D. KONFUTSIYLIK DININING SHAKLLANISHIDAGI TARIXIY BOSQICHLAR:
Konfutsiy Qadimgilarning fikrlari, tushunchalari va e’tiqodlarini yig‘ish bilan shug‘ullangan. Ularni insonlarga talqin qilishda unga uch mingga yaqin shogirdlari yaqindan yordamchi bo‘lishgan.
Uning davrida ibodatlar Osmon Xudosi va undan keyin Yer Xudosiga nisbatan qilingan. Farishtalar muqaddas deb bilinib, ajdodlar ruhiga sig‘inilgan.
Konfutsiy vafot etganida shaharning shimoliy tomonidagi Sze (Sze) daryosi yaqiniga dafn qilingan. Shundan keyin odamlar uning maqbarasi oldiga asta-sekin ko‘chib kela boshlaganlar va bora-bora Kung qishlog‘i tashkil topgan.
Keyinchalik uning maqbarasi oldida ilmiy majlis, bahs-munozaralar qilaboshlaganlar.
Uning maqbarasi yaqiniga bir ibodatxona qurganlar. Keyin uning fikrlaridan ilhomlanib, uni muqaddaslashtira boshlaganlar.
Uni muqaddaslashtirishlarining natijasi mil. avv. 206-yilda Xanlar sulolasining birinchi vakili davrida unga sig‘inish bilan tugagan. Asta-sekin unga atab qurbonliklar qilish odat tusiga kirgan. Bora-bora vazirlar, mutasaddi rahbarlar va davlat xodimlarining yangi, muhim davlat ishlariga boshlashlaridan oldin uning qabri va ibodatxonasini ziyorat qilishlari shart qilib qo‘yilgan.
Konfutsiylik Buyuk Xitoy devori quruvchisi Imperator Chi in Shixxivang (Ch’in Shihhiwang) davrida kuchli tazyiqqa uchragan. Bu tazyiq mil. avv. 212-yildan mil. avv. 207-yilgacha davom etgan bo‘lib, bu davrda mazkur dinga oid kitoblar yoqilgan va din ulamolari tiriklayin yerga ko‘milgan. Tiriklayin ko‘milgan faylasuflar soni 460 taga yetgan.
Mil. avv. 207-yilda xalq Konfutsiy din vakillariga nisbatan qilinayotgan munosabatga qarshi va kitoblarni qayta qo‘lga kiritish uchun qo‘zg‘alon ko‘targan.
Bu din Imperator Duti (mil. avv. 140-87) davridan to 1912-yilgacha Xitoy davlatining rasmiy davlat dini deb e’tirof etilgan.
Buyuk faylasuf Motze (Motze) (mil. avv. 470-381) Osmon Xudosini odamlar kabi buyuk shaxsiyat (shasxlashtirish) ekanligi fikrini qo‘shimcha qilgan.
Mil. avv. 505-yilda Xitoy poytaxtida yana boshqa bir ibodatxona qurilgan va ilm maskanlarida uning kitoblari muqaddas kitoblar sifatida o‘qitila boshlangan.
Shaxsi noma’lum imperatorlardan biri mil. 630-yilda imperatorlikning hamma joyida ichi Konfutsiyning haykallari bilan to‘ldirilgan ibodatxonalar qurilishi uchun farmon chiqargan. Shuningdek diniy va siyosiy birlikning ramzi bo‘lib xizmat ko‘rsatayotgan Konfutsiyga oid fikr va ta’limotlarning o‘qitilishi uchun qulliyotlar qurilishiga ham buyurgan.
Mil. 735-yilda Konfutsiyga “Knyaz” (Malik) unvoni berilgan.
Mil. 1013-yilda “Haqiqiy donishmand”, “Millatlarning buyuk ustozi” unvonlari berilgan.
Mil. 1330-yilda u mansub bo‘lgan sulola shon-sharaf martabasiga loyiq topilib, oliy tabaqadan deb hisoblana boshlangan.
Mil. 1530-yilda ma’bad-ibodatxonalardagi haykallar lavh va suratlar bilan almashtirilgan. Buning oqibatida bu din vasaniylik bilan aralash-quralash bo‘lib ketgan.
Mil. 1905-yilga kelib, shuncha davr porlagan Konfutsiylik yulduzi asta-sekin so‘naboshlagan. Zero bu davrga kelib, muhim ishlarga ta’yin qilinishdan oldin Konfutsiyning ta’limotidan topshirilishi lozim bo‘lgan diniy imtihon bekor qilingan. Mil. 1912-yilga kelib, xalq qo‘zg‘oloni natijasida Imperator taxtdan ag‘darilgan va Xitoyda Jumhuriyat davri boshlangan. Bu narsa o‘z navbatida Konfutsiylikning diniy-siyosiy martabadan, Xitoy axloq va urf-odatlari darajasiga tushib qolishiga sabab bo‘lgan.
Mil. 1928-yilda Konfutsiyga atab qurbonliklar qilish va uning uchun diniy urf-odatlarni ado qilishning ta’qiqlanishi haqida farmon chiqarilgan.
Yaponlar Man’chjuriyani bosib olganlarida Xitoy davlati Konfutsiylikka qaytish uchun katta e’tibor beraboshlagan va xalq 1930-1934 yillarda unga atab yana qurbonliklar qilaboshlagan. Xitoyliklar tomonidan Buyuk ustozning ta’limotlariga e’tiborsizliklari tufayli shu balolarga giriftor bo‘lganliklari haqida tushunchalar Konfutsiylikning yana qaytadan o‘rgatilaboshlanishiga sabab bo‘lgan. Chang Koy Chik boshchiligida boshlab berilgan bu qaytadan jonlanish davri Ikkinchi Jahon urushigacha davom etgan.
1943-yilda Xitoyda kommunistik g‘oya ustunlik qozonib kommunistlar hukumat tepasiga kelganidan keyin (bir-birlaridan anchagina farq qilganliklari uchun) asta-sekin Xitoy va Sovet Ittifoqi o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqaboshlagan. Mashhur kommunist, Xitoy Prezidenti Mu Si Tungning o‘limidan keyin Xitoyda kommunizmdan voz kechilib, G‘arb shamoli esa boshlangan.
Tadqiqotchilar Konfutsiylikning Xitoy xalqiga nisbatan haqiqiy rus kommunizmining hukmini o‘tkaza olmaganligi va munosabatini o‘zgartirishida kattagina xissasi bo‘lganligini ta’kidlaydilar.
Hali hozirda ham Konfutsiylik Formoza oroli (Tayvan) ijtimoiy hayotida muhim o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |