Qutbli planimetrii sinash va tekshirish. Boshqa asboblar kabi planimetr ham quyidagi shartlar bo‘yicha sinaladi va tekshiriladi.
1. Hisoblash mexanizmining g‘ildiragi (roligi) erkin va tebranmay bir tekis aylanishi kerak. Buni sinash uchun planimetrning aylantirish richagini bir qo‘lga olib, ikkinchi qo‘l bilan g‘ildirakni aylantirganda u 3—4 sekund bir tekis aylanishi kerak. Verner bilan g‘ildirak orasida yozuv qog‘ozi sig‘adigan tirqish bo‘lishi lozim. Agar shart bajarilmasa stopor vintlar 23 va 24 bo‘shatilib, keyin 21 va 22 vintlar bilan tuzatiladi.
8.11-shakl.
2. Verner yuzasi g‘ildirak yuzasi bilan bir tekislikda yotishi kerak Agar past yoki baland bo‘lsa, 25 vintlar bilan tuzatiladi.
3. Verner va g‘ildirak bo‘laklari to‘g‘ri bo‘lishi lozim. Bu teodolit limbi va verneridagi kabi tekshiriladi. Bundan keyin geometrik shartlar tekshiriladi.
4. Sanoq olish g‘ildiragining vertikal tekisligi aylantirish richagiga perpendikulyar bo‘lishi kerak. Buni tekshirish uchun bir ixtiyoriy shakl olinadi-da, planimetr qutbini shakldagi kabi (9.11-shakl) o‘rnatib, karetacha shaklga nisbatan o‘ng va chap tomonga o‘rnatiladi; bunda richaglar orasidagi burchak 30°dan kichik 150° dan katta bo‘lmaydigan qilib qo‘yiladi. Ikki turishda shaklni aylantirib sanoqlar olinadi. Kutbning aylantirish richagidan o‘ngidagi (QU) sanoqlar farqi qutbning chapidagi (QCH) sanoqlar farqiga teng bo‘lishi yoki oralaridagi ayirma ular arifmetik o‘rta miqdorining 1:250 dan katta bo‘lmasligi (3 bo‘lakdan oshmasligi) lozim. Agar katta bo‘lsa, planimetr qutbining ikki turishida ishlash kerak. Bunda yuqoridagi xato o‘zaro eyishib, natijaga ta’sir etmaydi. SHuning uchun u planimetr kompensatsiyasi deyiladi.
Bu tekshirishni planimetrning kontrol lineykasi orqali amalga oshirish ma’qul.
Planimetr yordamida uchastka yuzini aniqlash. Planimetrning R va Q qiymatlari aniqlangach, plandagi poligon yuzini aniqlashda ham r ni aniqlaщdagi kabi ishlanadi. Berilgan shaklning yuzi qutb shaklning tashqarisida turganda QO‘ va QCH holatida uch martadan aylantirib olingan sanoqlar ayirmasining arifmetik o‘rta qiymati (p2—p1)0 topiladi. Keyin, (9.7) formulaga binoan, ya’ni S=R(p2—p1)o formula yordamida poligon yuzi topiladi.
Poligonning yuzi katta bo‘lib, qutb tashqariga qo‘yilganda planimetr richaglari ta’min etolmasa, qutbni poligon ichida o‘rnatib, (9.8) formula yordamida hisoblashda avval Q aniqlanishi kerak. Buning o‘rniga Q ni aniqlamay, poligon yuzini ixtiyoriy diagonal chiziqlar bilan bir necha bo‘lakka bo‘lib, har qaysi bo‘lakning yuzi S1, S2, . . . , Sn ni (8.7) bo‘yicha topish, keyin esa ular yig‘indisini olish ham mumkin. Bunda shaklning umumiy yuzi S bo‘laklarning yuzlari yig‘indisiga teng bo‘ladi:
S=S1+S2+ . . . +Sn
Plan, kartada yo‘l, kanal, daxlsiz polosalari kabi tor joylar bo‘lsa, bunday joylarning yuzini hisoblash uchun shu joyda tik chiziqlap o‘tkazib, to‘g‘ri to‘rtburchakliklar yasaladi. To‘rtburchakliklar bo‘yi va eni plandan masshtab bo‘yicha olinib, yuzi to‘g‘pi burchakli to‘rtburchaklikniki kabi topiladi. Bunda ortgan yoki kamaygan joylar hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |