Gorizontal qatlamlarni ochish
Gorizontal va juda kichik qiyalik burchagi (5—7° gacha) ostida yotgan qatlamlar, asosan, vertikal stvollar bilan ochiladi.
Qatlam atrof jinslaridan o‘tilgan kvershlag, qiya gezenk va uklonlar yordamchi ochuvchi lahimlar hisoblanadi. Gorizontal qatlamlarni ochishda shaxta maydoni 2—3, ayrim hollarda esa, undan ham ko‘p bloklarga bo‘linadi va har bir blokda ikkitadan markazga joylashgan stvollar jufti o‘tiladi (4.9-rasm).
4.9-rasm. Gorizontal qatlamlarni ochishda stvollarning blokda joylashish sxemalari.
Bu stvollardan bir jufti (masalan, 1 va 2) bosh ochuvchi lahim vazifasini o‘taydi, shamollatish stvollari jufti esa, boshqa blokka joylashtiriladi va ularning biridan toza havo shaxtaga yuboriladi, ikkinchisidan esa ishlatilgan havo yer yuziga chiqarib tashlanadi. Bosh va shamollatish stvollari transport gorizonti bo‘yicha qatlamlar dastasi o‘rtasidan o‘tilgan magistral shtrek bilan o‘zaro tutashtiriladi.
Stvollar soni shaxtaning yillik ishlab chiqarish quvvatiga bog‘liq bo‘lib, quvvati 2 mln tonnagacha bo‘lgan shaxtalarda bitta blokda ikkita markaziy-juftlangan stvol o‘tishi kifoya qiladi. Ulardan biri orqali toza havo shaxtaga kirib, ikkinchisidan ishlatilgan havo tashqariga chiqib ketadi. Shaxtaning ishlab chiqarish quvvati 2 mln tonnadan 3 mln tonnagacha bo‘lganida har bir blokning pastki chegarasida yana bitta shamollatish stvoli o‘tishi maqsadga muvofiqdir (4.9-b rasm). Agar shaxtaning yillik quvvati 3 mln tonnadan ko‘p bo‘lsa, u holda blokning pastki va yuqori chegaralarida yana bittadan — ikkita qo‘shimcha stvollar o‘tishi lozim bo‘ladi (4.9-d rasm).
Qo‘shimcha shamollatish stvollarini o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlarning umumiy miqdori shamollatish omili bo‘yicha stvol va boshqa shamollatish lahimlari ko‘ndalang kesim yuzalarining kichik bo‘lishi hisobiga qariyb o‘zgarmaydi.
Transport gorizontida turli vazifalarga mo‘ljallangan stvol va magistral shtreklardan tashqari, markaziy stvollar bilan shaxta maydonining bremsberg va uklon qismlarini bog‘lovchi, shuningdek, yerosti suvlarini chiqarib tashlashga xizmat qiluvchi qo‘shimcha kvershlag, qiya gezenklar qatlam atrof kon jinslaridan o‘tiladi (4.10-rasm).
Gezenklar har bir blokda asosiy gorizont bilan uning yuqo- risida joyiashgan dasta qatlamlari o‘rtasidagi aloqani ta’min- laydi. Uklonlar, aksincha, asosiy gorizont bilan undan pastga joylashgan qatlamlar o‘rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari uchun xizmat qiladi.
Kon lahimlarni shamollatish markaziy yoki markaziy- chetlangan stvollar orqali seksion sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |