Neyron tarmoqlar - inson miyasidagi neyronlar modeli asosida yaratilgan tizim bo‘lib, u sun’iy intellektning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi kun- da neyron tarmoqlar bir qator amaliy masalalarni hal etishda keng qo‘llanilmoqda.
Jumladan, ob-havo ma’lumotini aniqlashda, obrazlarni tanishda (xususan, og‘zaki va yoztna nutqni aniqlashda), robotlarni boshqarishda, tibbiyotda tashxis qo‘yishda ishlatilmoda. Neyron tarmoqlarining ishlash tizimi matematik ifodalar yoki mantiqiy qoidalarga asoslanmaydi, balki namuna (example based approach) asosida o‘qitishga asoslangan. Bunda muayyan masalani yechish uchun namu- nalar (misollar), ya’ni o‘qituvchi tanlamalar tayyorlanadi va tarmoq shu asosda tekshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |