarixi, nabodod dunyosi hamda mehnatkash insonlari bilan bir qatorda bu zaminda turli millat va elat vakillarining yagona oila farzandidek yashashlarida namoyon bo’lmoqda. Yurtimizda xozirda 130dan ortiq millat va elat birdamlikda hayot kechirmoqda. Bu ahllikning bosh sababchisi hamda omilkori hisoblangan konstitutsiyamizning qator moddalarida yuqoridagi axllikning siri yashiringan desak mubolag’a bo’lmaydi. Xususan Konstitutsiyaning 18-moddasini buning yana bir ifodasidir “O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar...”.1
Xar bir davlatning o’z yaratgan bosh strategik maqsadi bo’ladi. Davlatlar o’z oldilariga qo’ygan maqsadlarini bosh qomusi hisoblangan konstitutsiyadan kelib chiqqan xolatda yaratadilar. Bizning ozozd va obod O’zbekistonimiz ham o’zining konstitutsiyasidagi huquq normalaridan kelib chiqqan holatda insonlarning huquqlarini hamda erkinliklarini ta’minlamoqda. Barchamizga ma’lumki konstitutsiya normalarida ifodalab qo’yilganidek “O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi”2. Shunday ekan xech bir shaxs boshqa birovning huquqlarini buzishi yoki erkinliklarini cheklab qo’yishi mumkin emas. Kimda kim O’zbekiston qonunlariga rioya etmasa u albatta javobgarlikka tortiladi.
O’zbekiston o’z fuqarolarini o’zining hududida hamda uning tashqarisida himoya qiladi. Shuningdek Respublika hududida istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni ya’ni Apatridlarning ham huquqlarini himoya qiladi ularning yashashlari, rivojlanishlari uchun shart-sharoit yaratib beradi. Xozirda qabul qilinayotgan qonunlarning deyarli barchasi inson huquqlarini himoya qilishga hamda o’z huquqlaridan to’laligicha foyfalanishga ko’maklashish uchun yaratilmoqda. Barcha davlatlar uchun huquqiy asos bo’la oladigan 1948-yilda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjaxon Deklaratsiyasi”ning barcha, 30ta moddasida insonlarning huquq va erkinliklarining himoya qilinishi hamda uning xalqaro darajada kafolatlanganligi o’z ifodasini topgan.
Fuqarolarning huquqlari buzilgan taqdirda ular kerakli organga murojaat qilishlari mumkin. 2014-yil qabul qilingan “jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida” qonunga ko’ra murojaatlar 3 xil shaklda og’zaki, yozma va elektron shaklda murojaat qilish huquqiga egadirlar3. Konstitutsiyaning 35- moddasiga ko’ra Har bir shaxs bevosita o’zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko’rib chiqilishi shart.
Mamlakatimizda yaratilayotgan qonunlar hamda erkinliklarga qaramasdan ayrim joylarda fuqarolarning huquqlari buzilish holatlari ko’plab uchrayabdi. Buni biz insonlarning ishga joylashishlarida, o’qishga kirish paytidagi turli xil xiyla nayranglar ishlatilishida, chet el sayohatchilarini aldab, ularni ishonchiga kirib tovlamachilik qilish xolatlari misolida ko’rishimiz mumkin. Yuqoridagi noxush holatlarni oldini olish yoki bartaraf qilish uchun quyidagi takliflarni bildiraman.

  • Insonlarning televizor qarshisida o’tirganini hisobga olib huquqiy savodxonligi va tarbiyasiga oid dasturlar sonini ko’paytirish hamda buni radio orqali ham amalga oshirish;

  • Fuqarolarning transport vositalaridan ko’p foydalanishlarini inobatga olgan holda huquqbuzarlikni tanqid qiluvchi afishalarni avtomobillarning ko’rinish qismlariga joylashtirish;

  • Ta’lim muassasalarida hamda madaniy va ma’rifiy markazlarda yoshlar o’rtasida ularning huquqiy savodxonligini oshirishga bog’liq suhbat hamda anjumanlar tashkil etish;

  • Chet el qonunchiligida inson huquqlari qay darajada himoya qilinganini chuqurrroq o’rganish, tahlil etish, ijobiy bo’lsa targ’ib etishni yo’lga qoyish

  • Mamlakatimizga tashrif buyurgan turistlarning huquqlarini buzilmasligini oldini olish va ularni manfaatlarini aks ettirish uchun ular davlat hududiga tashriv buyurganda ular murojaat qilishi mumkin bo’lgan organlarning ro’yxatini taqdim qilish.

Inson hayotda yashar ekan doimo oldinga intiladi uni bu yo’lda turli mashaqqatlar hamda zaxmatlar bo’lishiga qaramay u ildam qadam tashlayveradi. Qachonki, u halol va pok bo’lib o’z huquq va manfaatini anglagan holda ushbu qiyinchiliklarni bartaraf etar ekan jamiyatda o’z o’rniga ega boladi. Agar turli noqonuniy yo’llarni axtarib nopok ishlarga qo’l ursa, uning umri ham bir barg misoli hazonga aylanadi.
Jamiyatimiz rivoji hamda kelajagi uchun hamma birdek masul, hamma birdek javobgardir.


1 O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi T. 2017

2 O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi T. 2017

3 “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida” 2014 yil qabul qilingan.

Download 18,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish