Minerallarning rangi – minerallarning rangi eng avvalo rang beruvchi xramofor arashmalarga bog’liq, ya'ni rang beruchi elementlarga; titan (ko’k, qizil va qoramtir yashil); vanadiy (qizil, qung’ir qizil, sariq); marganets (malla rang, to’q qizil, qora); xrom (qizil, och yashil, siyox rang, sariq, qizg’ish – to’q sariq); temir (qizil, qung’ir- sariq, butulkasimon – yashil, qora); kobalt (lolarang, qizil, och jigarrang, yashil, ko’k, malla, qora, sarg’ish yashil, sariq kabilar kiradi.
Bundan tashqari buyovchi ionlarga molibden, volfram, iod, uran kabilar kiradi.
Minerallarning hosil bo’lishi.
Xar bir mineral ma'lum termadinamik sharoitda turg’un xolatda bo’ladi, bu termadinamik xolat o’zgargan xolda mineralda o’zgarish sodir bo’ladi va yangi xolatga chidamli mineral hosil bo’ladi. Xozirgi vaqtdagi izlanishlar shuni ko’rsatadiki, minerallarning asosiy qismi yer qobig’ida magmaning yoki uning maxsulotlarini atrof muxit va tog’ jinslari bilan ta'sirlashib qayta kristallanishidan xosil bo’ladi. Bular birlamchi endogen minerallar hisoblanadi. Ularning ko’pchiligi yer yuzasiga chiqqanda atmosfera, biosfera va gidrosfera bilan ta'sirlanishi nitijasida o’zining turg’unligini yuqotadi va sharoitga moslashgan yangi ikkilamchi minerallar yuzaga keladi. Bu minerallar ekzogen minerallar deb nomlanadi. Ekzogen minerallar xam turli xil geologik jarayonlarga duch kelishi va bu jarayonda moslashgan yangi minerallar, ya'ni metamorfogen minerallar hosilbuladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda ximiyaviy tarkibi va fizikaviy xossalri bilan farqlanuvchi tog’ jinslari va rudalarning tarkibiy qismini tashkil qiluvchi bir yoki bir necha ximiyaviy elementdan tashkil topgan tabiiy ximiyaviy birikma. Xozirgi vaqtda bir qancha minerallar sun'iy usulda olingan, lekin sun'iy usulda olingan mineral maxsulotlarni tanlab bo’lmaydi, chunki ular uchramaydi va tabiiy xolda uchrashi mumkin xam emas.
Ko’pchilik minerallar qatti q kristall shaklida uchraydi. Ayrim xollarda kalloid qorishma, izomorf aralashma shuningdek suyuq va gazsimon shaklda uchraydi. Yuqorida aytib o’tganimizdek minerallar bir–biridan ximiyaviy tarkibi kristall strukturasi shuningdek fizikaviy tarkibi bilan farq qiladi. Xozirgi vakqda tabiatda 2,5 ming mineral ko’rinishi mavjud va taxminan shunchasi o’rganilgan. Tabiatdagi minerallar 25% silikatlar, 12% oksid va gidroksidlar, 13% sulfidlar, 8% fosfatlar, arsenatlar (vanadat) va 32% ini boshqa ximiyaviy birikmalar tashkil etadi. Yer po’stining 92% silikat oksid va gidroksid minerallardan tuzilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Islomov O.I. “Umumiy geologiya” «O’qituvchi» 1991 yil.
2. Shoraxmedov SH.SH. “Umumiy va tarixiy geologiya” «O’qituvchi» 1989 yil.
3. Qurbonov A.S. “Geologiya” «O’qituvchi» 1991 yil.
4. Bitextin. “Mineralogiya”
Do'stlaringiz bilan baham: |