Ish
|
Usul
|
Tashish
masofasi
|
Ko'tarish imkoniyati egaligi (gradius)
|
|
|
|
O'rtacha
|
Maks.
|
|
Temir yo'l (poezd)
|
chegaralanmagan
|
2
|
3
|
|
Avtoo' zagdargi ch Avtopoezd
|
0.2-5mil (0.3-8km)
|
8
|
12
|
Tsiklli
|
Skreper
|
500-5000ft
(150-1500m)
|
12
|
15
|
|
Frontal yuk tashuvchi
|
<1000ft (300m)
|
8
|
12
|
|
Buldozer
|
<500ft (150m)
|
15
|
20
|
|
Skifli ko'targich
|
<8000ftvertikal.
(2400m)
|
chegaralanmagan
|
7 Howard L. Hartman, Jan M. Mutmansky. Introductory Mining Engineering, 2002, р 584.
|
Kanatli (arqon) yordamida
|
0.5-5mill (0.8-8km)
|
5
|
20
|
Uzluksiz
|
Lentali konveyer
|
02-10mil (0.3-16km)
|
17
|
20
|
O'ta qiya konveyer
|
<1mil (1.6km)
|
40
|
60
|
Gidravlik uskunalar (quvurlar)
|
chegaralanmagan
|
chegaralanmagan
|
Uzluksiz transport turi unumliroq transport tun bo'lib, kon ishlarini uzluksiz olib borilishini, boshqarishni avtomatlashtirishni va yuqori ish unumdorligini ta'minlaydi. Uning qazuvchi-yuklovchi va ag'darma hosil qiluvchi texnikalar bilan birgalikda ishi butunlay avtomatlashtirilgan yuqori unumdorlikka ega bo'lgan komplekslarni tashkil qilib, tog' jinslarini qazib olishga xizmat qiladi. Masalan, rotorli ko'p cho'michli ekskavatorlar, konveyer transporti, transport-ag'darma ko'prigi yoki ag'darma hosil qiluvchi komplekslari. Karyerlarda tog' jinslarini qazib olishda uzluksiz ishlaydigan komplekslarni qo'llaganda yuk oqimini soddalashtiradi, karyerlarda uskunalarni ishlatish darajasi ortadi.
Karyerlarda avtomobil transporti keng qo'llaniladi. Bunga sabab uning avtonomligi, harakatchanligi, topogorafik, geologik va ob-havo sharoitlarida ham yuqori unumdorligi va temir yo'l transportiga nisbatan soddaroq tuzilganidir.
Avtomobil transporti tashish masofasi 4-5 km bo'lgan va yillik yuk aylanish hajmi uncha katta bo'lmagan, ya’ni 15-20 mln.t bo'lgan hollarda karyerda keng qo'llaniladi. Ishlash printsipi kon massasini zaboylardan qabul qilish punktlarigacha tashish va to'kishdan iborat.
Karyerlardagi avtomobil yo'llaridan foydalanish sharoitlariga qarab yo'llar kapital va vaqtinchalik yo'llarga bo'linadi. Kapital yo'llar doimiy uchastkalarda, yer yuzasida, transheyalarda va transport bermalarida quriladi. Kapital yo'llar yo'l qoplamasiga ega. Vaqtinchalik yo'llar zaboylarda, ishchi maydonchalarda, suriluvchi tushish joylarida va ag'darmalarda quriladi. Ular pog'ona va ish frontining siljib borishi bilan davriy o'zgarib turadi va yo'l qoplamasiga ega emas.
Konchilik ishi asoslari
Yo'llar yuk zichligi, bir kilometr uzunlikdagi yuk miqdori yoki harakat uzluksizligi vaqt birligi ichida bir tomonga o'tgan mashinalar soni bilan xarakterlanadi. Yuk ko'tarish va harakat uzluksizligi bo'yicha kapital yo'llar uch kategoriyaga bo'linadi va o'z qoplamalari xususiyatlari ularning ko'rsatkichlari bilan farqlanadi.
Rasm. Karyer avtomobil transportining ish jarayoni.
Kapital avtomobil yo'llari asosan kyuvetlar, suv uzatuvchi ariqcha, ag'darma, yo'l o'tkazgich qurilma, ko'prik, yo'l qoplamasi o'tqazuvchi qism va obochinalardan tuzilgan. Obochina kengligi 1-2 m ni tashkil etadi. Laximlarda joylashgan yo'llar trapetsiya shakldagi enliligi 0,4 m bo'lgan yon kyuvetlar (chuqurligi 0,8-0,9m) ga ega bo'lishi kerak. Yo'l parametrlari o'tish qismining kengligi, burilish radiuslari, bo'ylama yo'nalishdagi qiyalik, ko'ndalang muyulishdagi qiyalik va eng qisqa qurish masofalaridan iboratdir.
Yo'l qoplamasi betondan, asfaltbetondan, tsementbetondan va shebenlardan iborat bo'ladi. Yo'l qoplamasi turi yo'ldan foydalanish muddatini, harakat intensivligini, harakatlanuvchi tarkib turi va maxalliy yo'l qurilishi materiallarini hisobga olgan holda tanlanadi. Karyerlarda doimiy yo'llarda, katta harakat jadalligida (sutkada avtosamosvallar reysi 2000-3000 bo'lganda) tsementbeton
Konchilik ishi asoslari
yoki asfaltbeton qoplamalari qo'llaniladi. Kam harakat jadalligida (sutkada avtosamosvallaming reysi 1000-1500 bo'lganda) shebenli qoplama qo'llaniladi. Vaqtinchalik yo'llar qoyali muhitda joylashgan bo'lsa qoplamaga ega bo'lmaydi, yumshoq muhitda joylashgan bo'lsa gruntli qoplamaga ega bo'ladi.
Rasm. Karyerda avtomobil yo'o'llari.
Qor ko'chkisi kutiladigan yo'l qismlarida qordan to'suvchi passiv va aktiv qurilmalar yasaladi. Qordan himoya qiluvchi passiv vositalar qish paytida o'rnatilib, ular shamol tomondan qorni to'sib qo'yadi. Qordan himoya qiluvchi aktiv vositalar balandligi 6 m bo'lgan tayanchlarga osilgan to'siq devor bo'lib, yo'l balandligidan 2 m balandga osiladi. Ularning ishlash printsipi qor bo'roni oqimi yoriq kengligigacha qisilib tezligi oshadi, natijada yo'lni qor qoplamasdan o'tib ketadi.
Avtomobil yo'lini asosiy ko'rsatkichi o'tkazish qobiliyatidir. Avtomobil yo'linrng o'tkazish qobiliyati - ma'lum bir uchastkadan vaqt birligida o'tishi mumkin bo'lgan avtosamosvallar sonidir. Karyer avtomobil yo'llarining o'tkazish qobiliyatini oshirish uchun yo'l fonarlari bilan yoritish yoki umumkaryer yoritkichlari bilan yoritish ko'zda tutilgan. Avtosamosvallarning bir qator bo'lib,
Konchilik ishi asoslari
bir yo'nalish bo'yicha harakatlanishida avtomobil yo'llarining o'tkazish qobiliyati quyidagi formula bilan aniqlanadi:
N=(600 kn.d)/ta=( 1000- V ■ k,d)/lb;
Bu yerda: ta - avtosamosvallar orasidagi vaqt intervali, m V - avtosamovallarning harakat tezligi, km/s; lb - avtosamosvallar o'rtasidagi xavfsizlik masofasi, m;
kn.d=0,5-0,8.
Avtosamosvallar orasidagi xavfsizlik masofasi avtosamosval tormoz yo'lining uzunligi va avtosamosvalning o'zining uzunligidan kelib chiqadi va 50 m dan kam bo'lmasligi kerak.
Karyerdagi yo'l harakati asosiy trassaning yuk oqimida ishchi gorizontlardan ag'darmagacha o'ng tomondan yurilib yo'lni kesib o'tmasdan harakatning uzluksizligi ta'minlanadi.
Karyer avtotransportining harakatlanuvchi tarkibining konstruktiv tuzilishiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi:
-I- avtosamosvallar;
-I- yarimpritseplar.
Avtosamosvallar bu - ramada joylashgan kuzovdan iborat mashinadir. Yarimpritseplarning avtosamosvallarga qaraganda afzalliklari - bu katta yuk ko'tarish quvvati, yoqilg'i va ekspluatatsion xarajatlarining kamligidir.
Karyer avtosamosvallarining asosiy parametrlari - yuk ko'tarish quvvati, dvigatel quvvati, kuzov hajmi, g'ildirak formulasi va burilishning minimal radiusidir. G'ildirak formulasi - bu avtosamosval g'ildiragi sonining raqamlarda ifodalanishidir.
M-n: 4x2. 1 raqam - g'ildiraklarning umumiy sonini bildiradi.
2 raqam - etaklovchi g'ildiraklar soni.
Kichik masshtabli karyerlarda yuk ko'tarish quvvati 27-75 t bulgan avtosamosvallar keng qo'llaniladi.
Konchilik ishi asoslari
Avtosamosvallar xarakteristikasi quyidagi jadvalda keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |