Konfutsiylik yoki konfutsiychilik


G. KONFUTSIYLIKDA AXLOQIY ASOSLAR



Download 33,09 Kb.
bet5/7
Sana16.01.2022
Hajmi33,09 Kb.
#371919
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Konfutsiylik

G. KONFUTSIYLIKDA AXLOQIY ASOSLAR

Konfutsiylik, dindan ham ko‘ra ko‘proq axloq va hikmat yo‘li deb bilinadi. Konfutsiyning axloq asoslari, jamiyat va xalq uchun qaratilgan. Maqsadi; xalqni siyosiy bir tarbiya va saodatga yetishtirishdir.

Konfutsiy diniy faoliyat sifatida Xitoyning eski diniy tasavvurlarini qayta tiklashga harakat qilgan. To‘xtalib o‘tishdan qanchalik o‘zini olib qochmasin, “narigi dunyo”ning mavjudligini inkor etaolmagan. U qilingan gunoh ishlarning jazosiz qolmasligi, bu kabi ishlarning jazosini u dunyodan ham ko‘ra bu dunyoda tortilishini; yomonlik qilganning xatosini darhol tushinib yetib tuzatishi va shunday qilib gunohidan kechirilishini so‘rashining shartligini ta’kidlagan.

Bu dinda duo va ibodat bir vazifadir; lekin doimiy emas. Bu diniy ma’noda, ro‘za tutilib toza bo‘lgandan keyin amalga oshiriluvchi qurbonlikdan iboratdir.

Konfutsiylikda ijtimoiy-axloqiy masala alohida o‘rin egallaydi. Shu ma’noda Konfutsiy ta’limotini inson hatti-harakati, hayotiy meyorlari haqidagi ta’limot deyish ham mumkin. Konfutsiy “Buyuk ta’limot” kitobida ularni besh fazilat sifatida shunday izohlaydi:


  1. Tavoze’ (kamtarlik),

  2. Saxiylik,

  3. Samimiylik,

  4. Rostgo‘ylik,

  5. Nazokat, (odob-axloq).

Konfutsiyning o‘zi bu fazilatlarni quyidagicha sharhlaydi: “Kamtarin, og‘ir, bosiq bo‘lsang hurmatsizlik ko‘rmaysan, saxiy bo‘lsang hamma narsani qo‘lga kiritasan, samimiy bo‘lsang xalq senga ishonadi, rostgo‘y bo‘lsang ko‘p narsaga muvaffaq bo‘lasan, odob-axloqli bo‘lsang insonlarni o‘z xizmatingda ishlataolasan”.

U komil insonni, “Tushkun va bechoralarga yordam beradi va boylarning boyligini ko‘paytirmaydi”, deya ta’riflaydi. Unga ko‘ra komil inson bilan pastkash insonning farqi shunday keltiriladi: “Buyuk va komil inson insonlarning taqdirini, pastkash esa o‘z huzur-halovatini o‘ylaydi. Komil inson qonunlar ustida bosh qotirsa, pastkash o‘z foydasini izlashga tushadi. Komil inson faqatgina to‘g‘rilikni o‘ylasa, pastkash faqatgina manfaatni o‘ylaydi”. O‘zi uchun esa shunday deydi: “Yoshi kattalarga huzur-halovat bag‘ishlash, do‘stlarga samimiy va yoshlarga nazokat bilan munosabatda bo‘lishni xohlayman”.

Undan tavsiya berishini istagan bir boshqaruvchiga: “...to‘g‘rilikdan ayrilma, xatolarni tuzat”, degan. Konfutsiyga ko‘ra bir kishi tashqi go‘zallikdan ko‘ra ko‘proq yaxshi axloqqa e’tibor bersa, oilasiga xizmatda jiddiy g‘ayrat ko‘rsatsa, boshlig‘iga hayoti davomida bog‘liq qolaolsa, do‘stlari bilan bo‘lgan munosabatda samimiy bo‘lsa, unday inson kishilar tomonidan ilmsiz deb bilinsa-da, aslida u bilimdondir. Komil va buyuk insonlar, hatti-harakatlarida ma’noli va e’tiborli bo‘lishga, yuz ifodalarida samimiyatga, so‘zlarida nazokat va sharaflilikka ahamiyat beradilar. Ular; ota-onalariga yaxshi muomalada bo‘lib, xalqini, jamiyatini fazilat bilan yuksaltiradilar.

Konfutsiylikda yaxshilik, rostgo‘ylik, odob-axloq, oqillik va ishonchga loyiq bo‘lish besh asosiy fazilatdir. Uning talqinlari asosan 4 asosiy mavzu atrofida aylanadi:



  1. Madaniyat,

  2. Ish boshqaruvi,

  3. Yuqoridagilarga nisbatan to‘g‘ri-rost munosabatda bo‘lish,

  4. Berilgan so‘zda turish.

  1. Konfutsiylikda insonlar o‘rtasidagi hayot tarzi esa, an’anaviy quyidagi 5 munosabatdan iboratligi qayd etilgan:

  2. Amir bilan ma’mur (boshliq va ishchi) orasidagi munosabatlar,

Ota–ona bilan farzandlar o‘rtasidagi munosabatlar,

Er–xotin o‘rtasidagi munosabatlar,

Aka–ukalar o‘rtasidagi munosabatlar,

Do‘st va birodarlar o‘rtasidagi munosabatlar.

Bu besh asos hayotning eng muhim munosabatlarini o‘zida jamlaydi. Insonning baxtiyor bir hayot yashashi uchun hayotning har davrida o‘rta yo‘lni tutishi, haddidan oshmasligi, yaxshilikka yaxshilik, yomonlikka esa adolat ko‘rsatgani holda munosabatda bo‘lishi lozim. Konfutsiy isrofgarchilikka qarshi chiqib, iqtisodga chaqirgan. Manmanlikni sevmagan, xayrsevarlik, va adolatni ikki muhim fazilat deb bilgan. Uning fikricha, hayotda har bir ish axloqdan kelib chiqib, amalga oshirilishi lozim. Axloqdan boshqa narsalarga tayangan holda amalga oshirilganida, adolat qaror topmaydi. Adolatning yuzaga chiqishiga to‘sqinlik qiluvchi yana bir muhim omil bu–manfaatdir. Konfutsiy adolat va manfaat mavzusini shunday hukmga bog‘laydi: “Komil inson adolatni, pastkash esa manfaatni o‘ylaydi”. Bu borada Unga oid diqqatga sazovor bir tarixiy voqea manbalarda zikr qilinadi; Bir kuni Konfutsiy shogirdlari bilan cho‘lu-biyobondan o‘tib borardilar. Cho‘lda bir qabrning boshida xotin kishining yig‘lab turganini ko‘rishadi. Konfutsiy shogirdlaridan biriga xotinning ahvolini bilib kelishini buyuradi. Xotin: “Bu, erimning otasining qabri, bu yerlarda ko‘p bo‘lgan vahshiy hayvonlar uni yedilar, deb javob beradi.

Shogird, boshqa bir qabrga ishora qiladi. Xotin: “U ham mening erimning bobosining qabri. Bu yerlarda u dehqonchilik bilan shug‘ullanardi, uni ham vahshiylar yeb ketishdi” deydi.

Shogird, boshqa bir qabrni ko‘rsatadi. Xotin: “U ham mening o‘g‘limning qabri. Uning ham taqdiri otasi va bobosinikidek bo‘ldi, uni ham vahshiylar yeb ketishdi. Undan keyingi, oxirgi qabr esa ukamniki, uni ham bir boshqa vahshiylar yedilar.” deydi.

Shogird, ortiga qaytib, eshitganlarining barchasini ustoziga aytib beradi. Konfutsiy shogirdidan xotinning bunday tahlikali holatda ham nima uchun bu yerlarni tashlab ketmaganligi va vahshiy hayvonlar bo‘lmagan joylardan maskan tutmaganligini bilib kelishni buyuradi.

Xotin shunda: “Bu yerlarning hukumati odildir. Qolishimning sababi shu.” deb javob beradi

Konfutsiy shu o‘rinda madaniyat va tushunchalar tarixi jihatidan juda muhim bo‘lgan so‘zini aytadi: “Shogirdlarim! Esingizda bo‘lsin. Zolim hukumat, vahshiy hayvondandan ham battardir.”

Amir (boshliq) ning rioya qilishi kerak bo‘lgan ilk asoslar; raiyatning ishonchi va ularning sevgisini qozonishdir. Agar insonlar qo‘rquv va dahshat bilan itoat qilishga majburlansa; boshqaruvchi bilan raiyat o‘rtasidagi bog‘ uziladi, boshqarish qiyinlashadi. Axloq–odobdan uzoqlashilib, nafslarda buzg‘unchilik boshlanadi.

Konfutsiylikda yoshlar; ota-onalariga sodiq va kattalarga hurmat bilan muomala qilishlari kerak. Ularga nisbatan sevgi va bog‘liqlik, itoatsizlik qilmaslik bilan bo‘ladi. Kishining ota yo‘lidan borishi; faqatgina unga bog‘liq qolishi bilan bo‘lishi mumkin.

Er-xotin, aka-ukalar va do‘stlar o‘rtasidagi munosabatlar ham ma’lum bir asoslarga bog‘langan: Uyning erkagi, ayoli hayotda ekan, uni tashlab uzoq diyorlarga ketmasligi kerak. Oilaga xizmat qilayotganda ularga tanqidiy munosabatda bo‘lishga ehtiyotkor bo‘lishi, oila qiyinchilikka duchor bo‘lib qolganda esa yosh farzandlar oilaga yordamchi bo‘lishlari kerak... “O‘ziga munosib bo‘lmagan kimsalar bilan do‘stlashmaslik” Konfutsiyning tavsiyalaridandir. U do‘stlikni foydali va zararli shaklida ikki qismga ajratadi: “Rostgo‘y, samimiy va tushinchali do‘st foydali. Ikkiyuzlamachi, ko‘p gapiruvchi va subutsiz do‘st esa zararlidir.”

Konfutsiyga: “Bir mamlakatga uni boshqarish uchun chaqirilganingizda birinchi bo‘lib qilgan ishingiz nima bo‘lar edi?” deb so‘rashganida shunday javob bergan: “Birinchi bo‘lib tilni tuzatar edim. Til to‘g‘ri bo‘lmasa, so‘zlar tushunchalarni yaxshi ifodalay olmaydi. Tushunchalar yaxshi tushinilmasa, qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yaxshi amalga oshmaydi. Kerakli ishlar amalga oshirilmas ekan, axloq va madaniyat buziladi. Axloq va madaniyat buzilganida, adolatdan uzoqlashiladi. Adolatdan uzoqlashilganda esa xalq zaiflik va sarxushlik ichida qoladi va nima qilishini bilmay qoladi. Shu sababli aytiluvchi so‘z to‘g‘ri va tushinarli bo‘lishi kerak. Hech bir narsa tilchalik ahamiyatga ega emas.”

Konfutsiylikning axloqiy jihati, boshqa jihatlardan yanada ko‘proq ahamiyat kasb etadi. Bu ta’limot; hukmdorlar uchun boshqaruv san’ati, mansabdorlar uchun siyosiy bir axloq, xalq uchun esa biron bir urf-odatga bog‘liqlik, ko‘rinishidadir.

Konfutsiylik, oilaga oid fazilatlarni, tartib-intizomni, ijtimoiy nizomni, birodarlik sevgisini va xalqning ta’lim-irshodini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham Konfutsiyning axloq asoslarida shu to‘rt fazilat joy oladi: Insoniylik, adolat, hatti-harakatlar (munosabatlar) va bilim. Bundan tashqari bu ta’limotda shunday qariyatlar ham borki, unga qoyil qolmay ilojingiz yo‘q. Birgina misol: Farzand ota-onasi oldida quyidagi besh vazifani bajarishi shart:



  1. Har doim ota-onani to‘la hurmat qilish,

  2. Ularga eng suyukli taomlarni keltirish,

  3. Ular betob bo‘lib qolganlarida chuqur qayg‘urish,

  4. Ular vafot etganlarida ich-ichdan ezilish,

  5. Ular xotirasiga tantanali ravishda qurbonliklar qilish...


Download 33,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish