Kompyuter tarmoqlarining asosiy tushuncha va atamalari


Qidiruv tizimlarining tuzilishi



Download 1,66 Mb.
bet5/5
Sana01.04.2022
Hajmi1,66 Mb.
#522861
1   2   3   4   5

Qidiruv tizimlarining tuzilishi


Qidiruv tizimi bu maxsus server, uning asosiy xizmati keng Internet fazosida ma’lumotlarni qidirish, to’plash, tartiblash va foydalanuvchilarni kerakli ma’lumot bilan tez va qulay ravishda ta’minlash. Qidiruv mashinalar asosiy besh qismdan iborat:

  1. O’rgimchak (spider) – Web-sahifalarni server hotirasiga yuklash dasturi. U oddiy brauzerga o’xshab, saytlarni ochib, tarmoqdagi yangi ma’lumotlarni qidiradi. Bu dastur ko’rsatkichlar bo’ylab sayohat qilib, topilgan Web-sahifalarni serverga yuklaydi va ma’lumot jamg’armasini yangi axborotlar bilan to’ldiradi.

  2. Qurt (crawler) – o’rgimchak serverga yuklagan Web-sahifalarni ko’rib chiqib, barcha giperko’rsatkichlarni undan ajratadi va topilgan ko’rsatkichlarni o’rgimchakka taqdim etadi.

  3. Tartiblovchi (indexer) – o’rgamchik topgan ma’lumotlarni tartibga keltiruvchi dastur: hujjatning matnini tashkil qiluvchi so’zlarni yakka holga ajratib, matndagi turgan joyini saqlab qoladi. Bundan tashqari, dastur so’zni katta yoki kichik harflar bilan yozilganmi, sarlavhami, ko’rsatkichmi yoki oddiy matnligini o’rganib chiqib, ma’lumotni saqlaydi.

  4. Ma’lumot jamg’armasi (database) – qidiruv tizimi to’plagan va qayta ishlagan barcha ma’lumotlar saqlanadigan ombori.

  5. Natijalarni chiqarish mexanizmi (search engine) – foydalanuvchilarni qidirish tizimi bilan aloqa qilishda ishlatiladigan dastur. Ayni mana shu dastur siz bergan savolingizga natijani saralab, qulay ravishda ekranga chiqaradi.

Internet tarmog’ida ma’lumotlarni qidiruv - bunda har bir foydalanuvchi o’ziga kerakli bo’lgan biror ma’lumot yoki materialni maxsus qidiruv tizimlari orqali topish imkoniyatiga ega bo’ladi.Internet tarmog’i foydalanuvchilari qidiruvni Internet muhitida joylashgan web-saytlar, ularning manzili va ichki ma’lumotlari bo’yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo’lgan axborotni samarali qidirish va tez topish imkoniyatini beradi.

Internet tarmog’ida qidiruv tushunchasi



  • Internet tarmog’i shunday bir muhitki u o’zida turli ko’rinishdagi va turli tillardagi ko’plab axborotlarni jamlagan.

  • Internet tarmog’ida har bir foydalanuvchi axborotni qidirish uchun o’zbek, rus, ingliz yoki boshqa tillardagi bir yoki bir necha so’zdan tashkil topgan so’rovlardan foydalanadi.

  • Internet tarmog’ida ma’lumotlarni uning sarlavhasi yoki uning tarkibida ishtirok etgan so’zlar va jumlalar bo’yicha qidirib topish mumkin.

  • Bunda foydalauvchi tomonidan Internet qidiruv tizimi qidiruv maydoniga kerakli ma’lumotga doir so’z yoki jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi.

Axborotlarni parametrlari bo’yicha qidirish
Har bir foydalanuvchiga Internet tarmog’i orqali o’ziga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni oson va tez kidirib topishi uchun axborotning parametrlari bo’yicha qidirish taklif kilinadi. Ular kuyidagilardan iborat:

    • Ma’lumotlarni uning tili bo’yicha qidiruv;

    • Ma’lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) bo’yicha qidiruv;

    • Ma’lumotlarni uning joylashgan mintaqasi bo’yicha qidiruv;

    • Ma’lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi bo’yicha qidiruv;

    • Ma’lumotlarni uning joylashgan Internet zonasi bo’yicha qidiruv;

    • Ma’lumotlarni xavfsiz qidiruv.

Google tizimida Axborotlarni parametrlari bo’yicha qidirish

Rasmlarni qidirish

  • Internet tarmog’ida grafik ma’lumotlarning ko’plab turlari uchraydi, ya’ni: chizma (vektor), foto (rastr), harakatlanuvchi (animasiya) hamda siqilgan rasmlar.

  • Rasm ko’rinishidagi ma’lumotlar ustida faqatgina uning nomi yoki turi bo’yicha qidiruv olib borish mumkin.

  • Ko’pgina internet qidiruv tizimlari grafik yoki tasvir ko’rinishidagi ma’lumotlarni qidirish uchun alohida bo’limga ega bo’lib, bu bo’lim orqali ixtiyoriy turdagi rasmlarni ularning nomlari bo’yicha qidiruvni amalga oshirish mumkin.




Google qidiruv tizimi:

Google qidiruv tizimi amalga oshirilgan qidiruv natijalari ro’yxati
Rambler qidiruv tizimi:

Rambler qidiruv tizimi amalga oshirilgan qidiruv natijalari ro’yxati


Yandex qidiruv tizimi:

Yandex qidiruv tizimi amalga oshirilgan qidiruv natijalari ro’yxati

Yahoo qidiruv tizimi:





Yahoo qidiruv tizimi amalga oshirilgan qidiruv natijalari ro’yxati
Ixtisoslashgan axborot qidiruv tizimlari

  • Axborot qidiruv tizimlari – bu web-sayt hisoblanib Internet tarmog’ida axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi.

  • Internet tarmog’ida ma’lum sohada ishlaydigan ixtisoslashgan qidiruv tizimlari ham mavjud. Bular:

    • “KtoTam” – insonlar to’g’risidagi axborotlarni qidirish

    • “Tagoo” – musiqalarni qidirish qidiruv tizimi

    • “Truveo” – videomateriallarni qidirish qidiruv tizimi

    • “Kinopoisk” – filmlar to’g’risidagi axborotlarni qidirish tizimi

    • “Ebdb” – elektron kutubxonalardan kitoblarni qidirish axborot-qidiruv tizimi

    • “Ulov-Umov” – rezyume va vakant joylarni qidirish tizimi


Milliy axborot-qidiruv tizimi
WWW.UZ – bu barcha foydalanuvchilar uchun yurtimizning Internet tarmog’idagi milliy segmenti axborotlaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini beruvchi tizimdir.

Qidiruv tizimlaridan to’g’ri maqsadda foydalanish

  • Bugungi kunda kompyuter va internetga yoshlar tomonidan birinchi navbatda ko’ngilochar vosita deb qaralmoqda.

  • Internet resurslari xilma-xildir. Ularning ichida ham foydali ham zararli bo’lganlari ma’lumotlar uchraydi.

  • Internet tarmog’idagi axborot-qidiruv tizimlari esa Internet resurslari ichidan so’ralgan ixtiyoriy ma’lumotlarni qidirib topib berish imkoniyatiga ega. Chunki bunday qidiruv tizimlari kalit so’zlar bo’yicha qidirishni amalga oshiradi.

  • Foydalanuvchi tomonidan qanday ma’lumot kiritilsa, xuddi shu ma’lumotga mos ma’lumotlarni qidirib topadi.

  • Shu narsani eslatib o’tish kerakki, har qanday axborot ham foydali va to’g’ri, rost hisoblanavermaydi.

  • Axborot-qidiruv tizimlaridan faqatgina to’g’ri va foydali maqsadda foydalanish maqsadga muvofiqdir.

  • Turli nojo’ya ma’lumotlardan foydalanishdan va tarqatishdan saqlanish maqsadga muvofiqdir

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish