Konchilik ishi va metallurgiya



Download 4,62 Mb.
bet56/206
Sana03.01.2022
Hajmi4,62 Mb.
#315394
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   206
Bog'liq
2021 ЯНГИ УМК

Nazorat savollari
1.Yonish asosan uch omil muhim rol o'ynaydi:

2.Yonish asosan uch omil muhim rol o'ynaydi:

3.Yonish turlariga misollar keltiring.

4.Gazsimon moddalarning yonish va portlash xususiyatlari


Adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasining 2009 yil 30 sentyabrdagi "Yong'in xavfsizligi to'g'risida"gi qonuni.



14– Mavzu: O'zbekiston Respublikasida xalokatlar tibbiy xizmatining tashkil etilishi va uning asosiy vazifalari.
Reja:
1. Travmatik shokning oldini olish va davolash.

2. Yopiq shikastlanishlar.


Baxtsiz hodisalardan keyin, kuchli va og'ir shikastlanish, ko'p joyning og'ir kuyishi yoki uzoq davom etadigan og'ir operasiyalardan so'ng yuzaga keladigan eng og'ir asoratlardan biri shok hisoblanadi. Bu og'ir holat nerv tizimi va hayotiy zarur jarayonlarning susayishi bilan hamda qon bosimining zo'r berib pasayishi bilan ifodalanadi. Shok holatini keltirib chiqaradigan sabablar turli-tuman, baxtsiz hodisa natijasida jarohatlanishdan keyingi bu holat travmatik shok deb ataladi. Travmatik shok jarohatlanishlarda, ya'ni yumshoq to'qimalarning katta sohalari bulunligining buzilishi, ko'krak qafasi va qorin bo'shlig'i yoki katta nerv dasaklarining shikastlanishi, suyaklarning maydalanib ketishi, qo'l yoki oyoq qismlarining uzilishi va hokazolarda, kuyishda ko'p uchraydi. Jismoniy toliqish, uzoq vaqt uxlamaslik, och qolish va ozib ketish, sovqotish, qon yo'qotish, nurlanish kasalligi, hayajonlanish shokka sabab bo'ladi. Shok aksari ko'p qon yo'qotishdan kelib chiqadi. Xirurgik operasiyadan keyingi shokning paydo bo'lish sabablari quyidagicha: operatsiya uzoqqa cho'zilishi, to'la og'riqsizlantirmaslik yoki narkozning elarli bo'lmasligi, ko'p miqdorda qon yo'qotish, operatsiyaning og'ir o'tishi, ayniqsa, sezuvchan joylarda yaralarni operatsiya qilish va hokazo. Ko'pincha shok holati shikastlangandan keyin oz vaqt o'tgach yuzaga kela boshlaydi. Bu birlamchi yoki dastlabki shok deb ataladi. Ba'zan jarohatlangandan yoki operasiyadan keyin birmuncha vaqt o'tgach shok yuz beradi. Bu ikkilamchi shok deb ataladi. Ikkilamchi shok shikastlangan sohaning qattiq og'rishi natijasida ayniqsa, bemorni transportda tashiganda shikastlangan oyoq-qol yaxshilab qattiq qilib bog'lamaslik (singan suyak parchalarining bir-biridan qochishi, transportdagi silkinishlar), shuningdek, to'qimaning emirilishi tufayli kelib chiqishi mumkin. Shokning kechishida ketma-ket ikkita: erektil (qo'zg'alish holat) va torpid (tormozlangan holat) davr qayd qilinadi. Shokning erektil davrida bemorda qo'zg'alish va qo'rqish, bezovta bo'lib oyoq-qo'llarini tipirchilalishi kuzatiladi. yuzi qizaradi, tomiri tez uradi. Torpid davrda esa kasal ko'pincha loqayd bo'lib, qon bosimi past, qon tomir urishi tezlashadi (120 marta va undan ortiq), ba'zan puls butunlay yo'qoladi. Biroq amalda bu davrlarni aniqlash qiyin. Shok quyidagi belgilar bilan ifodalanadi: nafas olish tezlashib, harorat pasayishi, siydik miqdori kamayishi, teri oqarib qolishi, sovuq ter bosishi, yuzlarning sarg'ayib qolishi va boshqalar, ko'zqorachig'i kengayib ketadi, biroq yorug'likka reaktsiya beradi, ko'pincha ko'ngil ayniydi, hiqichoq tutadi, bemor qusadi. Oxirgi vaqtda olimlar shok holatini uch darajaga bo'ldilar: birinchi daraja shokda bemorning umumiy ahvoli yaxshi bo'lib, puls minutiga 90-100 marta urib turadi, maksimal qon bosimi 100 millimetr simob ustunidan ortiq bo'ladi. Ikkinchi darajada bemor qizarib, sovuq eyishi mumkin, puls minutiga 120-140 marta uradi, maksimal qon bosimi 70-80 mm simob ustuni o'rtasida bo'ladi. Uchinchi darajada bemorning ahvoli ancha og'irlashadi, puls minutiga 120-160 marta uradi, maksimal qon bosimi 70 mm simob ustunidan kam bo'ladi.
TRAVMATIK SHOKNING OLDINI OLISH VA DAVOLASH.
Shokning oldini olish va davolash ishlarini bemorni evakuatsiya qllishning hamma bosqichlarida: hodisa ro'y bergan joyda, tez yordam mashinasida va kasalxonalarda amalga oshirish mumkin. Hodisa sodir bo'lgan joyda bemorga birinchi yordam berish quyidagi eng muhim tadbirlardan iborat bo'lishi kerak: bemor shikastlovchi faktorning ta'siridan xalos qilinadi, tashqi qon oqishi vaqtincha to'xtatiladi (jgut, zakrutka va hokazo bog'lanadi), og'riqsizlantirish chorasi ko'riladi -teri ostiga morfin (1% eritmasidan 1 ml, pantapon (2% li eritmasidan 1 ml) yoki promedol (2% li eritmasidan 1 ml) yuboriladi, bemor isitiladi (issiq choy ichiriladi, issiq ko'rpa bilan o'raladi), yordamchi vositalar (tayoq, taxta va shunga o'xshash) yoki shinalar bilan immobilizasiya qilinadi, "og'izdan-og'izga" yoki "og'izdan-burunga" sun'iy nafas oldiriladi. Iloji boricha, bemor darrov zambilga yoki taxtaga olib, yaqin orada joylashgan kasalxonaga jo'natiladi. Urush vaqtida esa Ompdagi shokka qarshi palatalarga yuboriladi. Bemorlarga, ayniqsa, terminal holatda yotgan kishilarga barvaqt malakali yordam berish uchun so'nggi vaqtda ixtisoslashtirilgan tez yordam mashinalari tatbiq etilgan. Bu mashinalarda inkubasiya qilish va azot (I)-oksid bilan narkoz berish, apparatlar yordamida kisloroddan sun'iy nafas oldirish, traxeotomiya qilish, venaga va arteriyaga qon hamda suyuqliklar quyish uchun hamma zarur narsalar bor. Tsiklangan organga, shuningdek, butun organizmga orom berish zarur. Bemorni ehtiyotlik bilan goh u yoniga, goh bu yoniga, goh chalqanchasiga yotqizish, avaylab to'g'ri tashish, shikastlangan qo'l (oyoq o'z vaqtida va to'g'ri immobilizasiya qilish muhim ahamiyatga ega. Bemor shok holatidan chiqarilguncha immobilazatsiya buzilmasligi lozim. Og'riqqa qarshi kurashish uchun mahalliy infiltrasion aneseziya (novokain blokadasi), shuningdek, analgetiklar qo'llaniladi. Naysimon suyaklarning singan joyiga novokain (l-2% li eritmasidan 10-20ml) yuboriladi. Ko'krak qafasi jarohallanganda Vishnevskiy usulida vagosimpatik blokada qilish, qorin jarohatlanganda buyrak atrofidagi kletchatkaga novokain eritmasini yuborish samara beradi. Analgetik moddalardan morfin, promedol, pantopon ko'proq ishlatiladi, 0,25% li novokain eritmasini venaga tomchilab yuborish og'riqni bosadi. Venaga qon quyish shokni davolashning asosiy usullaridan biridir. Shokka qarshi eritma yuborish bilan birga qon yoki plazma quyish ham kerak. qonning o'rnini bosadigan eritmalardan poliglyukin, tsinkol, polivinil-alkogol samaralidir, ular shokda har gal 500 ml dan 2000 ml gacha tomchilatib quyiladi. Qon tomirlari tonusini oshirish uchun kamfora, kofein, kordiamin, noradrenalin ishlatiladi. Nafas olishni normallashtirish va kislorod etishmovchiligiga qarshi kurashish uchun kislorod bilan davolash kerak; yostiqlardan yoki yanada yaxshisi burun yo'liga halqumning orqa devoriga kiritilgan kateter orqali kislorod beriladi. Nafas olish og'ir darajada buzilgan bo'lsa, maxsus apparatlar yordamida boshqariladigan nafas olishga aytiladi, shuningdek, traxeotomiya qilib, o'pka ventilayasiyasi osonlashtiriladi. Ko'pincha og'ir tsiklanishlardan keyin, kuyganda, operatsiya vaqtida hamda operatsiyadan keyin bolalarda shok holati yuzaga kelishi mumkin. Shok bolalarda kattalarga nisbatan juda o'zgaruvchan bo'ladi. Shuning uchun bolalarga orom berish, novokain blokadasi qilish, har xil narkotik dorilarni qo'llash katta ahamiyatga ega. Og'riqni kamaytiradigan dorilar sifatida 1% li promedol, morfm yoki pantopon eritmasidan foydalanish mumkin. Bu narkolik moddalarga yosh bolalar juda sezgir bo'ladi. Shuning uchun ham juda ehtiyot bo'lish kerak. Ko'pincha bu maqsadda promedol ko'p ishlatiladi, chunki u boshqa narkotik moddalarga nisbatan nafas markazini kamroq ta'sirlaydi. U faqat teri ostiga yuboriladi, dozasi esa yoshga qarab kamaytiriladi.
YOPIQ SHIKASTLANISHLAR.
Odam organizmiga tashqi faktorlar ta'sir etishi natijasida to'qimalar va organlarni anatomik va funktsional jihatdan buzilishi shikastlanish deyiladi. Ta'sir qiluvchi kuchlar bir necha xil bo'ladi: mexaniq, termik, kimyoviy, elektrik, ruhiy ta'sirlar farq qilinadi. Shikastlanishlar aksari mexaniq kuchning bevosita ta'siri natijasida kelib chiqadi. Shikastlanish ochiq va yopiq bo'ladi. Teri va shilliq pardalar shikastlanmagan bo'lsa, yopiq shikastlanish deyiladi. Bularga urilish, bo'g'imlarning cho'zilishi, bo'g'imim va suyaklarning shikastlanishi, to'qimalarning ezilishi va boshqalar kiradi. Teri va shilliq pardalarning shikastlanishi. butunligining buzilishi bilan kechadigan shikastlanishlar ochiq shikastlanish deyiladi. Shikastlanishlarning og'irligiga qarab, engil (ish qobiliyatni yo'qotmaydi), o’rtacha (vaqtincha ish qobiliyatini yo'qotadi) va og'ir shikastlanishlar farq qilinadi (bemor uzoq vaql davolanadi). lat eyish. Tsikallanishlar ichida urib olish tufayli lat eyish juda ko'p uchraydi. Ko'pincha bu holat oltmas predmet ta'sirida sodir bo'ladi. Lat eyish musht, tayoq, tosh bilan urish, yiqilish, yuqoridan tushgan narsalarning qattiq urilishi natijasida kelib chiqishi mumkin. Yumshoq tuqimalarning shikaslanishi bilan qon tomirlarining uzilishi, lat eyishga xosdir, bunda to'qimaga qon quyiladi, lekin teri qoplami butunligi buzilmaydi. To'qimalar orasiga qon tarqalishi qontalash deb ataladi, kattaroq qon lomir shikastlangan bo'lsa, qon ko'p miqdorda to'planadi va gematoma hosil bormoqlanadi. Urib olish natijasida ichki organlar (o'pka, jigar, buyrak, ichaklar) shikastlanishi mumkin. Bunda ba'zan shok holati ro'y beradi. Lat eyishning belgilari turli darajadagi og'riq, Lal egan joyning shishishi, organ funksiyasiniig buzilishi va qon quyilishidir. Harakat qilganda og'riq kuchayadi va tinch lurganda kamayadi. Hosil bo'lgan shishning katta-kichikligi quyilgan qon miqdoriga va limfa tomirlarining uzilishiga boliq bo'ladi. Teri otsiga quyilgan qon rangi vaqt o'tishi bilan o'zgaradi va og'rila boshlaydi. qontalashning rangiga qarab qachon paydo bo'lganini aniqlash mumkin: birinchi kunlari gematoma sohasi qizil bo'ladi, so'rilish boshlangandan so'ng yashil va sarg'ish rangga kiradi. Lat egan odamga yordam berish uchun uni tinch qo'yish, qon quyilishini kamaytirish va og'riqni qoldirish uchun shikaslangan sohani yuqori ko'tarib qo'yish kerak hamda sovuq kompress buyuriladi (sovuq suvga namlangan sochiq qo'yiladi), bintli bog'lam qo'yiladi. L gematomaning so'rilishini tezlatish uchun 2-3 kundan keyin issiq kompress, vanna, UVCH, solluks va massaj qo'llaniladi. Boylamlarning cho'zilishi bo'g'im sohasida uni cho'zib yuboradigan va hatto boylamlarni uzib yuboradigan zo'r keladigan harakatlar (aksari boldir-son sohasida) natijasida kelib chiqadi. Boylam cho'zilganda qattiq og'riq paydo bo'ladi. Shikastlangan joy tezda shishadi va bo'g'im funksiyasi ancha buziladi, qon tomirlari uzilishi oqibatida qo'shni bo'g'im bo'shlig'iga qon quyiladi (gemartroz). Boytamlarning cho'zilishi yoki uzilishi boldir-oyoq panjasi bo'g'imida, tizza va tirsak bo'g'imlarida ko'p uchraydi. Boylam cho'zilganda, bo'g'im sohasiga bosib turadigan bog'lam qo'yish kerak.


Download 4,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish