Miloddan avvalgi II ming yillik o’rtalarida O’rta Osiyoga shimoli-sharqiy tomondan, xususan Xorazmga Andronova nomini olgan qabilalarining ko’chishi bo’lgan. Qadimgi mahalliy urug’, elat, qabila hozirgi zamon Markaziy Osiyo xalqlarining ajdodlari yirik guruhlarni tashkil etganlar. Miloddan avvalgi II ming yillikda yirik elatlar, qabilalar o’zlarining tarixiy-geografik viloyatlarini hosil qilganlar. Mazkur tarixiy-geografik madaniy viloyatlar hududiy chegaralari aniq ko’rsatilmagan bo’lsada, u Avestoda aniq qayd qilingan (Mauru, Sug’da, Bahdi, Xvarizam). Xolbuki, Sho’ro davri tarixshunosligida Markaziy Osiyo xalqlarining asrlar davomida yashab, xo’jalik muvaffaqiyatlari, davlatchilik masalalariga oid muammolarni ilmiy yechimini topish hayotning o’zi kun tartibiga qo’ymoqda. To’planib qolgan muammolarga yangicha qarash va yondashuvni haqqaniy tarzda yozma manbalarga va arxeologik ashyolarga tayangan holda yoritish muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, mustaqillik yillarida O’rta Osiyoning ba’zi bir tarixchilari asarlarida yuqorida qayd etilgan yangicha qarashlar va yondashuvlarda ilmiylik va haqqoniylik yetishmaydi. - Miloddan avvalgi II ming yillik o’rtalarida O’rta Osiyoga shimoli-sharqiy tomondan, xususan Xorazmga Andronova nomini olgan qabilalarining ko’chishi bo’lgan. Qadimgi mahalliy urug’, elat, qabila hozirgi zamon Markaziy Osiyo xalqlarining ajdodlari yirik guruhlarni tashkil etganlar. Miloddan avvalgi II ming yillikda yirik elatlar, qabilalar o’zlarining tarixiy-geografik viloyatlarini hosil qilganlar. Mazkur tarixiy-geografik madaniy viloyatlar hududiy chegaralari aniq ko’rsatilmagan bo’lsada, u Avestoda aniq qayd qilingan (Mauru, Sug’da, Bahdi, Xvarizam). Xolbuki, Sho’ro davri tarixshunosligida Markaziy Osiyo xalqlarining asrlar davomida yashab, xo’jalik muvaffaqiyatlari, davlatchilik masalalariga oid muammolarni ilmiy yechimini topish hayotning o’zi kun tartibiga qo’ymoqda. To’planib qolgan muammolarga yangicha qarash va yondashuvni haqqaniy tarzda yozma manbalarga va arxeologik ashyolarga tayangan holda yoritish muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, mustaqillik yillarida O’rta Osiyoning ba’zi bir tarixchilari asarlarida yuqorida qayd etilgan yangicha qarashlar va yondashuvlarda ilmiylik va haqqoniylik yetishmaydi.
- Sobiq imperiya siyosiy jihatdan parchalanib ketganidan keyin, Markaziy Osiyo ijtimoiy faol vakillari tarixning dolzarb muammolarini belgilab olish, real manbalarga asoslangan holda chinakam tadqiqotlar olib borish va shu asosda yangi aniq tarixiy umumlashgan tadqiqotlar yaratish imkoniyati vujudga keldi. Mintaqada faoliyat olib borayotgan arxeolog, tarixchi va tarixni bilmaydigan kishilar guruhi vujudga kelib, ular qanday xohlasa shunday qarashlarga e’tibor tadqiqotlar dunyo yuzini ko’rmoqda, ya’ni, mintaqada vujudga kelgan muammolarni o’rganishga e’tibor bermasdan, tarixiy voqealarni soxtalashtirish yo’liga tushib oldilar.
- O’rta Osiyo aholisining etnik tarkibi xilma-xil va aralash istiqomat qilishini yaxshi tushunish kerak. Bu borada Prezidentimiz, “Qadimdan Turkistonda qabila va xalqlar aralash joylashgan bo’lib, bunga mushtarak madaniyatlari va tillari tufayli chambarchas bog’liq bo’lgan odamlarning vohalarda yashaganliklari va ko’chmanchi hayot kechirganliklari sabab bo’lgan”, deb qayd qilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |