Konchilik ishi va metallurgiya


Mavzu bo'yicha nazorat savollari



Download 4,62 Mb.
bet55/206
Sana03.01.2022
Hajmi4,62 Mb.
#315394
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   206
Bog'liq
2021 ЯНГИ УМК

Mavzu bo'yicha nazorat savollari:
1. Fuqaro muhofazasining maqsad va vazifalari nimalardan iborat

2. FVKlarning tuzish tartibi qaysi tamoyillarga asosan amalga oshiriladi

3. FM si tarkibida qaysi xizmatlar tashkil etiladi
Adabiyotlar:

1. Yormatov G va Isomuxammedov Yo . – Mexnat muhofazasi. Toshkent. "Mexnat", 2002 y.

2. "Fuqaro muhofazasi to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi qonuni. 2000 yil 26 may.


13- Mavzu: O'zbekiston Respublikasining 2009 yil 30 sentyabrdagi "Yong'in xavfsizligi to'g'risida"gi qonunning mazmun va mohiyati.
Reja:
1. Yong'in jarayoni

2. Yong'in turlari

3. Qonunning mazmuni va mohiyati.

4. Zanjirsimon o'z-o'zidan alangalanish.


Yong'inlar sanoat korxonalari, xalq xo'jaligining hamma tarmoqlari, qishloq xo'jaligi va turar joyda yuz berishi mumkin bo'lgan, etkazadigan zarari jihatidan tabiiy ofatlarga tenglashishi mumkin bo'lgan hodisa hisoblanadi.

Yong'inlar katta moddiy zarar keltirishi bilan birga og'ir baxtsiz hodisalar zaharlanish, kuyish natijasida kishilar hayotini olib ketgan hollar ko'plab uchraydi.

Shuning uchun ham yong'inga qarshi kurash barcha fuqarolarning umumiy burchi hisoblanadi va bu ishlar davlat miqyosida amalga oshiriladi.

Umuman yong'in chiqmasligini ta'minlash, yong'in chiqqan taqdirda ham uning rivojlanib, tarqalib ketishining oldini olish moddiy boyliklarni, inson salomatligi va uning hayotini saqlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlar bo'lib, bu masalalar mehnatni muhofaza qilishning tarkibiy qismidir.

Bizning vazifamiz yong'in haqida asosiy tushunchalar berish bilan birga, unga qarshi samarali kurash olib borish, yong'inni o'chirishda qo'llaniladigan birlamchi vositalar, har xil tadbirlar bilan o'quvchilarni tanishtirishga qaratilgan.
1.Yonish jarayoni.
Yonish deb, yonuvchi moddalardagi murakkab oksidlanish jarayonida bir moddaning ikkinchi moddaga aylanishi natijasida katta miqdorda issiqlik va nurlanish ajralishi bilan kechadigan hodisaga aytiladi.

Yonish asosan uch omil muhim rol o'ynaydi:

1) yonuvchi modda;

2) yonuvchi muhit;

3) qizdirish jarayoni.

Yonuvchi modda deyarli hamma joyda bor: bilar har xil yog'och mahsulotlari va jihozlari, qog'oz mahsulotlari, kimyoviy moddalar, yonuvchi suyuqliklar va har qanday organiq moddalardir. Yondiruvchi muhit bu bizni o'rab turgan havo tarkibidagi kislorod bo'lib, u ham hamma vaqt mavjud.

Ba'ei bir hollarda yonish jarayoni xlor brom kabi oksidlovchilar muhitida ham ro'y berishi mumkin.

Endi qizdirish jarayoni bo'lsa, yonish reaksiyasi vujudga keladi. Buning uchun ma'lum miqdorda qizdirish manbasi bo'lishi kerak. Reaksiya boshlangandan keyin, reaksiya natijasida hosil bo'lgan issiqlik yonishning davom etishini ta'minlaydi. Shuning uchun yonayotgan zona alangalanishi manbasi va yonish zonasi hisoblanadi. U zona harorati qancha katta bo'lsa, yonish shuncha tez bo'ladi.

Yonish jarayoni asosan ikki xil bo'lishi mumkin. Birinchisida qattiq jismlar yonish jarayonida yonayotgan modda havo muhitidan ajralgan holda bo'ladi. Kislorod bilan birikish yonish zonasidagi issiqlik natijasida sodir bo'ladi va bu birikkan modda (yoki yonish mahsuloti) qizigan holatda yuqoriga qarab yo'naladi va o'z o'rniga havo bilan kislorodning kirishiga sababchi bo'ladi va bu holat yonuvchi modda tamom bo'lguncha davom etishi mumkin. Bu yonishni havo harakati natijasida yonish zonasini kislorod bilan ta'minlaganligi uchun diffuziya yonishi deb yuritiladi. Bunday yonishni yog'och, ko'mir, sham va boshqalar yonganda kuzatish mumkin.

Yong'inlar ham asosan diffuziya tartibda bo'ladi. Yonishning ikkinchi xili-yonuvchi gazlar, yonuvchi suyuqliklarning bug'lari va yonuvchi moddalarning changlari havo bilan aralashgan holatdagi yonishi bu kinetik yonish deb ataladi. Bunday yonish hajmiy yonish jarayonida o'tadi, ya'ni shu ma'lum hajmdagi modda baravar yonadi. Yonish tezligi modda miqdor zichligiga xaroratiga vog'liq bo'ladi. Agar bunday yonish yopiq hajlarda yoki idishlarda bo'lsa, portlash hodisasi ro'y beradi.


2. Yonish turlari.
Yonish jarayonini shartli ravishda iuyidagi turlarga btshlish mumkin:

1). Chaqnash-yonuvchi aralashmaning bir lahzada yonib o'chishi. Bunda yonuvchining davom etishi uchun aralashma tayorlashning imkoniyati yo'q.

2). Qizdirish natijasida yonishning vujudga kelishi.

3). Alangalanish-yonishning alanga olib davom etishi.

4). O'z-o'zidan yonish-moddalar ichida asosan organiq moddalarda ro'y beradigan ekzotermik reaktsiyalar natijasida, tashqaridan qizdirishsiz yonuvchi aralashmaning o'z-o'zidan yonib ketishi.

5). O'z-o'zidan alangalanish o'z-o'zidan yonishning alanga bilan davom etishi.

6). Portlash o'ta tez yonish kimyoviy jarayonining bosim va energiya hosil qilish bilan o'tishi.

Yonuvchi modda ma'lum haroratlarda o'zidan yonuvchi bug'lar ajratib chiqarishi natijasida alangalanish ta'minlansa, bu harorat alangalanish harorati deb yuritiladi.

ba'zi bir, asosan organiq moddalar( torf, quruq paxta, ko'mir mahsulotlari, qora mollarning chiqindilari) o'z-o'zidan yonib ketish xususiyatiga ega.

Chunki ular g'ovak asosga ega, oksidlanish mumkin bo'lgan yuzasi juda katta bo'lganligidan, bu moddalar ochiq joylarda ma'lum miqdorda tushib qolsa, ob-havo sharoiti ta'sirida qizib yonib ketadi.

Buning asosiy sababi organiq moddalar namlanganda uning ichki qismida mikroorganizmlaririvojlanadi va ular rivojlanishi natijasida issiqlik ajralib chiqadi, bu xodisani organiq moddalarning o'z-o'zidan qizish jarayuni deb ataladi.

Bunday hodisalar ba'zi bir kimyuviy moddalarda ham bo'lishi mumkin. Masalan, ishqoriy yer mettallar, kalsiy karbid, so'ndirilmagan ohak uncha ko'r bo'lmagan suv ta'siridan qizib alangalanib ketishi mumkin. Bunday hodisalar qo'pincha yung'in chiqishiga bevosita sababchi bo'ladi.

Yonish jarayoni yonuvchi modda molekulalarning kislorod molekulalari bilan birikish hodisasi hisoblanadi.

Yonish jarayonini akademik N.N.Semyonov zanjirli reaksiya nazaniyasi asosida tushuntiradi. Oksidlanish reaksiyasi odatda issiqlik ajralish bilan oradi va hodisa ma'lum sharoitda tezlashib ketishi mumkin. Oksidlanishning mana shu tezlanish davri yonishga o'tgan davriga to'g'ri kelib, buni o'z-o'zidan alangalanish hodisasi deb yuritamiz. O'z-o'zidan alangalanish issiqlik ta'sirida yoki zanjir tartibda yuz berishi mumkin.

O'z-o'zidan yonish issiqlik ta'sirida bo'lganda reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlik tashqi muhitda tarqalayotgan issiqlikdan katta bo'lgan taqdirdagina vujudga keladi. Zanjir tartibi esa molekulalar zanjiri uzluksiz davom etishi va zanjirning tarmoqlari keskin ortib ketishi natijasida sodir bo'ladi.

Har bir moddalar uchun o'z-o'zidan alangalanish harorati har xil bo'ladi va ba'zan keskin farq qiladi. Masalan,A-72 benzinining o'z-o'zidan alangalarini harorati 255 S ga teng.

Zanjirsimon o'z-o'zidan alangalanishi. Tabiatda shunday aralashmalar uchraydiki. Ularning haroratini oshirmagan holda kimyoviy jarayonlar ro'y berishi va bu jarayonlar o'z-o'zidan tezlashishi ( albatta uncha ko'p bo'lmagan birlamchi issiqlik hisobiga ) va o'z-o'zidan alangalanishi hodisasini vujudga kelishi mumkin.

Bunday hodisalarni zanjirli kimyoviy jarayonlar deb yuritiladi. Bu hodisaga asosiy sabab-aralashma holidagi yonuvchi moddalarda, malum sharoit taqozosi bilan, harorat o'zgarmagan holda, bir yoki bir necha markazda moddalarning aktiv atomlari hosil bo'ladi va bu atomlan modda tarkibidagi molekulalar bilan aktiv reaksiyaga kirishadi, buning natijasida yonuvchi modda molekulalari parchalanadi hamda parchalangan molekulalar yangi aktiv markazlar hosil qiladi.

Agar zanjirsimon rekasiyaning markazi bitta bo'lsa, unda zanjir rekasiyasi sust kechadi. Bu tarmoqlanmagan zanjir reaksiyasi deb ataladi. Agar markaz bir necha bo'lsa, bunda reaksiya keskin kuchayadi, o'z-o'zidan alangalanish jarayoniga olib keluvchi bu reaksiya tarmoqlangan zanjir reaksiyasi deb yuritiladi.
3. Gazsimon moddalarning yonish va portlash xususiyatlari.
Har qanday gazsimon modda, umuman yonuvgi gazlar va bug'larning yonzinga hamda portlash xavliligi ularning alangalanish chegaralari, yonish harorati va alanganing normal tarqalish tezligi bilan belgilanadi.

Gazning havo bilan aralashib yonishi aralashma hosil bo'lgandagina vujudga keladi. Shuning uchun aralashmalarning alangalaninsh chegaralari quyi va yuqori chegaralar sifatida belgilanadi.Bunda quyi chegara deb gazning minimal miqdor alanga hosil qilgan holati tushuniladi va mana shu chegara sanoat korxonasisning yong'inga va portlashga xavlilik toifasining belgilovchi omil hisolanadi.

Havoning gaz bilan aralashmasi, yonish uchun yetarli miqdorda yiqilgan bo'lsa, u maMum haroratgacha qizdirilganda alangalanib ketadi, mana shu harorat yonish harorati deb ataladi.

Bu harorat yonuvchi aralashma holati va boshqa omillar tasirida juda katta diapozonni tashkil qilishi mumkin.

Yonuvchi aralashma yonayotgan vaqtida alangali tarqalish tezligi aniqlanadi. Bunda yonayotgan zonaga o'tish tezligi malum yuzadagi yonuvchi aralashma malum vaqt birligida yonib, tutash zonaga o'tishi belgilanadi.

Ko'pkina gazlarning aralashmalarning yonish tezligi ular aralashmalarning miqdoriga va gazning xususiyatiga bog'liq bo'ladi.

Gazlarning yonish tezligi asosan 0,3-0,8 m/s ni tashkil qiladi.

Bundan vodorod bilan asetilen gazi mustasno bo'lib, ularning yonish tezligi 2,76 va 1,56 m/s dan iborat.

Alanganing normal tarqalishi tezligi gazlardagi fizika-kimyoviy xususiyat bo'lib, malum o'zgarmas miqdor sifatida belgilanadi, chunki bu tezlikning nihoyatda ortib ketishi portlashni belgilovchi omil hisoblanadi.Yonishning tez kechishi portlash deyiladi.Yonish qancha qisqa muddatda amalga oshsa, portlash kuchi shuncha katta bo'ladi.

Suyuqliklarda yonish fvqat uning gazsimon ( yani bug'ga aylangan) fazasida bo'ladi.Bug'ga aylanish jarayoni va tezligi suyuqlikning fizik va kimyoviy xususiyatlariga bog'liq. Shuningdek, bunga aylanish jarayoni tashqi muhit ham bog'liq bo'ladi.

Mana shu xossaga asoslangan holda suyuqliklar ikki turkumga bo'linadi:

1) Agar suyuqlikning chaqnash harorati 61 S ga teng yoki kichik bo'lsa, bunday suyuqliklar yongi alangalanuvchi suyuqliklar (eas) deb ataladi. Ularga spirtli, aseton, benzin va boshqa suyuqliklar kiradi.

2) Agar suyuqlikning chaqnash harorati 61 S dan katta bo'lsa, bunday suyuqliklar yonuvchi suyuliklar (uos) deb ataladi.Ularga yog'lar, mazut, glitserin va boshqalar kiradi.

Alangalanish harorati deb suyuqlikning minimal haroratidagi chaqnash hodisasi suyuqlikdan yotarli darajada bug'lar ajralib chiqishini taminlanishi natijasida alangalanish davom etadigan holatiga aytiladi.Yangi alangalanuvchi suyuqliklar uchun bu harorat chaqnash haroratidan 1-5 S yuqoriroq bo'ladi, yonuvchi suyuqliklar uchun esa 30-35 S ga borishi mumkin.



4. Changlarning yonishi va portlash xususiyatlari.
Qattiq moddalarning maydalangan har xil kattalikdagi zarralari havo muhitida uzoq vaqt suyib yurdigan va birmuncha katta zichlikka ega bo'lgan tumansimon muhitni vujudga keltiradi. Bunday mayda zarrachalarning ko'p miqdorda yig'ilib qolganda xuddi gaz va yonuvchi suyuqliklar bug'lari kabi portlash xususiyatiga ega bo'ladi.

Odatda, havo tarkibidagi changlar miqdori g/m yoki mg/m birliklarda o'lchanadi.Ko'pkina yonuvchi moddalar changlarining portlashi uchun pastki zichlik miqdori juda katta birliklarni tashkil qiladi va bunday birlikdagi aralashma hosil qilishi qiyin (masalan, qand pudrasi, torf changi bularning portlashi uchun quyi chegaradagi zichlik 1350 g/m va 2200 g/m) shuning bilan birga bunday changlarni portlatib yuborishi uchun katta quvvatdagi yondirivchi impuls zarur.

Portlashning boshlang'ich fazasida havo tarkibidagi eng mayda zaralar alangalanadi va ularning ajratgan issig'ida kattaroq zaralar alangalanadi, shundan keyin zichligi yetarli bo'lsa, alangalanish hajmiy tus oladi va portlashga olib keladi.Shuning uchun ham zichlikning quyi chegarasi asosida changlarning yong'inga va portlashga xavfliligi aniqlanadi. Portlashga xavfli changlar toifasiga zichligi 65 g/m gacha bo'lgan,alangalanish kuyi chegarasiga to'g'ri kelgan changlar kiritiladi (ogtingugurt changi, un va boshqalar). Agar alangalanishning quyi chegarasi 65 g/m dan ortiq zichlikka to'g'ri kelsa, ular yong'inga xavfli changlar toifasiga mansub bo'ladi ( tamaki, yog'och changi).
5. Saoat korxonalarning yong'inga va portlashga xavfli bo'yicha toifalari.
Har bir sanoat korxonasi uning ishlab chiqarish texnologiyasi,ishlatadigan xomashyosi chiqaradigan mahsuloti va joylashgan binosining konstruksiyasiga ko'ra yong'in chiqishga, portlashga va yong'in chiqqan taqdirda uning tarqalishiga, shuningdek asoratiga asoslangan holda yong'inga va portlashga xavflilik darajasi belgilanadi.

Albatta, har bir sanoat korxonasida yong'in xavfi birinchi navbatda u yerda ishlatilayotgan xomashyoning va chiqarilayotgan mahsulotning yong'inga xavfliligi darajasi bilan o'lchanadi.

Masalan, ishlab chiqarish korxonasi gazsimon yonuvchi moddalar ishlatsa, oladigan mahsuloti yengil alangalanuvchi suyuqliklar holatida bo'lsa, unda albatta yonmaydigan xomashyo ishlatilib, yonmaydigan mahsulot olayotgan korxonaga nisbatan yong'in chiqish ehtimoli ko'p, shuning bilan birga, bu korxonada yong'inni tarqalib ketishi osonlashadi va bu korxonada yong'indan ko'riladigan zarari albatta katta bo'ladi.

Shuning uchun ham sanoat korxonalarini kategoriyalarga ajratganda ishlatilayotgan moddalarning fizika-kimyoviy xususiyatlari albatta hisobga olinadi.

Mana shu xususiyatlarni hisobga olgan holda qurilish norma va qoidalari asosida hamma sanoat korxonalari, skladlar yong'in va portlashga xavfi bo'yicha beshta kategoriyaga bo'linadi.

A-toifa-yong'inga va portlashga xavfli sanoat korxonalari. Bularga suv, kislorod va bir-biri bilan birikishi natijasida portlashi va yonishi mumkin bo'lgan moddalarni ishlatiladigan sanoat korxonalari; alangalanish quyi chegarasi xonadagi havo hajmiga nisbatan 10 foiz miqdorni tashkil qilishi mumkin bo'lgan yonuvchi gazlar ishlatiladigan sanoat korxonalari; xona hajmiga nisbatan 5 foiz miqdorni tashkil qilishi mumkin bo'lgan va bug'larining alangalanish harorati 28 S gacha bo'lgan suyuqliklar bilan ish olib boriladigan sanoat korxonalari. Bu toifaga oltingugurtli uglerod, efir, atseton va boshqa shunga o'xshash moddalar olinadigan sanoat korxonalari kiradi.

B-toifa-portlash va yong'inga xavfli toifadir.Bu toifaga quyi alangalanish chegarasi xavo xajmiga nisbatatan 10 foizdan ortiq bo'lgan yonuvchi gazlar bilan ish olib boriladigan shuningdek chaqnash xarorati 28 dan 61 S gacha bo'lgan suyuqliklar bilan ishlaydigan va pastki alangalanish chegarasi 65G/m3 dan kichik bo'lgan chang va tolalar bo'lgan va mazkur gazlar, suyuqliklar va changlar xona hajmining 5 foizdan ko'proq miqdorda to'planib, portlovchi aralashma hosil qilishi mumkin bo'lgan sanoat korxonalari kiradi. Mana shunday sanoat korxonalari sirasiga ammiak haydovchi kompressor stansiyalari, detallarni kerosin bilan yuvib tozalash korxonalari mansubdir.

D-toifa-yong'inga xavfli toifa. Bu toifaga bug'larning chaqnash harorati 61 S dan yuqori bo'lgan suyuqliklar, quyi alpgalanish chegarasi 65 g/m dan ortiq bo'lgan yonuvchi changlar va tolalar, shuningdek bir-biri bilan, havodagi kislorod bilan va suv bilan birikkan holda yonuvchi moddalar va qattiq jisimlar bilan ish olib boriladigan sanoat korxonalari kiradi. Ko'mir kukini hosil qilish yog'ochsozlik sanoat korxonalari shular jumlasidandir.

E-toifa - yong'inga xovfli toifa. Bu toifaga yonmaydigan jism va materiallarga, qizdirib, cho'g'lantirib va eritib ishlov beradigan va ishlov berish jarayonida nurli issiqlik, uchqun va alangalar chiqish mumkin bo'lgan, qattiq, suyuuq va gazsimon moddalar yoqilg'i sifatida ishlatiladigan sanoat korxonalari kiradi. Qozonxonalar, eritish va quyish tsexlari, Marten tsexlari ana shu toifadagi korxonalardir.

Ғ-toifa-yong'inga xavfsiz toifa. Buga yonmaydigan jisimlar va materiallarga sovuq ishlov beradigan sanoat korxonalari kiradi. Mashinasozlik sanoat korxonalari, qurilish sanoat korxonalari shular jumlasiga kiradi.



Download 4,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish