2. Konstitutsiyaning mohiyati
Konstitutsiya tushunchasini ochib berishda uning mohiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Turli mamlakatlardan turli huquqiy oqimlar vakillari Konstitutsiya mohiyatini turlicha ta`riflaydilar. Masalan, tabiiy huquq maktabi vakillari Konstitutsiya –xalq (millat) ning umumiy irodasini ifodalovchi o`ziga xos ijtimoiy shartnomadir deydilar. Normativ huquq nazariyasi vakillari esa Konstitutsiya bu oliy huquqiy normaning ifoda bo`lishidir deb tushunadilar. Marksizm-leninizm Konstitutsiyani sinfiy kurashning mahsuli sifatida baholaydi. Bizning fikrimizcha, Konstitutsiya – umuminsoniy huquqiy qadriyatlarni eng umulashgan in`ikosidir.
3. Konstitutsiyalarni turkumlarga (turlarga) bo`lish (klassifikatsiyalash)
Turli mamlakatlardagi konstitutsiyalarni turli mezonlarga (kriteriyalarga) asoslanib, har xil guruhlarga (turlarga) bo`lish mumkin.
Birinchidan, konstitutsiyalarni ularning mohiyatiga ko`ra quyidagi turlarga bo`lish mumkin:
Yuridik Konstitutsiya (formal) - davlatning Asosiy Qonuni.
Ijtimoiy (sotsial) Konstitutsiya (amaliy) - amaldagi real ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi.
Tirik Konstitutsiya - AQSH Oliy Sudi bu Konstitutsiyani o`zgarayotgan ijtimoiy mezonlariga moslab kelmoqda.
Fiktiv (soxta) Konstitutsiya - SSSRning 1936 yil Konstitutsiyasi.
Moddiy Konstitutsiya - konstitutsiyaviy tuzum va inson huquqlarini tartibga soluvchi qonundir.
Formal Konstitutsiya - Asosiy Qonun bo`lib, alohida tartibda qabul qilinadi va oliy yuridik kuchga ega.
Ikkinchidan, konstitutsiyalarni shakliga ko`ra quyidagi turlarga bo`lish mumkin:
Yozma konstitutsiyalar.
Og`zaki (yozilmagan) konstitutsiyalar - Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Butan kabi davlatlar Konstitutsiyalari.
Yaxlit konstitutsiyalar - Konstitutsiya matni yaxlit bo`lib, bir vaqtda qabul qilinadi. Masalan, O`zbekiston, Rossiya, Braziliya Konstitutsiyalari yaxlit Konstitutsiyalarga misol bo`la oladi.
Yaxlit bo`lmagan (noyaxlit) konstitutsiyalar - bunday Konstitutsiyalar turli vaqtda qabul qilingan qonunlardan iborat bo`ladi. Masalan, Shvetsiya, Finlandiya, Isroil konstitutsiyalari.
Yumshoq konstitutsiyalar - bunday Konstitutsiyalar oddiy qonunlar kabi o`zgartiriladi. Masalan, Buyuk Britaniya Konstitutsiyasiga 350ga yaqin qonunlar kiradi va oddiy tartibda o`zgartiriladi.
Qattiq konstitutsiyalar - alohida murakkab tartibda o`zgartiriladi. Masalan, AQSH, Rossiya, O`zbekiston konstitutsiyalari.
Doimiy konstitutsiyalar. Aksariyat konstitutsiyalar doimiydir.
Vaqtinchalik (muvaqqat) konstitutsiyalar - Iroqda 1970 yil Birlashgan Arab Amirligida 1971 yildan beri harakatda bo`lgan konstitutsiyalar.
Uchinchidan, konstitutsiyalarni ularni ijtimoiy mazmuniga qarab ham bir necha turga bo`lish mumkin. Hozirgi kunda dunyoda 300 dan ortiq Konstitutsiya bor (federativ davlatlar subyektlarining Konstitutsiyalari bilan birga). Bu Konstitutsiyalar turli tarixiy davrda qabul qilingan bo`lib, har xil ijtimoiy mazmunga ega.
G`arb mamlakatlari Konstitutsiyalari.
Rivojlanayotgan mamlakatlar Konstitutsiyalari.
O`tish davri mamlakatlari Konstitutsiyalari.
Demokratik davlatlar Konstitutsiyalari.
Konstitutsiyalarni quyidagi turlarga ham bo`lish mumkin:
Demokratik Konstitutsiyalar.
Avtoritar Konstitutsiyalar.
Totalitar Konstitutsiyalar.
Konstitutsiyalarni turli guruhlarga bo`lish tabiiydir. Har qanday klassifikatsiya konstitutsiyalarni u yoki bu jixatini yaqqolroq, ko`rsatish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |