Kompyuter lingvistikasining shakllanishi



Download 64,78 Kb.
bet3/8
Sana19.11.2022
Hajmi64,78 Kb.
#868321
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KOMPYUTER LINGVISTIKASINING SHAKLL

Til o‘rgatish tizimini kompyuterlashtirish– bunda asosiy e’tibor avtomatlashtirilgan o‘quv kurslarini vujudga keltirishga qaratiladi. Ular oliy va o‘rta-maxsus ta’limda, maktablarda til o‘qitishni optimallashtirishning psixologik-kibernetik, semiotik, lingvostatistik, injener-lingvistik va lingvodidaktik asoslarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.
Bugungi shiddatkor zamonda ham til o‘rganish shaxs kamolotining muhim jihati sifatida e’tirof etilmoqda. Prezidentimizning 2012-yil 10- dekabrdagi “Chet tillari o‘qitishni takomillashtirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2014-yil 6-fevraldagi “Yoshlarga doir davlat siyosati to‘g‘risida”gi qarorlari mamlakatimizda chet tillarini o‘rganishning yangi davrini boshlab berdi.
Ta’lim jarayoniga, ayniqsa, til o‘qitishga kompyuter texnologiyalarining joriy etilishi XX asrda juda katta masala bo‘lib qoldi, chunki XXI asrga kelib axborot asrida kompyuter texnologiyasidan quyidagi maqsadlarda til o‘qitishda keng foydalanish yo‘lga qo‘yildi:

    1. ona tili sifatida o‘zbek tilini, chet tili sifatida o‘zbek tilini va chet tillarini o‘qitish jarayonida kompyuter dasturlaridan foydalanish;

    2. kompyuter dasturlaridan tilning grammatikasi, fonetikasi va leksikasini o‘qitishda foydalanish;

v) o‘zbek tili va chet tillari bo‘yicha olingan bilimlarini baholash maqsadida kompyuter dasturidan foydalanish kabilar.
Axborot texnologiyalari asri o‘zbek tilini o‘rgatishga ham doir kompyuter dasturlarining mukammal namunalarini yaratish zaruriyatini taqozo qiladi.
Til o‘rgatishda quyidagi kompyuter dasturlarini qo‘llash mumkin:

  1. Taqdimot texnologiyasi.

  2. Elektron multimediya darsligi.

  3. Elektron ensiklopediya.

  4. Elektron lug‘at.

  5. O‘rgatuvchi audiodasturlar.

  6. Universal test dasturi.

  7. Elektron virtual kutubxona.

  8. Masofaviy ta’lim.

Til o‘qitish jarayonini avtomatlashtirish o‘zining samaradorlik ko‘rsatkichining yuqori ekanligi bilan ahamiyatlidir.
Til o‘qitish maqsadida yaratilgan kompyuter dasturlari ham aynan shu jarayonga xizmat qiladi. Ona tili sifatida o‘zbek tilini, chet tili sifatida o‘zbek tilini va chet tillarini o‘qitish jarayonida kompyuter dasturlaridan foydalanishda lingvistik ta’minot asos vazifasini o‘taydi.
O‘zbek tilini chet tili sifatida o‘rgatuvchi kompyuter dasturlarining yaratilishi uchun quyidagi talablar qo‘yiladi:

  1. Grammatikaning o‘zlashtiriladigan mavzulari bir necha bosqichlarga bo‘linishi.

  2. Universal, bugungi kun talablariga javob bera oladigan imlo va tarjima lug‘atlarini yaratish.

  3. Dastlabki dastur namunasidagi bosqich shunday tuzilishi kerakki, u o‘zida eng sodda ma’lumotlarni aks ettirsin.

  4. Dasturda o‘zbek tili fonetikasi va leksikasi haqidagi tasavvurlarni shakllantirishda, albatta, audio va video vositalar o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak.

O‘zbek tilini milliy til sifatida o‘rganuvchilar uchun o‘zbek tilidagi dasturlarning ahamiyati sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:

  • Til savodxonligi oshirish.

  • O‘z ona tili imkoniyatlarini chuqur o‘rganish orqali boshqa tilni o‘rganish jarayonida yuqori samaradorlikka erishish.

  • Xorijiy til dasturlarini ishlash tizimi va mohiyatini anglash ko‘nikmalarini shakllantirish.

Biroq til dasturlarini yaratishdan avval bir qator masalalarni hal qilish lozim:

  1. ona tili darsliklarida uchraydigan chalkashliklarni bartaraf etish, ta’lim izchilligini ta’minlash;

  2. til o‘qitish dasturlari uchun ma’lumotlar bazasini yaratish;

  3. o‘zbekcha imlo, tezaurus, omonimlar lug‘atining kompyuter dasturlarini yaratish;

  4. matn mazmunini yaxshi o‘zlashtirish uchun savol-javobga tizimiga asoslangan dasturlar yaratish;

  5. bilimlarni baholash bilan bog‘liq dasturlar yaratish va boshqalar.

Shu bilan bir qatorda, ona tilini milliy til sifatida o‘rganuvchilar uchun tuziladigan o‘qitish dasturlarida asosiy urg‘u grammatik bilimlarni o‘zlashtirishga emas, tildan to‘g‘ri foydalana olish, amalda oqilona qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, maktabda o‘quvchining sinfiga, yoshiga qarab dasturlar yaratish kerak bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun alohida dasturlar yaratishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Chunki yoshlikdan boshlab ularda til ko‘nikmalarini shakllantirish yuqori sinflarga o‘tganda samarali natija beradi.
Til o‘qitishdagi dasturlarda quyidagi topshiriqlarni tavsiya qilish mumkin:

  1. “Quyidagi so‘zlarni imlo jihatdan to‘g‘irlang : hat, xavas, to‘xson, xayot, dorihona, ishor, ishlapti … (bu topshiriq bugungi kunning dolzarb muammosi bo‘lgan savodxonlik masalasiga yaqindan ko‘mak beradi, o‘quvchilarda lug‘at bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi).

  2. “Do‘stingiz bilan “Kelajakdagi maqsadlarim” mavzusida suhbatlashing. Suhbat jarayonida anaqa, munaqa, o‘shanaqa kabi olmosh variantlaridan, shevaga oid so‘zlarda foydalanmang, so‘zlar takroridan

saqlaning” ( bu topshiriq dars jarayonida bajarilishi kerak. O‘quvchilarda nutqiy ravonlikni, muomala madaniyatini shakllantiradi).

  1. Dasturda video lavhalar ham o‘z ifodasini topishi kerak. O‘quvchilar uni kuzatish orqali xatoliklarni topishi yoki yangi jihatlarini o‘rganishi kerak.

  2. Qo‘shimchalarni to‘g‘ri qo‘llash mahoratini shakllantirishga qaratilgan mashqlar o‘z ifodasini topishi (boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tuziladigan dasturlarda). Masalan:

Bizda mamlakatimizda juda chiroyli binolarni bor. O‘quvchilar kutubxonadan boradilar.

Download 64,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish