Kompyuterni tashkil etilishi kursining dasturi (Course Syllabus)
Kodi
|
CAO1316
|
Nomi
|
Kompyuterni tashkil etilishi
|
Kreditlar
|
6
|
O‘quv yili
|
2019 – 2020
|
Semestr
|
4
|
Professor – o‘qituvchilar to‘g‘risida ma’lumot
O‘qituvchilar
|
Mirzaxalilov S.S.
|
Amaliyot
|
Ochilov M.
|
Kafedra
|
Kompyuter tizimlari
|
Tel:
|
+99899 869-66-17, 71-2386458
|
Manzil
|
D-bino, 3-etaj, 312-xona
|
e-mail
|
mirzahalilov86@gmail.com
|
Kurs haqida qisqacha ma’lumotlar
“Kompyuterni tashkil etilishi” fani talabalarga zamonaviy kompyuterlarning funksional va tarkibiy tuzilishi, mashina kodlari, buyruq formatlari va adreslash usullaridan foydalanish, shuningdek xotirani ierarxik tashkil etilishi, protsessorlar hamda tashqi qurilmalar o‘rtasidagi ulanish va aloqalar to‘g‘risida nazariy va amaliy bilimlarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan.
Kurs talablari
Yo’q.
O‘quv natijalari
Ushbu kurs oxirida Talaba:
Kompyuter arxitekturasining rivojlanish bosqichlari; кompyuterlarning turlari; kompyuter arxitekturasi va tashkil etilishining tamoyillari; kompyuterlarning asosiy ko‘rsatkichlari haqida tasavvurga ega bo‘ladi.
Kompyuter tizimining turlari va tuzilishi; хisoblash tizimlarining arxitekturasi; ko‘p mashinali va ko‘p protsessorli hisoblash tizimlari; parallel, assotsiativ va oqimli xisoblash tizimlari; klasterli ishlov berish tizimlari va superkompyuterlar; massiv-parallel tizimlar; simmetrik multiprotsessorli tizimlar; Flinn klassifikatsiyasi; konveyerli va superskalyarli axborotlarga ishlov berish ish tartiblari; hyper-threading texnologiyasi va multitasking tizimlar haqida tasavvurga ega bo‘ladi.
Kompyuterlarni tashkil qilishning mantiqiy asoslarini; Bul algebrasini; mantiqiy elementlarni; ikkilik kodlashtirishlarni biladi va ulardan foydalana oladi hamda ikkilik koddagi sonlar bilan arifmetik operatsiyalarni bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Kompyuterni tashkil qilishda qo‘llaniladigan standartlar; ma’lumot formatining standartlari; tashqi qurilmalar bilan ma’lumot almashish standartlari; ichki va tashqi interfeyslarning tashkil qilinish standartlari haqida tasavvurga ega bo‘ladi.
Buyruqlar tizimi arxitekturasi; operandlarning turlari va formatlari; buyruqlar tizimi; buyruqlarning turlari; buyruqlarning formati va manzillash turlari hamda buyruqlar oqimini boshqarish haqida tasavvurga ega bo‘ladi.
Uzilishlar; uzilish turlari; uzilishga ishlov berish algoritmlarini biladi.
Xotira tizimlarini; xotiraga bir xil bo’lmagan ruxsatlilik tizimlarini; asosiy xotirani; statik va dinamik xotira tuzilishini; manzillanuvchi va manzillanmaydigan xotirani; doimiy xotirani; xotira turlarini joriy etish texnologiyalarini; flesh-xotirani; kesh xotirani; asosiy va kesh xotiralarga murojat qilish algoritmlarini; umumiy va taqsimlangan kesh xotirani; bir bosqichli va ko‘p bosqichli kesh xotirani; virtual xotirani; virtual xotiraning tashkil etilishini biladi.
Tizim interfeyslari; shina tushunchasi; shina ierarxiyasi; shina turlari; shina arbitri; shina protokollari; shinalar standarti haqida tasavvurga ega bo‘ladi va axborot uzatish samaradorligini oshirish usullarini biladi.
Kiritish-chiqarish tizimlarini qurilishini; kiritish-chiqarishni boshqarish usullarini; kiritish-chiqarish kanallari va protsessorlarini; kiritish-chiqarish modullarini; portlarni biladi va ulardan foydalana oladi;
Protsessor registrlari; protsessorga kiruvchi va chiquvchi boshqarish signallari; mashina takti va mashina sikllari; protsessor turlari; matritsali va vektorli protsessorlar; multiprotsessorlar; Pentium, Celeron, Intel, AMD, UltraSPARC III, Syrix firmasi protsesorlari; superkompyuterning protsessor turlari va imkoniyatlari haqida tasavvurga ega bo‘ladi.
Tashqi qurilmalarning turlari va vazifalarini; printer, skaner, sichqoncha, klaviatura, modem, tarmoq adapteri, strimerlarni biladi va ulardan foydalana oladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |