Sanoat korxonalarini yoritishga qo'yiladigan asosiy talablar
Sanoat korxonalarida unumli ish sharoitini tashkil qilish va ishchilarning ish sharoitlarini yaxshilash1 maqsadida ko'zni toliqishdan saqlovchi yoritish vositalarini tashkil qilish sanoat korxonalari oldiga qo'yilgan asosiy sanitariya-gigienik talabdir Bunday sharoit tashkil qilish uchun sanoat korxonalarini yoritish sistemalariga quyidagi asosiy talablar qo'yiladi:
Ish joylarini yoritish sanitariya-gigienik normalar asosida ish kategoriyalariga moslashgan bo'lishi kerak. Ish joylarini maksimai yoritish, albatta, ish sharoitini yaxshilashga olib keladi. Bunda ish olib borilayotgan obyektning ko'rinishi yaxshilanadi buning natijasida ish unumi ortadi. Ba'zi bir aniq ishlarni bajarganda yoritilishni 50 Ik dan 1000 Ik gacha oshirish bilan ish unumini 25% ga oshganligi ma'lum. Ko'z bilan ko'rib ishlash unchalik shart bolmagan qo'polroq ishlarni bajarganda ham yoritilishni 50 Ik dan f 300 Ik ga oshirish ish unumini 5-7% ga oshirgan. Ammo yoritilish ma'lum miqdorga yetgandan keyin undan keyingi yoritilishning oshirilishi yaxshi natija bermaydi. Shuning uchun ham iqtisodiy samara beradigan yoritilishning oqilona variantini tanlash zarur.
Ish olib borilayotgan yuzaga va ko'zga ko'rinadigan atrof- muhitga yorug'lik bir tekis tushadigan bo'lishi kerak. Chunki agar ish olib borilayotgan yuzada va atrof-muhitda yaltiroq uchastkalar mavjud bo’lsa, unda ko'zning ularga tushishi va qaytib ish zonasigi qaraganda ko'zning jimirlashishi va ma'lum vaqt ko'nikishi kerak bo'ladi. Bu esa ko'zning tez charchashiga olib keladi.
Ishchi yuzalarda keskin soyalar bo'masligi kerak. Chunki ish yuzasida keskin soyalarning bo'lishi, ayniqsa, u soyalar harakatlanuvchi bo'lsa, bajarilayotgan obyektni ko'rinishini yomonlashtiradi, obyekt ko'zga noto'g'ri bo'lib ko'rinadi va bu ishning sifatini hamda unumdorligini; pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham sanoat korxonalari to'g'ri tushayotgan oftob nurlarini soyabonlar va boshqaf, oftobgar qarshi vositalar bilan to'sishi kerak chunki quyosh nurlari keskin soyalar paydo bo'lishiga olib keladi.
Ishchi zonalarda to'g'ri yoki nur qaytishi ta'sirida hosil bo'layotgan yaltirashj bo'lmasligir kerak. Chunki ish zonalaridagi yaltirash ko'zning ko'rish qobiliyatini pasaytirib, ko'zni qamashtirishi mumkin. Yaltiroq yuzalar yoritish asboblarining yuzalarida, nur qaytarish ta'sirida hosil bo'ladigan yaltirashlar nur qaytarish koeffitsiyenti kattai bo'lgan yuzalarda vujudga keladi. Yaltirashni kamaytirish yoritish asboblarining nur tarqatish burchaklarini tanlash va nur qaytarish ta'sirida hosil bo'ladigan yaltirashlarni nur to'sish yo'nalishlarini o'zgartirish hisobiga erishish mumkin.
Yoritilish miqdori vaqt bo'yicha o'zgarmas bo'lishi kerak.Yoritilishning ko'payib-kamayishi, agar u o'qtin-o'qtin ro'y beradigan bo'lsa, ko'zga zarar keltiradi, chunki ko'z yorug'lik o'zgarishlariga ko'nikishiga to'g'ri keladi. Bu esa ko'zning tez charchashiga olib keladi.
Yoritilishning o'zgarmasligiga muhim o'zgarmas kuchlanishli manbalardan foydalanish yo'li bilan erishilishi mumkin.
Yorug'lik nurlarini optimal yo'nalish bilan yo'naltirish kerak bunda ma'lum holatlarda detaining ichki yuzalarini ko'rish va boshqa hollarda detal yuzasidagi kamchiliklarni yaxshiroq ko'rish imkoniyati tug'iladi. Mashinasozlik sanoatida, masalan, rastochka stanogi uchun maxsus optik sistemaga ega bo'lgan yoritgichlardan foydalaniladi. Bu yoritgich hosil qilgan nurini to'plab, ishlov berilayotgan detaining ichki tomonini yoritadi. Bu to'plangan nurli nuqta 3000 lk atrofida yoritishni ta'minlaydi va stanokni to'xtatmasdan detal sifatini aniqlash imkoniyatini tug'diradi.
Yorug'likning lozim bo'lgan spektr sostavini taniash zarur. Bu talab materiallarning rangini aniq belgilash zarur bo'lgan hoilarda muhim rol o 'ynaydi.
Yorug'lik qurilmalari qo'shimcha xavf va zararliklar manbai bo'lmasligi kerak. Shuning uchun yoritish manbalari ajratadigan issiqlikni, tovush chiqarishini maksimal kamaytirish kerak.
Yoritish qurilmasi ishlatish uchun qulay, o'rnatish oson va iqtisodiy samarador bo'lishi kerak.
Tepadan yoritish va aeratsiya qurilmalari
Xonalarni tepadanyoritish binolar fonuslari, shaffof panel va yopmalar yordamida amalga oshiriladi. Aeratsiya esa, tomda o‘rnatiladigan aeratsiya fonarlari orqali ta’minlanadi. Yoritish, yoritish-aeratsiya hamda aeratsiya qurilmalariga qo‘yila- - 160-digan eng muhim masalalardan biri, bu ham bo‘lsa, ular uchun material tanlash hisoblanadi. Vazifasiga ko'ra yoritish, yoritish-aeratsiya fonarlari qo'llaniladi. Fonarlar odatda, bino uzunligi bo‘ylab o‘rnatiladi
3-rasm
Fonar va bino o‘lchamlari orasidagi o'zaro bog'liqlikka doir Fonarlar ko'taruvchi konstruksiya - karkas, to‘suvchi konstruksiya tom yopma, devor, yoritish va aeratsiya joylari (fonar va proyomlar) dan tashkil topadi.
Shakliga ko'ra ikki tomonlama, bir tomonlama va zenith fonarlar mavjud. Ikki tomonlama va bir tomonlama fonarlar tik yoki qiya oynali bo'lishi mumkin. Shunga ko'ra ular to‘g‘ri to'rtburchakli, trapetsiyali,tishli yoki arra shaklida loyihalanishi mumkin. Agar yoritish joylari yopmada yotiq holda loyihalangan bo‘lsa, bunday panellar yoritish panellari deyiladi. Tepadan yoritish va aeratsiya fonarlari tizimi qamrovlari xonalarga qo'yiladigan yoritilganlik va aeratsiya taiablari bo‘yicha aniqlanadi. Shu bilan bir qatorda ular yagona modulga asosan birxillashtiriladi. Odatda, 12 va 18 m li oraliqlar uchun fonarlar eni 6 m, 24, 30 va 36 m li oraliqlar uchun - 12 m qabul qilinadi. Fonar balandligi esa hisoblar bo‘yicha qabul qilinadi Fonarlarni ishlatish qulay bo‘lishligi uchun ular bino chetidan 6 m ichkarida uziladi.
Fonarning maksimal uzunligi 84 m qabul qilinadi; agar undan oshsa 0 ‘rtasiga 6 m li uzilish loyihalanadi. Suvni chetlatish, odatda, sliishaga suv tegmasligini ta’minlash maqsadida tashqi tizimda bajariladi. Eni 12 m li fonusda suv ichki oqizish tizimiga yuboriladi. Fonarlar vazifasidan qat’i nazar, bir xil konstruktiv sxemada bajariladi. Fonar karkasi ko‘ndalang chorcho‘p va bo‘ylama elementlardan lashkil topadi. So‘nggisi yon devorlar, tabaqalarni mahkamlash uchun sarrovlar. yopma plitalar va bogMamalardan iborat bo‘ladi. Yon devorlar fonusning chetki ko‘ndalang chorcho‘pi ustunlari pastiga loyihalangan tayanch kursilarga o'rnatiladi. Bular yengil yoki katakli betonlardan bir qatlamli yoki og‘ir betondan qovurg‘ali konstruksiyada ishlab chiqariladi. Yon devorlar fonar ustunlariga payvandlash yo‘li bilan mahkamlanadi. Yon devorlar plitasiz bo‘lganida metall varaqlar (balandligi 900 mm) dan ishlanadi. Fonarlar tabaqalarini mahkamlash uchun xizmat qiladigan sarrovlar profili metallardan tayyorlanadi. Fonar chorcho‘pining ustki tasmasiga o‘lchamlari 1,5x6, 3x6 yoki 3x12 m bo‘lgan temirbeton plitalar o‘rnatiladi. Bu esa, o‘z navbatida, yopmaning to'suvchi qismi boiib, fonus karkasining fazoviy bikrligini ta’minlaydi.
Fonar karkasining ustuvorligi, shuningdek, bo’lmalar o‘rnatish bilan ta’minlanadi. Yorug‘lik fonarlari va shaffof yopmalarga yuqori yorug‘lik aktivligi, yorug‘lik tartibining doimiyligi, past insolatsiya bo‘lishligi, konstruktiv yechimning oddiyligi, kam issiqlik uzatish va ekspluatatsiya xarajatlari talablari qo‘yiladi. Fonaring yorug‘lik aktivligi uning o‘lchamlari, konstruksiyasi va shishaning qiyalik burchagiga bog‘liq bo‘ladi. Yorug‘lik kirish joylarining geometrik o‘lchamlari aniq va yaqinlashgan hisoblar bilan aniqlanadi. Tadqiqotlar asosida yorug‘lik fonuslari o‘lchamlarining bir qancha omillarga bog‘liq holda aniqlangan nisbatlari jadvalda keltirilgan. Bu o‘lchamlarga loyihalash jarayonida amal qilinadi. Keyingi vaqtlarda ish bo‘limlarini insolatsiyadan himoya qilish shaffof, quyosh nurini o‘tkazmaydigan materiallardan foydalanish, yorug'lik tarqatuvchi va quyoshdan himoyalovchi qurilmalar o‘matish yo‘llari bilan hal etilmoqda. Fonaming yorug‘lik sifatini yaxshilab turish yo‘llaridan biri, bu ham bo‘lsa shishani gaz, tutun va o‘tiradigan changlardan tozalab turish hisoblanadi. Zenith fonarlar ancha samarali hisoblanadi: yorug'lik aktivligi baland, massasi kichik, o‘matilishi oddiy, dastlabki va ekspluatatsiya xarajatlari bo‘yicha iqtisodli. Ulardan gumbazli fonarlar ancha keng tarqalgan . Fonaming chorcho'pini tashkil etuvchi yon elementlari temirbetonli yopma plitaga o'matiladi. Fonar rejada aylana, kvadrat yoki to‘rtburchak shaklida, tik yoki qiya, sovuq isitilmaydigan yoki isitilgan devorli yon elementlardan tashkil topadi. Fonaming yorug‘lik aktivligini oshirish maqsadida yon elementlarining ichki sirti tekislanib, ochiq ranglarda bo'yaladi. Yorug‘lik telpaklari bir yoki ikki qatlamli (3-25 mm) qilinib bajariladi. 0 ‘lchamlari 1,5x6 m bo’lmagan bitta plitaga asosiy qamrovlari 0,9x1,3 m yoki diametri 1,1 m bo‘lgan to'rtta fonus o‘matish mumkin.
Yorug‘lik o’tkazish uchun mo‘ljallangan shaffof panellarning o‘lchamlari oddiy plitalarning o‘lchamlari singari bo‘ladi. Bunday panellar xonalarda katta yoritilganlik talab qilingan hollarda ishlatiladi. Yorug‘lik aeratsiya qurilmalari - fonuslar va panellardan tashkil topgan bo'ladi. Bu qurilmalarning yechimlari oldin ko‘rib chiqilgan qurilmalarning yechimlari singari bajariladi. Aeratsiya fonarlari konstruksiyalari ham ilgari qarab chiqilgan yorug'lik fonuslariga o‘xshash bo‘ladi. Fonar po‘latdan tayyorlangan karkasga ega. Balandligi 1,7-3,4 m ni tashkil etadi. Qarab chiqilgan fonarlar tavaqalarini ochib-yopish, ulaming shishalarini tozalash maxsus moslamalar yordamida amalga oshiriladi. Shundaylardan biri qurilish amaliyotida qo'llanilayotgan richagli tortqich asbobidir. Bunday bitta asbob yordamida 15 tagacha (balandligi 3,4 m gacha) olti metrli shamol to‘suvchi panellami ochib-yopish mumkin.
II. HISOB QISMI
Do'stlaringiz bilan baham: |