4.2-rasm. Shaxta maydonini qanot va gorizontlarga ajratish:
1 - stvol; 2 - bosh tashish shtreki; 3 - shurf;
Iva II gorizontlar bremsberg va uklonlarga tegishli.
Bosh tashish shtrekidan yuqorida joylashgan shaxta may- donining qismi - ko‘tarilish bo‘yicha gorizont, pastga joylashgan qismi esa, og‘ish bo‘yicha gorizont deb ataladi, bunday hollarda «gorizont» atamasi «maydon» deb atalishi ham mumkin.
Ko‘tarilish va og‘ish maydonlarida bremsberg va uklonlar xizmat qiladi, shu sababli maydonlar bremsberg yoki uklon maydonlari deb yuritiladi.
Shaxta maydoni, shuningdek, gorizontlar ham qanotlarga bo‘linadi (4.2-rasm). Qanot deganda shaxta maydonining taxminan o‘rtasidan cho‘ziqlikka tik o‘tilgan konni ochuvchi lahim (tik yoki qiya stvol, kapital bremsberg yoki uklon va h.k.) vertikal tekisligining bir tomoniga joylashgan qismi tushuniladi. Qanotlar, odatda, yer kurrasi tomonlari nomi bilan yuritiladi (sharqiy, janubiy, g‘arbiy, shimoliy).
Ayrim hollarda (murakkab relyef sharoitlarida) shaxta maydoni faqat bir qanotli bo‘lishi mumkin. Bunday holatda konni ochuvchi lahimlar shaxta maydonining faqat bir tomoni chegarasiga joylashtiriladi.
Gorizontlar, o‘z navbatida, kon-geologik, texnik va iqtiso- diy omillarni hisobga olgan holda, yanada kichikroq qasmlarga bo‘linadi. Shaxta maydonining bu qismlari qavat, pol, uzun stolbalar deb ataladi. Shunga ko‘ra shaxta may- donini qazishga tayyorlash usullari ham qavatli, polli va gorizontlar bo‘yicha qazishga tayyorlash usullari deb yuri- tiladi.
Qavatli tayyorlash usuli. Agar shaxta maydoni yoki gorizontni og‘ish bo‘yicha cho‘ziqlik yo‘nalishiga nisbatan uzun uchastkalarga ajratilsa, bunday uchastkalar qavat deb yuritiladi va shaxta maydonini qazishga tayyorlash qavatli usulda amalga oshiriladi (4.3-a rasm).
Qavat — bu og‘ish bo‘yicha tashish va shamollatish shtrek- lari, cho‘ziqlik bo‘yicha shaxta maydoni chegaralari bilan tutashgan shaxta maydonining bir qismi.
Qavatni chegaralovchi shtreklar qavat shtreklari deb ataladi. Gorizontdagi barcha qavatlarga bitta bremsberg yoki uklon xizmat ko‘rsatadi, shu sababli ular kapital bremsberg yoki uklon deb yuritiladi.
O‘ta qiya va tik qatlamlarda har bir qavat o‘ziga xizmat qiluvchi kvershlaglar bilan chegaralanadi, ya’ni pastdan tashish va yuqoridan shamollatish kvershlaglari bilan tutashadi.
Qatlamning og‘ish chizig‘i bo‘yicha qavatning yuqori va pastki chcgaralari orasidagi masofa uning vertikal balandligi deyiladi va u quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |