10.5. Rasm. Zanjirli ekskavatorning tuzilish sxemasi. 1 - cho'mich; 2 - cho'mich ramasi; 3 - zanjirning o'tqazuvchi yo'lduzchasi; 4 - qabul qiluvchi nov; 5 - pastki rama; 6 - ag'darma konsoli; 7 - markaziy kolonna; 8 - ag'darma konsolini ushlab turuvchi strela; 9 - tog' jinsini yig'ib oluvchi rotor g'ildiragi; 10 - cho'mich ramasini ushlab turuvchi. Ko'p cho'michli zanjirli ekskavatorlar bilan qazib olish texnologiyasi karyerdagi kon texnik sharoit va qo'llaniladigan transport turi bilan bog'liq. Tog' jinslarini pog'ona qiyaligidan yoki orqa tarafdan qazib olish mumkin.
Temir yo'l izida yuruvchi barcha ekskavatorlar - pog'ona qiyaligida qazib olayotganda ish fronti bo'ylab harakatlanadi va bunda ikki xil sxema qo'llanilishi mumkin:
1. Ekskavator 10-15 sm qatlamni (yumshoq tog' jinslarida) qirqib borish bilan birga, maxsus o'rnatilgan yo'lga siljituvchi yordamida yangi joyga siljiydi va tsikl
Konchilik ishi asoslari takrorlanadi. Bu sxemada - cho'mich pog'ona qiyaligini butun uzunligi bo'yicha qatlamni qirqadi va ekskavatoming yuqori unumdorligini ta'minlaydi.
2. Tsikl boshida - ekskavator qazishga mo'ljallangan uchastkadan tekislovchi zveno uzunligiga teng bo'lgan masofada turadi. Front bo'ylab oldinga va orqaga harakatlanib, har safar cho'michni qirqib olinishi kerak bo'lgan qatlam qalinligida tushiradi. Bunda pog'onaning ostki qismida uchburchak ko'rinishida qazilmay qolgan joy hosil bo'ladi va u keyinchalik tekislovchi zveno tomonidan qazib olinadi.
Gusenitsali yuradigan ekskavatorlar pog'ona qiyaligida ham, orqadan kirib ham tog' jinslarini ekskavatsiyalashi mumkin. Qazib olinadigan pog'onaning balandligi ekskavatorning konstruktsiyasi bilan aniqlanib, texnik xarakteristikasida cho'michlash chuqurligi va balandligi ko'rsatilgan bo'ladi. Hozirgi zamon ekskavatorlari uchun bu raqamlar - 12 m dan 33 m gacha yetadi.
Ekskavatorlarning ishlash rejimi to'laligicha avtomatizatsiyalashtirilgan va ularning yuqori unumdorlik bilan ishlashini ta'minlaydi. Ko'p cho'michli zanjirli ekskavatorlar cho'mich tishlarining kesish kuchi kam bo'lgani uchun, asosan yumshoq tog' jinslarida, ko'mir, fosfatlar, boksitlarni qazib olishda qo'llaniladi.
§. KARYER YUKLARI VA KARYERDA YUK OQIMINI
SHAKLLANTIRISH. Karyer yuklari.
Karyer yuklarini tashish karyerlarda eng ko'p energiya sarf bo'ladigan jarayon hisoblanadi. Ochiq kon ishlaridagi umumiy xarajatlar ichidan transport xarajatlari 60-70% ni tashkil qiladi. Ochiq kon ishlarida kon ishlari olib borishda tog' jinslari, foydali qazilmalar, foydali komponentlar miqdori kam bo'lgan foydali qazilmalar va materiallar tashilishi kerak. Tashiladigan yuk turiga va yo'nalishiga qarab ochuvchi va foydali qazilma yuk oqimlari tarkib topadi. Yuk oqimlari zaboylardan boshlanib, noruda tog' jinslar ag'darmalarida yoki foydali
Konchilik ishi asoslari komponentlar miqdori kam rudalar ag'darmalarida yoki foydali qazilma
zaxiralarida tugaydi.
Vaqt birligi ichida tashiladigan yuklarning tonna yoki m3 dagi miqdori yuk aylanmasi deyiladi. Yuk aylanmalari foydali qazilma yuk aylanmasi va qoplovchi tog' jinsi yuk aylanmalariga bo'linadi. Yuk aylanmalari tashish yo'nalishlari bo'yicha yuk oqimlariga bo'linadi.
Har bir qazuvchi qatlam umumiy holda quyidagi ko'rinishlarda bo'ladi:
-I- qoplovchi tog' jinslari;
-I- nokonditsion va balansdan tashqari zaxiralar, keyinchalik undan foydalanish maqsadida aloxida ag'darmaga joylashtiriladi;
-I- foydali qazilma.
Karyer yuklarini tashish uchun deyarli barcha transport turlari qo'llaniladi, ular ish printsipiga qarab quyidagilarga bo'linadi:
-I- uzluksiz - (konveyerli, truboprovodli, osma po'lat arqon yo'lli);
-I- tsiklli (davriy) - (temir yo'l, avtomobil, skipli, yuk ko'taruvchi qurilmalar, konveyer poezdlari).
Uzluksiz transport turi unumliroq transport turi bo'lib, kon ishlarini uzluksiz olib borilishini, boshqarishni avtomatlashtirishni va yuqori ish unumdorligini ta’minlaydi. Uning qazuvchi-yuklovchi va ag'darma hosil qiluvchi texnikalar bilan birgalikda ishi butunlay avtomatlashtirilgan yuqori unumdorlikka ega bo'lgan komplekslarni tashkil qilib, tog' jinslarini qazib olishga xizmat qiladi. Masalan, rotorli ko'p cho'michli ekskavatorlar, konveyer transporti, transport-ag'darma ko'prigi yoki ag'darma hosil qiluvchi komplekslari. Karyerlarda tog' jinslarini qazib olishda uzluksiz ishlaydigan komplekslarni qo'llaganda yuk oqimi soddalashtiradi, karyerlarda uskunalarni ishlatish darajasi ortadi.
Yuk oqimini shakllantirish.
Vaqt birligi ichida (smena yoki sutkada) ma’lum bir yo'nalish va hajmdagi massani tashish bilan xarakterlanuvchi ma'lum bir sifatdagi yuk oqimi elementar yuk oqimi deyiladi.
Agar zaboy bir jinsli zaboy bo'lsa, u holda zaboydan bitta elementar yuk oqimi boshlanadi; murakkab zaboydan esa (turli jinsli tog' jinslarida va alohida qazib olishda) ikki yoki undan ortiq elementar yuk oqimi boshlanadi. Shu tariqa, pog'onadagi elementar yuk oqimi soni zaboylar soni va qazib olish usuliga bog'liq.
Elementar yuk oqimlari o'zining yo'nalishi bo'yicha turlarga ajratiladi.