Qazishga tayyor zaxiralar - bu barcha kon-tayyorlov va qirquvchi lahimlarni o‘tib, qazish kavjoyini hosil qilish bilan bog‘liq ishlar tugatilgandan so‘ng, bevosita qazish ishlarini olib borish uchun tayyorlangan zaxiralarning qismi.
Foydali qazilma konlarini qazib chiqarish bir necha bos- qichlarda amalga oshiriladi: birinchi navbatda, konlarni qidirib topish va ularni tekshirish ishlari bajariladi. Mufassal tekshi- ruvlardan so‘ng foydali qazilma konlarining chegaralari, zaxiralari, kon-geologik sharoitlari, foydali qazilmaning sifati kabi ko‘rsatkichlar yuqori aniqlik darajasida o‘rganiladi. Tekshirib, o‘rganib chiqilgan konlar loyihada ko‘zda tutilgan ochish usuli bo‘yicha ochiladi. Konni ochish ishlari tugatilgandan keyin bevosita qazish ishlarini ta’minlash maqsadida kon-tayyorlov lahimlari o‘tiladi va shaxta maydonida joylashgan sanoat zaxirasining bir qismi qazishga tayyorlanadi. Qazishga tayyor- langan (qazishga tayyor) zaxirani qazib olish bevosita qazish ishlari deyiladi. Qazish ishlari - bu qazish kavjoyidan foydali qazilmani qazib olish bilan bog‘liq bo‘lgan turli ishlar, ya’ni foydali qazilmani massivdan ajratib olish, uni transport vosi- talariga yuklash, qabul punktlariga yetkazib berish, qazib olish- dan hosil bo‘lgan bo‘shliqni mustahkamlash va kon bosimini boshqarishga oid jarayonlar majmuyidir.
Konni ochish, uni qazishga tayyorlash va qazib olish ishlarining yig‘indisi foydali qazilmalarni (ko‘mir, ruda, noruda qazilmalar) yerosti usulida qazish deyiladi. Foydali qazilma konlarini yerosti usulida qazishda quyidagi asosiy talablar bajarilishi zarur:
asosiy va yondosh (yo‘ldosh) foydali qazilmalarni qazib olishda belgilangan me’yordan ortiq yo‘qotilish va foydali qazilmaning sifatsizlanishi, shuningdek, konning boy uchastka- larini qazib olish natijasida balans zaxiraning ko‘plab yo‘qotilishiga yo‘l qo‘ymaydigan maqbul va samarali qazish usullaridan foydalanish;
foydali qazilma konlarini qo‘shimcha tekshirish, mark- sheyderlik ishlarini olib borish va tegishli bajarilgan ishlarni texnikaviy hujjatlash;
zaxira holati, yo‘qotilish miqdori va foydali qazilmaning ifloslanish darajasini hisobga olib borish;
vaqtinchalik qazilmaydigan, ishlab chiqarish chiqindi- laridagi foydali komponentlar, shuningdek, yo‘1-yo‘lakay qazib olinadigan foydali qazilmaning saqlanishini ta’minlash;
qazib olingan qoplama jinslar va chiqindilardan sama- rali foydalanish maqsadida ularni qulay sharoitlarda joylash- tirish;
xodimlarning hayot faoliyati xavfsizligini, sog‘ligini ta’minlash, shuningdek, atrof-muhitni, yer bag‘rini, yer yuzidagi bino va inshootlarni muhofaza qilish hamda avariyalarni tugatish rejalarini tasdiqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |