Kompyuter lingvistikasining shakllanishi


Mashina tarjimasi (avtomatik tarjima)



Download 64,78 Kb.
bet5/8
Sana19.11.2022
Hajmi64,78 Kb.
#868321
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KOMPYUTER LINGVISTIKASINING SHAKLL

Mashina tarjimasi (avtomatik tarjima)– bir tildagi matnni ikkinchi bir tilga kompyuter vositasida qisqa vaqt ichida tarjima qilish. Mashina tarjimasi bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiya 1952-yilda Massachusets texnologiya isttitutida o‘tkazildi. 1954-yilda AQSH dagi Jorjtaun universitetida birinchi marta avtomatik tarjima tajribadan o‘tkazildi. U GAT tizimi (inglizcha “Georgetown Automatic Translation” birikmasining qisqartmasi) deb ataldi. Bu tajribalar IBM-701 kompyuterida o‘tkazildi. Tajriba bazasi algoritmlardan iborat bo‘lib, 50 000 ta so‘z (50 ta gap)ni rus tilidan ingliz tiliga tarjima qildi.
SYSTRAN avtomatik tarjima tizimi yordamida bir yilda 2,5 mln sahifa matn ingliz tilidan nemis, fransuz, ispan, yunon, italyan tillariga hamda fransuz tilidan ingliz, ispan, italyan tillariga tarjima qilinadi. DIANA mashina tarjimasi tizimi 10 mln ta so‘z bazasiga asoslanib, dunyoning 6 ta yirik tilida avtomatik tarjimani ta’minlaydi. YEUROTRA tizimi barcha yevropa tillari bo‘yicha avtomatik tarjimani amalga oshira oladi. SOKRAT sistemasi ham 40 mln ta so‘z xotira kuchiga ega bo‘lib, dunyodagi 40 ta tilda avtomatik tarjimani amalga oshiradi.
Internet tiziming rivojlanishi natijasida avtomatik tarjima global tarmoqda ham tashkil etiladi, ya’ni hozirgi kunda online-tarjima tizimi faol yo‘lga qo‘yilgan12.
Avtomatik tahrir kompyuter lingvistikasining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u kompyuterdagi matn muharrirlari (Microsoft Word, Exsel, Wordpad, Lexicon) rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Avtomatik tahrir deganda, kompyuterga kiritilayotgan matnning mexanik xatolari avtomatik tarzda to‘g‘rilanishi va xato ekanligi haqidagi signallarning foydalanuvchiga taklif etilishi nazarda tutiladi. Masalan, Microsoft Word dasturi bilan ishlayotganimizda kiritilgan matnda so‘zlarning yozilishi bilan bog‘liq xatolar bo‘lsa, ularning ostiga qizil yoki yashil rangdagi to‘lqinli chiziqning chizilishi; katta harf bilan yozilishi kerak bo‘lgan so‘zlarning avtomatik tarzda bosh harfga o‘tkazilishi, bandlarning avtomatik raqamlashtirilishi; xatboshini to‘g‘irlashi kabi mexanik ishlar avtomatik tahrirda erishilgan yutuqlar hisoblanadi.
Avtomatik tahrir yo‘nalishi XX asr o‘rtalariga kelib rivojlandi. U matn muharrir dasturlari bilan birgalikda yangicha imkoniyatlar bilan rivojlanmoqda. Oddiy muharrirlardan farqi shundaki, unda tahrir avtomatik tarzda qisqa vaqt ichida katta hajmli matnlar tez tekshirilib, xatolarni samarali to‘g‘rilash kabi imkoniyatlari bo‘ladi. Avtomatik tahrirning pragmatik ahamiyati shundaki, u kelajakda taraqqiy etsa, yetarli ma’lumotlar bazasi yaratilsa va maxsus dasturlar ishlab chiqilsa, muharrir kasbi uchun ehtiyoj qolmaydi. Bu esa matn bilan ishlashni osonlashtiradi 13.
Avtomatik tahrirlash yo‘nalishida ham bugungi kunda barcha kompyuterlarda mavjud bo‘lgan avtomatik tahrir qiluvchi dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular ruscha, inglizcha, nemischa, fransuzcha, italyancha matnlarni tahrirlaydi. Bunday tahrirlash dasturlari asosan, imloni tekshirishga mo‘ljallangan. Ushbu yo‘nalishda R.G.Kotov, V.G.Britvin, I.A.Melchuk, A.B.Kuznetsov, L.I.Belyayeva, V.A.Chijakovskiy, G.G.Belogonov, I.S.Duganovlar samarali tadqiqot olib borganlar.
Ushbu olimlarning asosiy xizmati shundaki, ular avtomatik tahrir qiluvchi dasturlar uchun mutaxassislarga asosiy lingvistik ta’min yaratib berishgan. Buning natijasida kompyuterdagi ruscha matnlarni tahrirlovchi dasturlar ishlab chiqilgan. Bunday dasturlar bugungi kunda barcha kompyuterlarda mavjud.
Lingvistik tahrirlash (korrektura) – turli ko‘rinishdagi (ilmiy, badiiy, publisistik va rasmiy uslublardagi) matnlarning orfografik, grammatik, stilistik hamda mantiqiy qurilishdagi xatolarni to‘g‘rilash demakdir. Matnlarni tahrirlashikki usulda amalga oshiriladi:

    1. Inson tomonidan matnlarning tahrirlanishi (muharrirlik ishi).

    2. Kompyuter vositasida tahrirlash (avtomatik tahrir).

Shuni ta’kidlash lozimki, har ikki holatda ham mutaxassisning faoliyati (qobiliyat, temperament, xarakter, irodaviy sifatlar, ijtimoiy holati) muhim ahamiyatga ega. Muharrir matnlarni bevosita tahrir qiladi, avtomatik tahrirda esa tilshunos bilvosita qatnashadi, ya’ni tahrirlash dasturining lingvistik bazasini yaratib beradi.
Ma’lumki, kompyuter yaratilmasdanavval matnlar yozuv mashinkalarida terilgan, bu jarayonda orfografik, punktuatsion, stilistik va grammatik xatoliklarga yo‘l qo‘yilsa, matnni boshidan oxirigacha qayta yozib chiqishga to‘g‘ri kelgan, bu esa foydalanuvchiga noqulaylik tug‘dirgan. Bugungi kunga kelib, kompyuter orqali matnning tahrir qilinishi bir necha qulayliklarni yaratdi. Unda foydalanuvchi dialogli rejimda ishlaydi va o‘z o‘rnida xatolarni to‘g‘rilash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hatto matn bilan ishlash jarayonida uni shakl jihatdan ham tahrirlash imkoniyatiga bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, avtomatik tahrirlash tizimi faqat matn muharrirlari dasturlari bazasiga qo‘shilgan tillarda amal qiladi, masalan, rus, ingliz, fransuz, nemis va boshqa tillarida. Bazada lingvistik ta’minoti mavjud bo‘lmagan tilda matn kiritilsa, dastur uni avto-lingvistik tahrirlay olmaydi, aslicha yozilgan internatsional so‘zlar esa bundan mustasno. Masalan, kompyuter, internet, klaviatura, modem, telefon, faks kabi. Avtomatik tahrirlash jarayonida MS Word lug‘atida mavjud bo‘lmagan so‘z uchrasa, uning ostiga to‘lqinli qizil chiziq chiziladi. Mazkur holatda insonning – foydalanuvchining ishtiroki zarur, ya’ni foydalanuvchini so‘zning imlosi to‘g‘ri ekanligiga amin bo‘lsa, uning avtotahrirda to‘g‘ri deb tekshirilishi uchun MS WORD lug‘atiga “lug‘at kiritish” (kontekst menyudagi
«добавитьвсловарь»buyrug‘i orqali mumkin.
Avtomatik tahrirlash tizimi juda ko‘p amaliy vazifalarni o‘z ichiga oladi. Bu vazifalarning eng asosiylari quyidagilar:

  • orfografiyani tekshirish;

  • grammatika va stilistikani tekshirish;

  • kontekstli qidiruv;

  • formatlash;

  • avtomatik referatlash – matndagi kalit so‘zlar asosida uning umumiy mundarijasini yaratish;

  • matn ichiga jadval, rasm, turli figuralar, klip-artlar, grafik sxemalar, diagrammalar qo‘shish, giperhavolalar bilan ta’minlash;

  • matndagi abzaslar, belgilar, so‘zlarning miqdorini aniqlash (statistikasini ko‘rsatish);

  • tezaurus xizmati – matndagi muayyan so‘zning sinonimik variantlarini aniqlash;

  • transliteratsiyalash – bir alifbodan boshqa alifboga o‘tkazish (masalan, krill alifbosidan lotin alifbosidagi harfga almashtirish).

Avtomatik tahrirda uch tarkibli asosiy vazifa e’tiborga olinishi lozim:

  1. Orfografiyani tekshirish – bu vazifa morfologik tahlil yordamida amalga oshiriladi, bunda etalon lug‘atdagi baza asosida tekshiriladi.

  2. Sintaksisni tekshirish orfografiyani tekshirishdan ko‘ra murakkabroq. Chunki orfografiyani tekshiruvchi dasturlar yaratilgan, lekin norasmiy matnlarning sintaktik jihatdan avtomatik tahriri masalasi haligacha hal etilgani yo‘q. Rasmiy matnlarning avtomatik tahriri bo‘yicha muhim natijalarga erishilgan.

  3. Semantik tahrirlash inson tafakkurini modellashtirishga asoslangan sun’iy intellekt tizimi bilan bog‘liq ravishda o‘rganilmoqda. Bunda mazkur ko‘p aspektli muammoni semantik maydon, freym yondashuv, tezauruslar tizimini boyitish, so‘z va so‘z birikmalari o‘rtasidagi paradigmatik munosabatlar (sinonimiya, gipo-giperonimik-tur-jins munosabati)ni modellashtirishga tatbiq etish asosida hal etish mumkin. Chunki inson bunday assotsiativ munosabatlarni o‘z intellektiga tayanib o‘rnata oladi, biroq bu jarayon kompyuter uchun murakkabdir.

MC Word dasturida orfografiyani tekshirish imkoniyati cheklanganligi bois hozirgi kunda maxsus Spell Cheker dasturlar yaratilmoqda. Bunday dasturlar

sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: SpellLink Multilingual Pro (ingliz. ispan, italyan, nemis, fransuz, portugal, ukrain tillaridagi so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini tekshiradi. _ SpellLink -Enlis’h, SpellLink French, SpellLink Italian. SpellLink Spanish. Ruta 1.0 rus va ukrain tillaridagi so‘zlarning imlosini tekshirishga yordam beradi), Asutyp. Spellex, Spell atche kabi. Mazkur dasturlar Word dasturiga qo‘shimcha tarzda o‘rnatiladi.
Matn kiritish davomida so‘z yokiso‘zlar birikmasi ostiga yashil to‘lqinli chiziq chiziladi, bu tinish belgining noto‘g‘ri qo‘llanishi yoxud so‘zlarning grammatik noto‘g‘ri bog‘lanishi bilan bog‘liq. Bunday holda foydalanuvchi xatoni o‘zi to‘g‘rilab qo‘yishi kerak yoki ostiga chizilgan so‘zda sichqonchaning o‘ng tomoni bosilsa, kontekst menyu ochiladi, unda so‘zning to‘g‘ri varianti taklif etiladi yoki to‘g‘rilash uchun lingvistik ko‘rsatma beriladi, so‘ng xatoni to‘g‘rilash kerak bo‘ladi.

Download 64,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish