Konfutsiylik dinining o‘ziga xos, uni boshqa dinlardan ajratib turadigan eng muhim jihat – bu dinda ruhoniylar qatlamining yo‘qligidir.
Konfutsiylikning din sifatida yoyilishi juda ham sekin kechgan. Konfutsiyning o‘zi esa zamondoshlari tomonidan e’tirof etilmasdan vafot etgan. Miloddan avv. IV-III asrlarga kelib, Konfutsiy ta’limoti ancha keng tarqalgan va katta ta’sir doirasiga ega bo‘lgan. Xanlar sulolasi davriga kelib (mil. avv. III-II asrlar) Konfutsiylik davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan. Xan podshohlari Konfutsiy ta’limotlarini to‘liq qabul qilmagan bo‘lsalar-da, uning kuchini, jamiyatda egallab turgan mavqeini e’tirof etgan holda undan davlat boshqaruvida foydalanganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |