1-rasm. “Pulsar” ENHAT ning vazifali strukturasi
topshirilgan vaqt davomida saqlamoq, yuqori va past pog‘onalar markazlaridan so‘raganda, vaqt bo‘yicha moslab axborotni uzatish. Kerak bo‘lib qolganda raqamli o‘lchangan axborotni fizikaviy kattaliklarga chiqarib beradi. Tijorat qaydlov va nazorat tizimlarida qo‘llanishi mumkin, chunkim Yevropa va barcha hamdo‘stlik mamlakatlarda DAVAN ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Bu AJUT ni sanoat ishlab-chiqarish personal kompyuterlar asosida bajargan bo‘lib, ikkita kiritish-chiqarish interfeysi suyuq kristallik indikatorli jihozlangan yuqori past pog‘onali lokal AJUT lar bilan istalgan vaqtda aloqa bog‘lanish imkoniyatini beradi.
ENHAT ning joriy etish bosqichlari.
Energiya nazorati va hisoblash tizimining tuzmoqning asosiy maqsadi,qo‘shimcha daromad olish. Bu qo‘shimcha daromad o‘lchovlarning kirim-chiqimlar, hisobotlarning aniqligini ko‘tarish. Chunki iste’mollarni kamaytirish, elektr energiyaning sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilish va yaxshilash. Elektr energiya va boshqa energetik resurslarni tejash hisobidan olinadi.
ENHAT tashkil qiluvchi tuzumlari va elementlari albatta Davlat va soha me’yoriy kattaliklari DAVAN va metrologik xizmati asosida ta’minlanishi kerak.
Energoresurslar nazorati va hisoblari avtomatik tizimlarning loyihalashdan oldin quyidagi loyiha-qidiruv ishlarini bajarish lozim:
-Elektr tarmoq yoki sanoat korxonasining axborot ta’minlovining, ya’ni kerakli o‘lchash majmualari va ularning hozirgi zamon yuqori o‘lchov aniqlikli hisoblagichlar bilan ta’minlash kerak;
-Elektr tarmoq yoki sanoat korxonalarining alohida avtomatik tuzumlari, kuchlanishni rostlash (RPN), reaktiv quvvatning avtomatik boshqarish (KKU) larning ishonchliligini ta’minlash;
-Fiderning ma’muriy xossali axborot bazasining butun elektr tarmoq uchun shakllantirish;
-Yuqori chastotali aloqaning bor yo‘qligi holatini aniqlash;
-Metrologik xizmatning holati va hozirgi zamon o‘lchov-qaydlov asboblari bilan ta’minlanishi;
-ENHAT loyihasining bajaruvchi korxona, firma va hokazo qidirib topish;
-Hozirgi vaqtdagi nazoart va hisobot xizmati faoliyatini baholash (Energo sotish bo‘limi);
-Birlamchi kamxarajat energotejash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish.
Faqat bu ishlar bajarilgandan keyin texnik topshiriq va texnik-iqtisodiy asoslangandan keyin loyiha ishlab chiqiladi. Loyihani ishlab chiqish uchun ko‘pincha ENHAT ning tashkil qiluvchi qismlarning ishlab chiquvchi kompaniya, misol uchun O‘zbekistondagi OAJ “ALGORITM” yoki “Elster metroniks” va uning Rossiyadagi distrabyutori “Tijorat ishlab-chiqarish” kompaniyasi (KPK) ga murojaat qilinadi. Hudud elektr tarmoqlari va loyihalovchi firma xodimlaridan tuzulgan jamoa tizimning alohida tashkil qiluvchi qismlarining qidiradi.
O‘lchash majmuasi protsessorli elektron hisoblagich past pog‘onali alohida mahalliy ENHAT ning o‘lchash majmualari va AJUT orasi, past pog‘ona va yuqori pog‘ona hududiy elektr tarmoqlarning ENHAT si orasidagi aloqa yo‘llarining ko‘rinishi, raqamli axborotni uzatish- qabul qilish moslamasi – modem, axborotni O‘M lardan so‘rab oluvchi tuzulma multipleksor, AJUT va hokazolarning texnik topshiriq va loyihaga mos tanlaydi. Loyihaning texnik va ishchi hujjatlarini tayyorlaydi.
Loyiha uchun kirim-chiqim hisobi (smeta) tayyorlanadi. Loyiha tuzgan korxona, firma ENHAT ning o‘rnatib, sozlab, alohida akt asosida, ishonch sinovlaridan keyin buyurtmagacha hujjatlab topshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |