Kon ishlari asoslari


Gorizontal qatlamlarni ochish



Download 0,55 Mb.
bet59/91
Sana29.03.2023
Hajmi0,55 Mb.
#922866
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   91
Bog'liq
Kon ishlari asoslari

Gorizontal qatlamlarni ochish


Gorizontal va juda kichik qiyalik burchagi (5—7° gacha) ostida yotgan qatlamlar, asosan, vertikal stvollar bilan ochiladi.

Qatlam atrof jinslaridan o‘tilgan kvershlag, qiya gezenk va uklonlar yordamchi ochuvchi lahimlar hisoblanadi. Gorizontal qatlamlarni ochishda shaxta maydoni 2—3, ayrim hollarda esa, undan ham ko‘p bloklarga bo‘linadi va har bir blokda ikkitadan markazga joylashgan stvollar jufti o‘tiladi (4.9-rasm).




4.9-rasm. Gorizontal qatlamlarni ochishda stvollarning blokda joylashish sxemalari.
Bu stvollardan bir jufti (masalan, 1 va 2) bosh ochuvchi lahim vazifasini o‘taydi, shamollatish stvollari jufti esa, boshqa blokka joylashtiriladi va ularning biridan toza havo shaxtaga yuboriladi, ikkinchisidan esa ishlatilgan havo yer yuziga chiqarib tashlanadi. Bosh va shamollatish stvollari transport gorizonti bo‘yicha qatlamlar dastasi o‘rtasidan o‘tilgan magist­ral shtrek bilan o‘zaro tutashtiriladi.

Stvollar soni shaxtaning yillik ishlab chiqarish quvvatiga bog‘liq bo‘lib, quvvati 2 mln tonnagacha bo‘lgan shaxtalarda bitta blokda ikkita markaziy-juftlangan stvol o‘tishi kifoya qiladi. Ulardan biri orqali toza havo shaxtaga kirib, ikkin­chisidan ishlatilgan havo tashqariga chiqib ketadi. Shax­taning ishlab chiqarish quvvati 2 mln tonnadan 3 mln tonnagacha bo‘lganida har bir blokning pastki chegarasida yana bitta shamollatish stvoli o‘tishi maqsadga muvofiqdir (4.9-b rasm). Agar shaxtaning yillik quvvati 3 mln tonnadan ko‘p bo‘lsa, u holda blokning pastki va yuqori chegaralarida yana bittadan — ikkita qo‘shimcha stvollar o‘tishi lozim bo‘ladi (4.9-d rasm).

Qo‘shimcha shamollatish stvollarini o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlarning umumiy miqdori shamollatish omili bo‘yicha stvol va boshqa shamollatish lahimlari ko‘ndalang kesim yuzalarining kichik bo‘lishi hisobiga qariyb o‘zgarmaydi.

Transport gorizontida turli vazifalarga mo‘ljallangan stvol va magistral shtreklardan tashqari, markaziy stvollar bilan shaxta maydonining bremsberg va uklon qismlarini bog‘lovchi, shuningdek, yerosti suvlarini chiqarib tashlashga xizmat qiluvchi qo‘shimcha kvershlag, qiya gezenklar qatlam atrof kon jinslaridan o‘tiladi (4.10-rasm).

Gezenklar har bir blokda asosiy gorizont bilan uning yuqo- risida joyiashgan dasta qatlamlari o‘rtasidagi aloqani ta’min- laydi. Uklonlar, aksincha, asosiy gorizont bilan undan pastga joylashgan qatlamlar o‘rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari uchun xizmat qiladi.

Kon lahimlarni shamollatish markaziy yoki markaziy- chetlangan stvollar orqali seksion sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.





Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish