Informatsion tizimlarda yuz beradigan jarayonlarni shartli ravishda quyidagicha bosqichlarga ajratish mumkin:
Tashqi yoki ichki manbalardan malumotlarni kiritish;
Kiritilgan malumotlarni qayta ishlash va uni qulay ko’rinishda tavsiya etish;
Malumotlarni talabgorlarga yetkazib berish yoki boshqa bir tizimga uzatish;
“teskari bog’lanish”, yani informatsion tizim foydalanuvchilarining malumotlarni o’zgartirishga bo’lgan extiyojlarini kondirish va uning bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatlarini yaratish.
Ushbu ko’rinishdagi informatsion tizimlarni xalk xujaligining turli tarmoqlariga tadbik etish quyidagi natijalarni berishi mumkin:
intellektual tizimlar va matematik usullarning tadbiki hisobiga boshqaruv vazifalarning eng ratsional yechimini olish;
avtomatlashtirish hisobiga ishchilarni ogir mexnatdan ozod qilish;
ma'lumotlarni uz vaqtida tezkorlik bilan yigish, kayta ishlash imkoniyatlarini yaratish;
hisobotlar tezkorligi va ishonchliligini ta'minlash;
kogozdagi xujjatlarning xajmini keskin kamaytirish va informatsiyani saralashni tashkil qilish;
hisobot va xujjatlar okimi strukturasini rivojlantirish;
maxsulot ishlab chikarish va xizmat kursatish harajatini kamaytirish;
talabgorlarga noyob va yukori malakali xizmatlar kursatish;
yangi bozor manbalarini izlab topish;
haridor va talabgorlarga turli xizmatlar va imtiyozlar kursatish orqali jalb etish va xokazolar. (Savollar: 1.Tizimning ma'nosini tushuntiring.2. Qanday tizimlarni bilasiz? 3.Texnik tizim bilan dasturiy tizimni farqi bormi? 4.IT jarayonlari qanday boskichlarga bo’linadi va ular qanday natija beradi?)
«Texnologiya» so’zi, grekchadan tarjima kilganda san'at, maxorat, ko’nikma kabi ma'nolarni anglatadi. «Jarayon» deganda esa quyidagi maqsadga yetishish borasidagi barcha harakatlar majmuasi tushuniladi. Jarayon inson tanlagan strategiya bilan belgilanishi va usullar yordamida amalga oshirilishi darkor.
Moddiy ishlab chikarish texnologiyasi deganda xom-ashyo yoki materialga ishlov berish, tayyorlash, holati, xossasi, shaklini o’zgartirishning vosita va usullari majmuasi tomonidan belgilangan jarayon tushuniladi.Texnologiya xom-ashyo, materialning sifati yoki dastlabki holatini moddiy maxsulot olish maqsadida o’zgartiradi. Axborot jamiyat uchun neft, gaz, foydali kazilmalar va shu kabi an'anaviy moddiy resurslar turlari kabi eng kimmatli resurslardan biridir, demak uni kayta ishlash jarayonini moddiy resurslarni kayta ishlashga uxshatib, texnologiya sifatida qabul qilish mumkin.
Informatsion texnologiya - ob'yekt, jarayon yoki xodisalar holati haqidagi ma'lumotlarni (informatsion maxsulotni) bir ko’rinishdan ikkinchi, sifat jixatdan mutlok yangi ko’rinishga keltiruvchi ma'lumotlarni tuplash, kayta ishlash va uzatishning vosita va usullari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
Moddiy ishlab chikarish texnologiyasining maqsadi - inson yoki tizim extiyojlarini kondiruvchi maxsulot chikarishdan iborat bo’lsa, informatsion texnologiyaning maqsadi taxlil qilish, biror bir xulosaga kelish va karor qabul qilish uchun zarur bo’lgan ma'lumotlarni ishlab chikarishdan iboratdir. Moddiy ishlab chikarish texnologik jarayonlarni amalga oshirish, turli dastgoxlar asbob-uskunalar bilan va shu kabi texnik vositalar yordamida amalga oshirilgani kabi informatsion tizimlarda ham xuddi shunday texnik vositalar mavjud. Ularga Komp’yuter lar, tarmoq vositalari va aloka kanallari, programma va matematik ta'minotlar kiradi.
Informatsion texnologiya uzi uchun asosiy muxit bo’lgan informatsion tizimlar bilan bevosita bog’likdir. Chunki, informatsion texnologiya informatsion tizimlarda mavjud bo’lgan ma'lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo’lgan tartiblashtirilgan jarayondir. (Savollar: 1.«Texnolo- giya» so’zining ma'nosi? 2.Informatsion texnologiya qanday jarayonlarni uz ichiga oladi?)
Do'stlaringiz bilan baham: |