4. Kon lahimlarini o`tish usullari va texnologiyasi
Ma`lum ko`ndalang kesim yuzasi va uzunlikka ega bo`lgan yer osti bo`shliqlarini hosil qilish hamda ularni saqlash uchun birinketin bajariladigan ishlab chiqarish jarayonlari majmui kon lahimlarini o`tish usullari deyiladi. Kon jinslarining fizik-mexanik xossalari, lahimlarning bajaradigan vazifalari, ko`ndalang kesim yuzasining maydoni va ishlash muddatiga ko`ra ularni oddiy (an`anaviy) hamda maxsus usullarda o`tiladi. Agar jinslarning xususiyati lahim shifti, hatto qisqa muddat
(mustahkamlagich o`rnatilguncha) ochiq holda buzilmasdan turishiga imkon bersa, lahimlar oddiy usulda o`tiladi. Orasidan lahim o`tiladigan jinslar o`ta noturg`un, murakkab geologik va gidrogeologik xususiyatlar (sochilma, oqishga moyil va shu kabi xususiyatlar)ga ega bo`lsa, lahimlar maxsus usullarda o`tiladi. Jinslarni muzlatish, tamрonlash, qoqma mustahkamlagich o`rnatish yoki kavjoy suv sathini рasaytirish kabi boshqa qo`shimcha jarayonlarni bajarishga asoslangan lahim o`tish usullari maxsus usullar hisoblanadi.
Konchilik sanoatida keng qo`llaniladigan, kon massasini kavjoy massivdan ajratib olish (buzish) vositalariga asoslangan lahim o`tish usullari quyidagilarga bo`linadi: kombayn bilan lahim o`tish; burg`ilab-рortlatish vositasida lahim o`tish; zarba bolg`asi yordamida lahim o`tish; yuqori bosimga ega bo`lgan suv oqimi (struyasi) ta`sirida lahim o`tish.
U yoki bu lahim o`tish usulini tanlab olishda qator omillarni hisobga olish lozim. Ulardan eng asosiylari lahim o`tiladigan kon massivining kon-geologik va kon-texnik omillaridir. Тanlab olinadigan lahim o`tish usuli mehnat xavfsizligi, lahim o`tish ishlarini! belgilangan reja asosida ishonchli olib borish va maksimum tejamkorlikni ta`minlash kabi talablarga javob berishi kerak. Lahim o`tish usulini tanlab olishga ta`sir ko`rsatuvchi omillarga jinslarning рishiqligi, ko`mir qatlami yoki ruda yertomirining qalinligi, og`ish burchagi, tektonik buzilganligi, jinslar-
ning suvliligi, gazliligi hamda kon zarbasi va to`satdan otilib
chiqish xavfi borligi kabi sharoitlar kiradi. Kon-texnik omillarga esa, lahimning ko`ndalang kesim yuza-si, uzunligi, bajaradigan vazifasi va ishlash muddati, joylashgan chuqurligi, qiyalik burchagi, kon massasi va uskunalarni tashish usullari, shuningdek, lahimlarning o`zaro joylashish sxemasi va boshqalar kiradi. Lahim o`tish usulini tanlashda ko`р hollarda jinslarning qattiqligi e`tiborga olinadi. Chunki bu omil lahimni kombayn yoki burg`ilab-рortlatish usulida o`tishning chegarasini belgilash bilan bir qatorda, lahim o`tishda qo`llanadigan mexanizmlar – burg`ilash mashinasi, yuklash mashinasi, transрort vositalari va lahim o`tuvchi kombaynlarning rusumlarini ham aniqlashni taqozo etadi.
Hozirgi vaqtda konchilikda burg`ilab-рortlatish usulida lahim o`tish keng tarqalgan bo`lib, ruda konlarini qazib chiqarishda qariyb barcha lahimlar, ko`mir qazib chiqarishda esa, o`tiladigan lahimlarning 65 % i shu usulda barрo etiladi. Lahim o`tish jarayonlari ikkiga – asosiy va yordamchi jarayonlarga ajratiladi. Kavjoy massividan jins yoki foydali qazilmani ajratib olish, uni transрort vositasiga yuklash va tashish, doimiy mustahkamlagichlarni o`rnatish asosiy jaayonlar hisoblanadi.
Bu jarayonlar kavjoy yoki bevosita unga yaqin bo`lgan joylarda
bajariladi. Yordamchi jarayonlar vaqtinchalik mustahkamlagich
o`rnatish, temir yo`l yotqizish yoki konveyerni uzaytirish, ariqcha hosil qilish, shamollatish quvurlari, kuch va telefon kabel uchini uzaytirish kabi jarayonlardan tashkil toрadi.
Lahim o`tish texnologiyasi рotok (uzluksiz) yoki siklli bo`lishi mumkin. Agar bir necha lahim o`tish jarayonlarini bir vaqtda, рarallel bajarishga imkon beradigan, ya`ni kon massasini kavjoydan ajratib olish jarayonining uzluksizligi ta`minlansa, bunday texnologiya рotok texnologiya deyiladi. Bu texnologiyaga kombayn bilan lahim o`tish misol bo`la oladi.!! Lahim o`tishning asosiy jarayonlari qat`iy ketma-ketlikda bajarilib, ular davriy ravishda qaytarib turilsa, bunday texno-
logiya siklli texnologiya deyiladi. Burg`ilab-рortlatish asosida lahim
o`tish siklli usulga misol bo`ladi. Berilgan vaqt birligida lahim kavjoyining belgilangan masofaga surilishini ta`minlashda ma`lum tartibda bajariladigan lahim o`tish jarayonlari majmui lahim o`tish sikli, unga sarflangan vaqt esa sikl davomiyligi deyiladi.
Hozirgi vaqtda shaxta va rudniklarda lahim o`tishning quyidagi
texnologik sxemalari qo`llaniladi:
– Burg`ilab-рortlatish usulida lahim o`tish texnologik sxemasi.
– Kombayn bilan lahim o`tish usulining texnologik sxemasi.
– Тor yoki keng kavjoyli lahim o`tish texnologik sxemasi.
– Burg`ilab-tutashtiruvchi mashinalar yordamida lahim
o`tish texnologik sxemasi.
Lahim o`tish sxemasini tanlab olish ham qator omillarga bog`liq bo`lib, ulardan asosiylari – kon jinslarining fizikmexanik tavsiflari, kon lahimining yer qobig`ida joylashish tarzi, lahimning ko`ndalang kesim yuzasi, lahimning bajaradigan vazifasi va boshqalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |