Konchilik ishi va metallurgiya



Download 4,62 Mb.
bet52/206
Sana03.01.2022
Hajmi4,62 Mb.
#315394
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   206
Bog'liq
2021 ЯНГИ УМК

Ma'ruzaning maqsadi: talabalarga tinchlik va urush vaqtidagi fuqaro muhofazasi fanining maqsadi, vazifalari va ularning echimlarini hal qilish yuzasidan o'tkaziladigan chora-tadbirlari hamda fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidagi tutgan o'rni va ahamiyati to'g'risida talabalarga bilim berishdan iborat.

Ko'rgazmali qurollar: rasmli plakatlar, devoriy ko'rgazmalar, va qonunlar.


Reja
1. Tinchlik va urush vaqtida fuqaro muhofazasining ahamiyati va o'rni.

2. Favqulodda vaziyatlar bo'yicha tuziladigan doimiy komissiyalarning tuzilishi, maqsadi, vazifalari va ishlash tartibi.

3. Fuqaro muhofazasining tashkilotlari, tuzilmalari va jixozlari.
Tabiat ofatlardan biri sifatida e'tirof etilayotgan va er yuzining global isishi bilan bog'lik bo'lgan iklim o'zgarishi natijasida dunyoning qator mintakalarida voqea–hodisalar sodir etilmokda. Jumladan, 2003 yilning yoz mavsumida Evropa mamlakatlarida harorat darajasining 40oS ko'tarilishi natijasida aholi orasida qurbonlar sonining ko'payishiga sabab bo'lgan. Jami bo'lib 30000 ga yaqin aholi hayotdan ko'z yumgan, shu jumladan Frantsiyada 8 ming, Italyada 7000 odamlar qurbon bo'lishgan.

Albatta, bunday misollarni dunyo bo'yicha yuzlab, minglab keltirishimiz mumkin. Ayniqsa jamiyatlar, davlatlar o'rtasidagi tafovutlar ham minglab kishilarning hayotiga Zomin bo'lmokda. Bularga ikkinchi jaxon urushi, Afg'oniston, Irok, sobik Yugoslaviya va boshqa davlatlardagi vaziyatlar, terrorizm o'choklari ayniqsa, Amerika, Ispaniya, Rossiya, Checheniston va Gruziya kabi mamlaktlarida sodir etilgan voqea-hodisalar misol bo'la oladi. Dunyo vakealariga ham-ohang O'zbekiston Respublikasida ham sodir bo'layotgan tabiiy ofatlar aholi va xuqumatimizning dikkat etiborini tortibgina qolmasdan, balki tashvishga ham solmokda.

Masalan, 2004 yilda mamlakatimizda 166 ta favqulodda vaziyat(FV) yuz bergan bo'lib, ulardan 127 tasi texnogen va 39 tasi tabiiy turdagi Fvlardir. Respublikamizda kayd kilingan FVlarning 149 tasi lokal (2001 yilda–170 ta) 16 tasi mahalliy (2001 yil-22) va 1 tasi respublika (2001 yil-2) ko'lamida sodir bo'lgan. Respublika hududida kayd etilgan FVlarning ko'pchilik ulushi Toshkent (50 marotaba), Kashkadaryo (20) va Farg'ona (17) viloyatlarida to'g'ri keladi.

Ushbu, qisqa keltirilgan tahliliy materiallardan ko'rinib turibdiki, barcha bo'layotgan FVlarda, ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining funktsional va hududiy qo'yi tizimlari, korxona va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi bo'yicha mutahasisliklari uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan FVlarning oldini olish, bartaraf etishda tezqor harakat qilish, profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish, aholini FVlarda to'g'ri harakat qilishga o'rgatishda fuqaro muhofazasi fani muhim ahamiyat kasb etadi.

Duyoning taraqqiy etgan mamlkatlari kabi Respublikamiz xuqumati XXІ asr bo'sag'asida aholining havfsizligini taminlash borasida shu kunning dolzarb qonun va qarorlarini qabul qilib ularni ijro etish bo'yicha qator tadbirlar o'tkazmokda.

O'zbekiston Respublikasining "talim to'g'riaida"gi (1997 yil 27 avgust), "aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to'g'riaida"gi (1999 yil 20 avgust) va "fuqaro muhofazasi to'g'risida"gi (2000 yil 26 may) qonunlarini hamda Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 9 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash to'g'riaida"gi 427-sonli qarorini, O'zbekiston Respublikasi "Kadrlar tayyorash milliy dasturi"ni (1997 yil 27 avgust) amalga oshirishni taminlashda umumiy o'rta maktablarida "hayot havfsizligi asoslari», o'rta maxsus kasb-xunar talimi tizimida "fuqaro muhofazasi asoslari va hayot havfsizligi", oliy o'quv yurtlarida "fuqaro muhofazasi" fanlarini o'qitishni tashkil kilinganligi talim tizminining uzluksizligini taminlashda muhim ahamiyat kasb etmokda.

Oliy o'quv yurtlarida "fuqaro muhofazasi"fanini o'qitishdan ko'zlangan maqsad talabalarga aholi, hududlarni, halq xo'jaligi obektlarni turli ko'rinishdagi FVlardan muhofazalashga doir bo'lgan nazariy va amaliy bilimlarni berishdan iborat bo'lib:

1. Talabalarni turli xil FVlarning umumiy tavsilotlari, FVlarni oldini olish, talafotlarni kamaytirish va ularni oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha fuqaro muhofazasini tadbirlari bilan tanishtirish;

2. Oliy o'quv yurtlarining halq xo'jaligi inshooti sifatida ularni komanda-boshqaruv tarkibi va harbiylashmagan tuzilmalari faoliyatining mohiyatini moslangan o'quv-moddiy bazasini, oliy o'quv yurtida beriladigan mutaxasisligiga mos fuqaro muhofazasi tuzilmalarini xizmatini ko'llab hal etadigan fuqaro muhofazasi masalalarini o'z ichiga oluvchi tadbirlarning yagona tizimini o'rgatish;

3. Talabalarda O'zbekiston Respublikasi milliy havfsizligini taminlashda fuqaro muhofazasi masalalarini, tadbirlarini muhimligini hamda FVlar sharoitida jarohatlanganlar va o'ziga birinchi tibbiy yordamni ko'rsatish bo'yicha bilim hamda malakalar beriladi;

4. Talabalarga FVlar havfi bo'lganda va ro'y berganda ularning harakatlarida axlokiy-ruhiy barqarorlik sifatlarini singdirish;

5. Talabalarga FVlarda harakat qilish, aholini muhofaza qilish, FVlar oqibatlarini bartaraf etishda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmas ishlarni tashkil qilish va o'tkazish asoslarini, halq xo'jalik inshootlarini (korxonalarini) barqaror ishlashini kuchaytirish usullarini o'rgatishga karatilgan.




Download 4,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish